A., Sharipova sh. S. Kasbiy ta`lim metodikasi


Maxsus tajriba maydonlarida ishlab chiqarish darsi


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/224
Sana31.01.2024
Hajmi2.97 Mb.
#1832640
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   224
Bog'liq
KASBIY TALIM METODIKASI Дарслик PDF

Maxsus tajriba maydonlarida ishlab chiqarish darsi. O‘quv sharoitlarida 
ko‘pincha ko‘nikma va maxoratlarni shakllantirish uchun ishlab chiqarish xaqiqiy 
vositalardan foydalanishning imkoni bo‘lmaydi. 
Maxsus tajriba maydonlariga turli xil avtotransport vositalari bilan 
jixozlangan maydonchalar, qurilish mashinalari va mexanizmlari bilan jihozlangan 
o‘quv-qurilish maydonchalari, harakatlanuvchan katta yukli kranga ega bo‘lgan 
ochiq maydonchalar, geologik va geodezik ishlar uchun o‘quv maydonchalari va 
xokazolar kiradi. 
Maxsus-tajriba - o‘quv maydonchalarida kasb-xunar kollejlari yo‘nalishlariga 
qarab, masalan, qishloq xo‘jalik kasb-hunar kolleji maydonchasida – qishloq 
xo‘jalik mashinalarini o‘rganish va ular bilan ishlar, maishiy xizmat kasb-hunar 
kollejida – tikuvchilik mashinalarini o‘rganish va ular bilan ishlar amalga 
oshiriladi. 
 
O‘quv ustaxonasida ishlab chiqarish ta’limi bo‘yicha mashg‘ulotlar. 
O‘quv ustaxonasida ishlab chiqarish ta’limi – talabalar o‘quv va ishlab chiqarish 
faoliyati ko‘lamini kengaytirishning muxim shartlaridan biridir. 
O‘quv ustaxonalarida ishlash o‘quv-tarbiyaviy jarayonning samaradorligini 
oshiradi, chunki o‘qitish sharoitlari ishlab chiqarish sharoitlariga yaqin va 
talabalarga murakkab maxsulot ishlab chiqarish jarayonini o‘zlashtirish imkonini 
beradi. 
Tayanch ishlab chiqarish korxonalari ustaxonalarida mashg‘ulotlar. 
Talabalarning korxonada ishlab chiqarish ta’lim olishlaridan asosiy maqsad – 
ularning kasbiy ko‘nikma va mahoratlarini oshirish, kasbiy bilimlarni kengaytirish 
va chuqurlashtirish, ilgor ishlab chiqarish tajribasi bilan tanishtirish, ishlab 
chiqarish amaliyotiga tayyorlash va shular asosida kasb-hunar kollejlarini 


151 
tugatgandan so‘ng ishlab chiqarishda mustaqil faoliyat ko‘rsatishga o‘rgatishdan 
iboratdir. 
Talabalarni 
korxona 
ustaxonalarida 
o‘qitish – malakasi kichik 
mutaxassislarni tayyorlashdagi xal qiluvchi davr hisoblanadi. Bu yerda talabalar 
ishlab chiqarish holati, yangi jixozlar va texnologik moslamalar, zamonaviy 
texnologik jarayonlar bilan tanishadilar. 
Korxonada ishlab chiqarish ta’limi talabalarning kompleks ishlarni 
bajarishda muxim ko‘nikmalarni mustahkamlashlari va takomillashtirishlariga, 
texnologik jarayonlarni rejalashtirish mahoratiga ega bo‘lishlariga, turli 
maxsulotlarning assortimentlari bilan keng tanishib chiqishlariga yo‘naltirilgan. 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling