A., Sharipova sh. S. Kasbiy ta`lim metodikasi


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/224
Sana31.01.2024
Hajmi2.97 Mb.
#1832640
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   224
Bog'liq
KASBIY TALIM METODIKASI Дарслик PDF

Joriy ko‘rsatma berish talabalar tomonidan amaliy ishlar bajarilayotganda 
o‘tkaziladi. U odatda, yakka tartibda va guruh bo‘yicha o‘tkaziladi. 
Joriy ko‘rsatma berishda usta butun o‘quv guruhi diqqatini o‘rganilayotgan 
operatsiyani bajarishning eng samarali usullariga qaratadi, topshiriqni bajarishga 
sust tayyorlangan talabalarga yordam beradi va hokazo. Usta faoliyatining yutug‘i 
ko‘pincha butun guruh va har bir talaba ishi ustidan maqsadga yo‘naltirilgan 
kuzatuvni tashkil etish mahoratidan bog‘liq bhladi. Guruhni faollashtirishga 
musobaqa elementlari, o‘yin vaziyatlarini kiritish bilan, alohida operatsiyalar 
bajarilishini bosqichma-bosqich baholash bilan erishiladi. 

Yakuniy ko‘rsatma berish bir necha didaktik va tarbiyaviy maqsadlarga 
ega: guruhda jamoaviy va yakka tartibdagi mehnat natijalarini ob’ektiv baxolash, 
ilg‘or talabalarni aniqlash va ularni rag‘batlantirish, u yoki bu mehnat 
operatsiyalarini bajarishda umumiy va yakka tartibdagi xatoliklarni aniqlash va 
ularni bartaraf etish yo‘llarini izlash va hokazo. Yakuniy ko‘rsatmalarni to‘g‘ri 
berish talabalarga katta tarbiyaviy ta’sir o‘tkazadi, ularda uz mexnati natijasi uchun 
javobgarlik, jamoaviylik, bajarilgan ishdan qoniqish hosil qilish, mehnatga bo‘lgan 
estetik munosabat hissiyotini uyg‘otadi va shakllantirishga ko‘maklashadi. 
O‘rganilayotgan materialning maqsadlari va mazmuniga bog‘liq ravishda 
ishlab chiqarish darslarining quyidagi turlari mavjud: 
- maqsadi talabalarga o‘rganilayotgan usul yoki operatsiyalarni bajarish uchun 
ishlab chiqarish - texnik bilim, boshlang‘ich ko‘nikma va maxorat berish 
bo‘lgan mehnat usul va operatsiyalarini o‘rganish bo‘yicha darslar; 


150 
- maqsadi talabalarni asta-sekin murakkablashib borayotgan o‘quv ishlab 
chiqarishlari, mexnatni tashkil etish va texnologik jarayonni rejalashtirish, 
ko‘nikma va mahoratlarni takomillashtirish va mustahkamlash, turli 
birikmalarda avval o‘rganilgan operatsiyalarni bajarish bilan tanishtirish 
bo‘lgan kompleks ishlarni bajarish bo‘yicha darslar. 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling