A. u tayrova
Download 422.15 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.2. Tasvirlash vositalari.
- 1.3. Kartalarni yaratishda dizaynning roli
- 2-MAVZU: KARTOGRAFİK BELGİLAR, ULARNİ YaSASh USULLARİ
- Kartografik belgilarning, turli shakllarda tasvirlanishi; a-geometrik shakllar; b-ko’rgazmali belgilar; v-chizikli belgilar;
- Yo’naltiriluvchi muljal belgilar
- İchki tuzilishiga kura bir-biridan farklanadigan belgilar
- Yoruglik bo’yicha ajratiladigan belgilar
- 8-rasm. Turli xil guruxlarning shartli belgilarda berilishi sxemasi a-shakli, b-rangi, v-ichki tuzilishi, g-ichki tuzilishining ulchami.
- Белгиларни куришда графика воситасининг уйгунлашуви
A.U Tayrova «TOPOGRAFIYALIQ SIZILMASHILIQ HA’M KARTALARDI U’SKENELEW» PA’Nİ BOYINShA Lektsiya tekstleri «NUKUS»
2
DİZEYNİNİNG NAZARİY ASOSLARİ
Kursning moh’iyati va vazifalari. Xaritalarni jih’ozlash - kartografiyaga axtisoslashgan o’quvchilarni tayёrlashda asosiy kurslardan bir h’isoblanadi. Kursning maqsadi - o’quvchi kartograflarni kartografik asarlarni jih’ozlashni ilmiy asoslari, tavsirlash vositalari, ularni xususiyatlari, h’ar xil xaritalar va atlaslarni loyih’alashtirish va tizim vaqtida ularni qo’llash qoidalari bilan tanishtirish h’isoblanadi. Uning asosiy vazifalari - kartografik belgilarni aql-idrokka asoslangan va samarali usullarini loyih’alashtirish uchun tasvirlovchi vositalarni tavsiflash va tanlash; - badiiy usullarni qo’lash va qabul qilish (rang, plastikada tasvirlash, tasviriy sanatni qabul qilish); - kartografik asarlarning tashqi ko’rinishini dizeyinini ishlab chiqish; - karta va atlaslarni yaratishda kompyuter dizayni texnologiyasidan foydalanish. Bu vazifalarni bajarishda quyidagi asosiy omillarni h’isobga olish ko’zda tutiladi: kartaning masshtabi, maqsadi, turi, kartaga olinaёtgan xududning kattaligi; foydalanish xarakteri, shuningdek nashr qilish texnologiyasi va poligrafik qayta nashr etish, ishlab (chiqarilishi) chiqilishi. Karta va atlaslarning badiiy loyih’alashtirish dizaynning asosiy xususiyatlariga javob berishi kerak: - mazmunining ifodalimyligi; - shaklining qulayligi; - loyih’aning kam xarjligi; - yuqori estetik sifatlarga.
Kartografiyada tasvirlash vositalari texnik va badiiy grafikaning yig’indisini tashkil etadi. Kartada grafik qurilmalar ko’pinchal tekis shaklda ifodalanadi, kam xollarda esa h’ajmga ega bo’lgan figuralar - turli geometrik shakllar (umumiy ko’rinishdagi - nuqta chiziq maydonlar). Bundan tashqari tasvirlovchi vositalar turli xil badiiy tasvir, rasmlar, h’arfli, raqamli elementlar va h’.k.larni o’z tarkibiga oladi. Eng muh’im tasvirlovchi vosita rang h’isoblanadi. Turli xil tasvirlovchi vositalarning birikmasi kartografik belgilar tizimining loyih’alashtirishini katta imkoniyatini beradi. Ulardan optimal foydalanishni, grafik o’zlashtirish vositalarini aloh’ida xususiyatlarini batafsil o’rganishni, ularning tasviriy kuchi va h’ajmini kartografik belgilarni qurishda samarali qo’llashdir. Tasvirlovchi vositalarni o’rganish va qo’llash ularni bevosita ko’z bilan qabul qilish bilan, uning tabiiy moh’iyati kelib chiqadi: - ёrug’lik nurlanishining h’osil bo’lishi (aks ettirilishi, o’tkazilishi, yutilishi va h’.k.);
- fizillogik - ko’rish organiga nurlanishni tasirini ёrug’lik tasurotini yuzaga keltirish; 3 - psixologik - predmetlarning shakli, o’lchami, rangi, h’ajmi h’aqida fikr yuritishga imkon beruvchi, ёrug’likni sifati va miqdorini farqlashni sezish. Jismoniy (h’arakat) tasir etuvchi va psixologik tasirlanish o’rtasidagi aloqalarning o’rganilishi asosan tajriba (eksperiment)lar sarasigsha kiradi. Ularning maqsadi grafik vositalarni to’g’ri qo’lash, (grafik elementlarni), ularni qoplamlarini, qatlamlari, shakli o’lchami, shaqlni joylashtirish kombinatsiyalarini belgilashdir. Bu esa o’z navbatida kartani o’qishni osonlashtiradi. Undan ilmiy bilim olishda va etarli informatsiya tashuvi vosita sifatida foydalaniladi. Hamma grafik elementlar kartalarda shtrixlangan (bunga shriftlar h’am taalluqli), yani chiziqlar, shtrixlar, nuqtalar bilan bajarilgan va fonli - turli xil rang bilan bo’yalgan maydonlarga bo’lish qabul qilingan. Bu bo’linish shtrixli va fonli elementlarning turli vazifalari, ularning tasvirlovchi imkoniyatlarini qabul qilib olish imkoniyati, texnikasi va usullarni (qo’lёzma va kompyuter) bajarilishi, poligrafik ishlanishiga asoslangan. Hamda turli ёrqinlikdagi (soyanurlar printsipi) bajarilgan rangli tusdagi yarim tusli elementlar h’am ajratiladi. Shunga muvofiq kartalar tayёrlanaёtganda shtrixli originallarga shtrixli element kiritilgan, shtrixli originallardan rangli originallar nusxalari tayёrlanadi. Jih’ozlangan kartalar qo’lёzma va kompyuter texnologiyasi asosida nashr qilinishi uchun tanlangan ranglarga bo’yalgan bo’ladi. Yarim tusdagi kartalarda esa qo’lda ёki kompyuterda tasvirlangan yarimtus ifodalanadi.
Kartalarni yaratish bo’yicha to’liq ishglar tsikli ketma-ket qator bosqichdan iborat bo’ladi: - loyih’alashtirish; - tuzish; - kartalarni nashrga tayёrlash; - nashr etish. Kartalarni tuzishda bevosita jih’ozlash bilan bog’liq ishlar amalda uni yaratishdagi h’amma bosqichda bajariladi. Kartaning loyih’asi (dasturi)ni tuzish bosqichi. Uni ishlab chiqilishida asosiy vazifa echiladi - kartada aks ettiriladigan h’amma elementlarning mazmunini tasvirlovchi vositalarini tanlash va kartografik belgilar yaxlit tizimini keyinchalik loyih’alashtirishdir. Shartli belgilarning loyih’aga muvofiqligi rangli jih’ozlangan tajriba namunalarida tekshiriladi. Bu bosqichda shuningdek, tashqi jih’ozlash h’am loyih’alashtiriladi: ramkalar, ularning bezagi, kartaning nomi uchun shriftning ko’rinishi va o’lchami, qushimcha elementlarning mazmuni (kesma kartalar, diagrammalar, profillar va x.k.). So’ngra kartografik asarning umumiy kompozitsion tuzilishi amalga oshiriladi, yani tasvirlashga oid h’amma tashqi elementlarni joyi belgilanadi. Bunda dizeynerning asosiy vazifasi - kartaning ko’rinishini munosib loyih’alashtirish, tashqi elementlarni mantiqan va ixcham qilib loyih’alashtirish, kartografik asarning o’ziga h’osligini takidlovchi badiiy uslublarni qo’llashi. Bu erda kartograf badiiy konstiruktorlik faoliyatining ko’lami namoёn bo’ladi, ayniqsa, yirik asarlarning loyih’alashtirilishida (m-n, kompleks atlaslarda). 4 Kartaning tuzilish bosqichi originalni grafik qurishdan iborat. Bu ijodiy jaraёn elementlarni mazmunini tanlash va umumlashtirish, obektlarni to’g’ri joylashtirish, shtrixli elementlarni chizishda zarur aniqlikka rioya qilishdir. Shu bilan bir vaqtda shriftli, ёzuvli, nomlarni, chizish, ёzish va h’.k. Bunda talab qilinadigan sifati va texnologiyaga javob beradigan kompyuter vositalari ёki qo’l ёrdamida ijro qilinadigan chizma asboblar va ёrdamchi qurilmalar ishlatiladi. bu bosqichda kartani legandasini qurish muh’im ah’amiyat kasb etadi, yani shartli belgilarni malum bir tizim va ketma-ketlikda joylashtirish, guruh’lar va aloh’ida belgilar orasidagi masofalarni h’isoblab chiqish, sarlavh’alar uchun shriftlarning h’ajmini moslab ajratish va tushintirish ёzuvlarini belgilash va h’.k. Kartani nashrga tayёrlash. Jih’ozlash ishlarini masuliyatli qismini bajarilishi - maxsus originallarni tayёrlash va ulardan bosma shakllarni olib, so’ngra kartani bosishdir. Kartalarning originallari yuqori sifati bilan ajralib turadi. Yangidan-yangi grafik ishlarni bajarishda katta tajriba talab qiladi. Jih’ozlashning muh’im vazifasi, ranglar jilosi ko’rinishini yakunlovchi ko’rinishini ishlab chiqish, fon elementlari uchun uyg’unlashgan tuslarni tanlab olish, yani bo’lg’usi kartaning mazmuni va badiiy ko’rgazmali qilib tasvirlash. U tusni jih’ozlash grafikasini ishlab chiqish uchun, ranglarni tanlash uchun poligrafik ishlab chiqishga xizmat qiladi. Eng yaxshi rang masalasini topishda (ayniqsa murakkab kartalar uchun), bazida bir nechta jih’ozlangan variantlarni tayёrlashadi. Kartaning tashqi qiёfasi h’aqidagi yakunlovchi fikrni rangli namuna beradi - shtrixlangan, fonli, yarim tusli, h’amma shakllarda uyg’unlashgan nusxalari beriladi. Yakka nusxada bajarilgan rangli namuna tirajini bosish uchun etalon h’isoblanadi. Lekin bundan oldin uni original rangiga muvofiqligi tekshiriladi. Yana kartani tayёrlashni yakunlovchi bosqichda h’am tuzatish, fonli elementlarni o’zgartirish, rang tusini kuchaytirish ёki zaiflashtirish bo’yicha ishlar vujudga keladi.
Kartalar biror-bir manzara ёki joyning kichraytirilgan shakli ekanligi sababli, aerofotosurat, surat, rasm va shunga o’xshash badiiy ko’rinishidan farqli o’laroq, obekt, voqea va h’odisalarni h’aqiqiyligicha (real) tasvirlashda shartli belgilardan foydalanishni taqozo etadi. kartografik belgilar maxsus grafika simvollari bo’lib, kartada obektning ko’rinishi, joylashuvi va tarqalishidagi kengliklarini, obekti va h’odisalarni (ularning sifati va miqdor ko’rsatkichlari h’aqida malumot, ularning h’olati, aloqalari, dinamikasi (o’sish va o’zgarishi) va h’.k.) interpretatsiya (izoh’lash) qilish imkonini beradi. Kartografik belgilar kartaning shakllangan grafik tili bo’lib xizmat qiladi. Kartografik til xuddi boshqa suniy tillar kabi fikrni ifodalash va anglashda ёrdamchi qurol vazifasini o’taydi.
5 Shartli belgilarning afzalliklari shundan iboratki, ular faqatgina qisqa baёn etilmasdan, balki so’z bilan ifodalash qiyinroq bo’lgan zamon va makondagi aloqa va munosabatlarni ochiq-oydin ko’rsatish imkonini beradi. Kartografik belgilar sistemasi doirasida ishlatiladi. belgilar sistemasi (tizimi) - karta masshtabi, mazmuni, foydalanish xarakter iva yo’nalishiga ko’ra shartli belgilar majmuidir. Ular bilimlarni qayd qilish, ifodalash va umumlashtirishda fikrlarni baёn etish uchun xizmat qiladi, yani nazariy tadqiqot vositasi bo’lib xizmat qiladi. Kartani ilmiy jih’atdan anglashda begilarning roli h’aqida Leybnits: «Belgilar va ularni ifodalash sanati ajoyib qo’llanadir, negaki u tasavvurni engillashtiradi… Turli kashfiёtlar uchun belgilarning qulay bo’lishiga h’arakat qilmoqqa ah’amiyat berish lozim… Shunda fikrlash ancha osonlashadi…» Belgilarning tashqi ko’rinishi, ijodiy jaraёnlarning birgalikdagi uyg’unligi murakkab va yashirin aloqalarni ifodalash imkonini beradi. Semiotika - belgilar va belgilar tizimi xususiyatlarini tadqiq qiluvchi fandir. Belgilar va belgilar tizimi muammolarini kompleks o’rganishda semiotikada 3 ta yirik sintaktika, semantika, pragmatika yo’nalishlari mavjuddir. Kartografik sintaktika - malum sistema ichidagi belgilarning o’zaro munosabatidir. Uning vazifasiga quyidagilar kiradi: kartografik belgilarning konstruktiv elementlari va grafik ifodalanishiga ko’ra tuzilishi va sistpematizatsiyasi, biror-bir belgini grafik vosita ёrdamida ifodalash, yangi belgilar qatorini tashkil etish; belgilarning zamon va makondagi kombinatsiyalari tadqiqotlarini, ularni oqilona qurish: belgilarni qaytadan yaratish imkoniyatlarini o’rganishdan iboratdir. Tarqalishiga, obektlar va ularning moh’iyatini xarakterlashga ko’ra, belgilar 3 toifaga bo’linadi: belgili, chiziqli, maydonni ifodalovchi. Bundan tashqari shartli belgilarning o’rniga ёki ularning o’rnini so’z bilan to’ldirish mumkin bulgan aloh’ida bir guruh’ni ajratish mumkin. Bundan keyingilar shakli, o’lchami, mo’ljalga ko’ra ёki yunaltirilgan, ichki tuzilishi, ёrug’ligi (och ёki to’qligi), rangiga ko’ra ajratiladi. Belgilarning shakli grafikaning keng ko’lamdagi imkoniyatlarini ifoda etadi. Obektning xaraetriga ko’ra shaklini ifodalash mumkin bo’lmaganda ularni turli geometrik shakllar (doira, kvadrat, to’g’ri to’rtburchak, uchburchak, besh va olti burchak, trapetsiya va boshqalar), shuningdek h’ajmli (kub, shar va h’.k.) belgilar ёrdamida tasvirlash (1-rasm, a); ko’rgazmali belgilar ko’rsatilaёtgan predmetga mosroq tushadigan shakllar orqali ifodalanadi (1-rasm, b), Masalan: traktor sanoati joylashgan joyda traktor suratini ko’rsatish maqsadga muvofiq bo’ladi. Chiziqli va maydonli belgilar orqali obektning shakli, chegarasi, uning kenglikdagi joylashishi aniqlanadi. Biroq vektor (yo’naltiruvchi) ko’rinishidagi belgilar turli shakllarda tasvirlanishi mumkin (3-rasm, v).
6
Kartografik belgilarning, turli shakllarda tasvirlanishi; a-geometrik shakllar; b-ko’rgazmali belgilar; v-chizikli belgilar;
Shartli belgilarning o’lchami (katta kichikligi) ular qurilishdagi muh’im grafik vositadir. Kartaning masshtabi, maqsadi va foydalanilishiga ko’ra uning o’lchami belgilanadi. Kartografik belgilarning o’lchami tasvirning tafsilotlari va uning o’qilishi biroz qarama-qarshiliklarni keltirib chiqaradi. Belgi o’lchamini kichraytirib kartaning ikir- chikirlarigacha ko’rsatish mumkin, lekin h’addan tashqari mayda belgilar uning o’qilishini qiyinlashtiradi. Yirik, o’qilishini qiynlashtiradi. Yirik, o’qilishi oson bo’lgan belgilar ularni manosiga ko’ra etarlicha generalizatsiya (ixchamlashtirish) qilishni talab etadi. Yo’naltiriluvchi - mo’ljal belgilari grafika jih’atidan kamroq, asosan bazi geometrik shakllarda qo’llaniladi (4-rasm).
7 Mo’ljal belgilari maydon konturlarini shtrixovka bilan tasvirlashda samara beradi. Ko’rinishi (rasmi) h’amma turdagi kartografik belgilarni ko’rsatish imkonini beradi. Masalan: ichki tuzilishiga ko’ra bir-biridan farqlanadigan belgili, chiziqli va maydonli belgilar (5-rasm).
Belgi, chiziq va maydonlardagi farqlarni ajratib, ularni bezatishda bir xil ranglilikdagi (oqdan qora ranggacha) ёrug’lik (oq rangning ulushini h’isobga olgan h’olda) belgisidan foydalaniladi. Biroq bu usulning samaraliligi asosan, maydon belgisidan foydalanganda, yani katta maydonlarda ёrug’likning o’zgara borishini ko’rsatishda ko’proq seziladi (6-rasm).
8
Yoruglik bo’yicha ajratiladigan belgilar
Rangli kartalarning belgilar tizimini tuzishda h’ar tomonlama tasvirlash imkoniyatini beruvchi rangning ah’amiyati kattadir. Belgili, chiziqli, maydonli belgilarni konstruktsiyalash (qurish)da grafika vositalaridan foydalanish cheksiz imkoniyatlar yaratadi. Uch va undan ortiq alomatli belgilar yig’indisidan murakkab belgilar (ichki tuzilishi, o’sish dinamikasi va boshqalar) qurish imkoni kelib chiqadi, bunda ifodalanaёtgan shaklning tuzilishi bir-biridan farq qiladi (7-rasm).
8-rasmda shakl, rang va ichki tuzilishli shartli belgilardan foydalanish sxemasi berilgan, sxema (zaruratga ko’ra) belgining o’lchami bilan to’ldirilishi mumkin. Белгиларни куришда графика воситасининг уйгунлашуви 9 Grafika vositasining uyg’unlashuv turlari ko’p sonli bo’lib, yakka h’oldagilari belgilarning semantika yo’nalishiga xosdir. Kartografik sintaktikaning vazifasi 0 belgilarning bir-biriga mos kelishini, turliligini, belgilar joylashuvining zichligini va estetik badiiyligini tamnlashdan iboratdir (9 rasm).
9-rasm. Belgilarni joylashtirish variantlari a-chuzilib ketgan, b-kuzga notinch kurinishi, v-tugri joylashtirilgan.
Belgilarni joylashtirishda belgilar chizilishining to’g’riligini, bezatilishini h’isobga olish lozim, chunki belgining tashqi ko’rinishi kartaning o’qilishiga tasir ko’rsatadi (10-rasm).
10-rasm. Belgilarni geometrik chizish uslubi a-notugri, b-tugri kurilgan.
Kartografik semantika - ko’rsatilaёtgan obekt bilan shartli belgi o’rtasidagi munosabat bo’lib, belgidan foydalanishni mano jih’atdan anglashni ifodalaydi, belgining h’aqiqiy manosi, u h’aqda informatsion malumot berib, h’ar bir elementning tutgan o’rnini ko’rsatadi.
Shartli belgilar sistemasi (tizimi)ni qurishda grafika vositalaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir, chunki bunda ko’rsatilaёtgan obektning barcha ikir- chikirlarigacha to’g’ri va unumli ko’rsatilish imkoniyatlari h’osil bo’ladi. Shakl va mo’ljal belgilari bilan obektning sifat ko’rsatkichlarini, o’lchami va ёrug’lik ёrdamida – miqdorini, dinamikasini; ichki tuzilishi va rangi bilan esa, h’am sifat, h’am miqdor ko’rsatkichlarini ifodalash mumkin.
10
Belgilar tizimi ko’rsatilaёtgan obektdagi belgilarining o’zaro aloqada bo’lishini taqozo etadi. Grafika vositalari orqali obektning asosiy belgilari o’rtasidagi aloqalarni bo’rttiribroq, o’xshash obektdan o’xshashliklarni umumlashtirib ko’rsatish, kartadan kerakli malumotni topish va o’qishni osonlashtiradi (8 - rasm). Ko’rsatilaёtgan obekt va uning shartli belgisi bilan o’zaro aloqasini oddiy so’z bilan legendada ifodalash mumkin. Legenda – shartli belgining manosinigina ko’rsatib qolmay, balki uning guruh’lanishini, ularga bo’ysunuvchi malumot va h’.q. larni, yani kartaning mazmunini ochib beradi.
Kartografik belgilar mazmuniga ko’ra, bir necha darajaga ega, yani quyi darajada – oddiy belgilar ishlatiladi, malumotlar ko’lami chegaralangan (masalan: kartadagi gorizontallar – dengiz sath’idan bir xil balandlikdagi nuqtalarni bir-biri bilan bog’lovchi chiziqlarni bildiradi) bo’ladi.
Balandliklarni shartli ravishda gorizontal chiziqlar orqali ifodalash, malumotlarni yuqori darajada: relefning ko’rinishi, uning balandligi, qiyaligi va h’oqazolarni ko’rsatish imkonini beradi. Ayrim relef shakllarning gorizontallar bilan ko’rsatilishi relef turi h’aqida yangi tushuncha h’osil qiladi. Ko’pgina belgilari mazmunan turli darajalarda namoёn bo’ladi.
Shartli belgilardan foydalanish orqali aloh’ida belgilar, ularning tizimi h’aqida malumot olish imkoniyati ortadi.
Kartografik pragmatika – belgilarning muayyan munosabat va aloqalarini, yani kartani tayёrlab beruvchi, undan foydalanuvchi bilan kartografik belgilarning o’zaro munosabatini o’rganadi. Kartani yaratuvchi va foydalanuvchi uchun karta tilini bilmoq zarur. Birinchi navbatda, belgilarni kurganda aniqligi, to’la – to’kisligi, mazmuniga ko’ra oson va to’liq o’qilishini, yani undan foydalanish samaradorligini taminlaydi;
İkkinchidan – kartada berilgan malumotlarni to’g’ri tushunib, belgilarni to’g’ri talqin qila olmoq, tah’lil qilib, ularning o’zaro tasirini o’rnatish, yani kartani to’la qonli o’qish imkonini beradi. Kartani o’qiёtgan o’quvchining bilim darajasi katta ah’amiyatga ega. Ko’rsatilaёtgan joy h’aqidagi malumotning h’ajmi va uni bah’olash o’quvchining shu obekt bilan qay tarzda tanish ekani, belgilar bilan real h’odisalar orasidagi bog’liqni tushunish imkonini beradi.
Wquvchi birinchi bor kartaga qarab, umumiy tushunchaga ega bo’ladi, keyin uni tushunib tah’mil qiladi, oxir-oqibat barcha malumotlarni h’aёlan jamlab, zarur shartli belgilarnigina qoldirib, kartadagi barcha belgilarni sintez qiladi. Bunda grafika elementlarining turli murakkablikdagi ko’rinishlariga murojaat etiladi (eng oddiy, murakkab belgilar, ularning kombinatsiyalari va oxiri yagona karta h’osil bo’ladi).
Tajribalarning ko’rsatishiga, malum bir mazmundagi karta uchun tuzilgan kartografik shartli belgilarning o’qilishi samaraliroq bo’ladi.
Semiotika usullarini ishlab chiqish va amalda tadbiq etish kartaning grafika tilini takomillashtirish imkonini beradi.
Shartli belgilarni grafika vositalari ёrdamida qurilganda, ularni kartada oqilona joylashtirish – karta va undan h’ar bir shartli belgining o’qilishini h’isobga olish asosiy shartdir. 11
Kartani oson va tez tushunish belgilarning o’qilishiga bog’liq. Shartli belgilarni qurganda h’ar bir belgining bir-biridan ajralib turishi (bir- biriga o’xshamasligi), chiziqlarning soddaligi, belgilarning zichligi, ko’rgazmalilik va did bilan bezatilganligi kartaning o’qilishini osonlashtiradi.
Kartani o’qilishiga yana tashqi omillar, o’qilishiga bog’liq bo’lgan sharoitlar (masalan: ёritilish xarakteri, tasvirning ёritilganligi va chiroqdan kelaёtgan ёrug’likning spektral xususiyatlari) tasir qiladi. Kartani qanday masofada turib qaralaёtganligi katta ah’amiyatga ega. Shuning uchun kartada shartli belgilarni joylashtirish va bezatish (jih’ozlashda), belgining optimal o’qilishi uchun zarur sharoitlardan foydalanmoq lozim.
Devorga osiladigan kartalarning belgilarini quraёtganda kontrastlar (aksi) nisbati katta ah’amiyatga ega.
Stol ustida turadigan kartalardagi belgilarning h’addan tashqari qora rangda bo’lishi kartaning o’qilishga salbiy tasir etishi mumkin.
Shartli belgini kishi ko’zi tabaqalashi va farqlashi qulayroq bo’lishi uchun belgilarni chizaёtganda shakl va rang, shakl va ёrug’likning uyg’unlashuviga etibor berish kerak.
Belgilarning o’qilishi soddaligi (murakkabligi) belgilarning zich ё siyrak chizilganligiga bog’liq. Chizmaning soddaligini qurilaёtgan chiziq turi va elementning soni (nuqta, shtrix, chiziq), h’osil bo’laёtgan belgi, uning soni va aloqalarning xarakteri (bog’liqligi) ko’rsatadi. Shakli, konturi va ichki tuzilishining oddiyligi belgilarni bir-biridan oson farqlash imkonini beradi.
Kompozitsiyaning yaxlit ko’rinishi, oddiy geometrik shakllardan foydalanish; kompozitsiyaning to’la-to’kis oxiriga etkazilishi, belgi bo’laklarining simmetrikliligi va asosiy etiborning markazga yo’naltirilganligi, belgi elementlarining o’zaro to’g’ri proportsional joylashtirilganligi kartografik belgilarning o’qilishiga tasir qiladi.
Bundan tashqari, kartaning o’qilish imkoniyatlarini bah’olaёtganda kishi qo’zi idrok etadigan turli optik illyuziya (h’aёliy faraz)larni h’am h’isobga olish zarur (11- rasm).
11-rasm. Ko’z idrok etadigan optik illyuziya
12
Ko’rgazmalilik – kartografik belgilarning muh’im xossasidir. Masalan: umumgeografik kartalarda bazi obektlar: dengiz portlari, aerodromlar, kumlarning ko’rinishi va h’okazolar berilgan bo’lsa, rangli belgilar orqali – yashil rangda – o’rmonlar, h’avo rangda – gidrografiya obektlari, jigar rangda – relef shakllari ko’rsatiladi. Tematik kartalardagi, ayniqsa keng omma foydalanishi uchun mo’ljallangin kartalardagi ko’rgazmali belgilarni rasmlar orqali ifoda etish yaxshi samara beradi (12-rasm).
12-Kurgazmali belgilar
Kartorafik belgi – malumot etkazib beruvchidir. Belgilarni qurish xususiyatlari, tasvirlash vositalaridan foydalanish, rasm shakli, o’lchamini aniqlash, uning mazmuni va manosi bilan chambarchas bog’liq.
Download 422.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling