A. u tayrova


Relefni asosiy shakllari va tiplarini soyanurlar bilan tasvirlanish


Download 422.15 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana03.10.2017
Hajmi422.15 Kb.
#17031
1   2   3   4   5   6

5.3. Relefni asosiy shakllari va tiplarini soyanurlar bilan tasvirlanish 

xususiyatlari 

Relefni rang quyish (otmshkani), soyanurlar usuli bilan ifodalash asosan mayda 

masshtabli kartalarda (1:1 000000 masshtabdan kichik) foydalaniladi. 1:500000 

masshtabli, relefning gorizontallari, qatlamli bo’yash va rang quyish (otmshka) bilan 

ko’rsatilgan topografik kartasi, bazi chet el topografik kartalari, shuningdek relef juda 

umumlashtirib berilgan sayёxlik kartalari bundan mustasno. Mayda masshtabli 

kartalarning vazifasi relefning yirik turlari va shakllarini aks ettirishdan iborat. Ularni 

ikki majmuaga: tekislik h’amda tog’lar va yassitog’liklar relefi kartalariga 

birlashtirish mumkin. Bo’linishning juda xilma-xil turlari, tuzilishlari va 

xususiyatlariga ega bo’lgan tog’ relefini rang quyish (otmtka) bilan (III, IV ilovalar) 

ko’rsatish murakkabroq h’isoblanadi. Tog’ relefining ko’plab turlari (masalan, tog’ 

tizmalari, tog’liklar, yassitog’liklar, qoldiq tog’lar relefi, qalqon ёnli tepalar 

(kuestalar), vulqon relefni rang quyish (otmshka) bilan jih’ozlash turlicha ёndashuvni 

talab etadi. Ulardan bazilarini ko’rib chiqamiz. 

Tog’ tizmalarini aks ettirishda yirik orografik birliklarning kattaligi va yaxlitligi 

soyanurlar bilan tasvirlanadi. Tog’ qirralari eng to’q ranglar bilan (38- rasm), uchli 

qoyalardan iborat qirralar ёrug’ va soya tomonlarni aniq ajratish orqali tishli rasm 

chizig’i bilan ko’rsatiladi.  



 

42

 



38. rasm. Relefni rang kuyish bilan bajarishda tuzilgan orfografik sxemasi 

a) tog tizimlarining uzaro joylashuvi; 1-asosiy, 2-urta, 3-deyarli kata bulmagan,  

4-uchli koyalar bilan, 5-asimmetrik kiyali tizimlar, 6-chukur kiyali kesilgan vodiylar, 

(b) Ushbu xududning relefi rang kuyish bilan berilishi;  

 

Toq tizmalarining o’zaro joylashuvchi, ular bo’linishining o’ziga xosligi ёritish 



yo’nalishini belgilashga va soyanurlar bilan taqsimlashga h’amda uning turli 

elementlarini (tushuvchi soya, refleks va boshqalar) qo’llashga tasir etadi. Masalan, 

parallel, patsimon, panjarasimon, radial va boshqa bo’linish sistemalari (39-rasm). 


 

43

 



39. rasm. Rang kuyish uchun ёruglik yunalishida xar xil turdagi relefni buyalishi 

a-parallel, b-patsimon, v-panjarasimon, g-radial.  

 

Tog’ tizmalari va tarmoqlarining parallel joylashuvi  ёritish yo’nalishini 

tanlashda qiyinchiliklarni keltirib chiqarmaydi. Ёrug’lik odatda tizmalarning katta 

qismiga perpendikulyar (tik) yo’naltiriladi. Asosiy va ikkinchi darajali elementlarni 

aniqlash uchun ёrug’liq yo’nalishi shunday tarzda tanlanadiki, ikkinchi darajali tog’ 

tarmoqlari asosiy tizmadan tushadigan soya bilan ёpiladi. 

Patsimon bo’linish dastlab bosh tizma, so’ngra esa ikkinchi darajali tarmoqlarni 

bo’rttirib ko’rsatuvchi ёrug’lik yo’nalishini belgilashni talab etadi. 

Panjarasimon va radial bo’linishlar ёrug’ va soya tomonlarni tegishli bo’ёqlar 

vositasida tasvirlashning yanada murakkab h’olatlaridan iborat. Bazi tizmalar uchun 

aloh’ida shakllarning ravonligi va ifodaliligi tasirini saqlash maqsadida shimoldan 

g’arbgacha bo’lgan ёrug’lik yo’nalishini keng o’zgartirish lozim. 

Cho’qqisi tekis bo’lgan yassi tog’liklar rang quyish (otmıvka) usuli bilan 

tasvirlanganda o’ziga xos xususiyatlarini saqlashlari lozim. Shu bilan birga yuzaning 

bo’linganligini (ёriqlar, darz ketgan joylar, o’yiq joylar) va ёn-bag’irlar 

xususiyatlarini aks ettirish zarur. Bunday h’olatda qo’shimcha tik tushgan ёritish 

qo’llaniladi. 

Qoldiq tog’lar relefi o’ziga xos shaklga: tekisliklar bilan ajratilgan aloh’ida 

tepaliklar, qoyalar tizmasi ko’rinishiga ega. Ayniqsa past tog’li relef o’ziga xos bo’lib 

qiyalama ёritish orqali rang quyish (otmıvka) bilan yanada aniq ko’rinadi. Ushbu tur 

pasltgog’li relefga mansub bo’ltani sababli bo’ёqlar uncha quyuq emas, shu bilan 

birga, yirik daxalarga birlashmagan past tepaliklarning o’ziga xos tarqoqligini aks 

ettirish uchun ular barcha shakllarga surtiladi (40-rasm). 

 

 


 

44

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

Vulqon relefi konussimon yuzalar shakliga yaqin. Shimoli-g’arbiy tomondan 



ёritishda soya va ёrug’likning juda keskin farqi vulqon cho’qqisida bo’ladi. Ёritilgan 

ёn bag’irning etagi odatda h’avo manzarasi tasiri h’isobiga qoramtir rangda 

bo’yaladi, soyali ёn bag’ir etagi esa engil oqish ratga bo’yaladi. Ёn bag’irlarning 

ajralish darajasini barralkoslar (nursimon yuvilma o’yiklar) aniqligini soyanurlar 

bilan berish juda muh’im (41,42-rasmlar).  

40-ðàñì. +îëäè= òî\ëàð ðåëüåôèíèíã ðàíã 

=óéèø (отмывка) áèëàí áåðèëèøè

 


 

45

 



41.rasm. Vulkon relefida rang kuyish (otmıvka)

 

 



 

42. rasm. Tekislik relef eroziyasining rang quyish bilan berilishi 

Kuestalar bir ёn bag’ir tik, boshqasi -  nishab bo’lgan qiya monoklinal 

strukturaning asimmetrik qatorlaridan iborat. Qatorlar assimetriyasi va ularga xos 

bo’lgan parallelik oqish va qoramtir bo’ёqlarning quyuqligi bilan ajratib ko’rsatiladi. 

Kuestalar kuchli darajada ko’ndalangiga ajratilgan bo’lganda asosiy strukturaviy 

chiziqlar yo’nalishlari anikligini saqlash muh’im. Qoyatoshli qismlar va jarliklarning 

juda tikligi soya nurlarning keskin almashinishi bilan beriladi. 

Morena - tepalik relefning soyanurini tasvirlash qoyalama ёritish bilan amalga 

oshiriladi, buning ustiga rang quyish (otmtvka) bilan barcha shakllar (eski qayirlar 



 

46

(terrasalar)  ёnbag’irlari, jarliklar - to’q sariq bilan, tepaliklar - ularning yumaloq 



shaklini aks ettiruvchi mayin nim-ranglar bilan) beriladi. Rang quyishning (otmıvka) 

bunday usuli yuzaning o’ziga xosliklarini, relef turini batafsil ifodalashga imkon 

beruvchi yirik masshtabli kartalar uchun samarali. 

Har xil turdagi tog’ va tekislik relefiga ega bo’lgan katta miqёsdagi xududlarni 

rang quyish usuli bilan tasvirlash turli shaklda amalga oshirilishi mumkin. Relefning 

o’ziga xos xususiyatlari h’aqida to’la tasvirga ega bo’lish uchun karta masshtabida 

ifodalanadigan tog’lik va tekislik relefining barcha tur va shakllari rang quyishda 

(otmıvka) aks ettiriladi. Ushbu variant «yaxlit soyanur» deb ataladi va quёsh nuri 

bilan  ёritilganlik taassurotini h’osil qilish imkonini beradi h’amda kartaning 

estetikligini (badiiyligini) oshiradi. 

Yaxlit rang quyish (otmıvka)ni ko’plab h’ozirgi kartalarda, xususan Dengiz atlas 

kartalariga (T. 11, 1953); Antraktika atlasidagi quruqlik va dengiz relefi kartalarida 

(1966); relefni chiroyli ifodalash yaxlit soyanur bilan qo’shilgan h’olda tasvirning 

ajoyib nafisligi va badiiyligini taminlaydigan o’quv kartalarida ishlatiladi. Ko’pnicha 

bunday soyanur bir qancha ranglarda amalga oshiriladi. 

Boshqa variant - faqat tog’li rayonlarni rang quyishda (otmıvka) tasvirlash. 

Soyanur tog’larning cho’qqisidan etagiga qadar tarqaladi, tekisliklar toza h’olda 

qoladi. Bunday usul relef balandliklar pog’onalari bo’yicha qatlam bo’ёq bilan aks 

ettirilganda qo’llaniladi, yanada tasirchan va ko’rgazmali bo’lishi uchun tog’li relef 

tasviri soyanur bilan bo’rttiriladi. Shu bilan birga soyanurning quyuqligi relefning 

tikligi va balandligiga mos bo’lmagan h’olda beriladi, rang quyish (otmıvka) rangli 

shkalaning shaffofligini saqlash va kartadagi elementlarning o’qilishini taminlash 

maqsadida nim-ranglarda amalga oshiriladi. 

 

Soyanur mutanosiblikning nafislikning kompyuter texnologiyalari 

 

Kartografik ishlab chiqarishga avtomatlashtirish vositalari joriy etilishi bilan 



taxminiy rang quyish (otmıvka) nomini olgan relefni soyanur bilan ifodalashning 

raqamli uslublari rivojlana boshladi. Ushbu yo’nalishdagi dastlabki amaliy ishlar XX 

asrning 60-yillariga to’g’ri keladi, o’shanda realistik tasvirlarni yaratishga 

mo’ljallangan, mashina grafikasi soh’asiga oid nazariy va amaliy tadqiqotlarni 

qo’llashga h’arakat qilingandi. 

Ko’zgudagidek aks ettirishni nur kuchining tushaёtgan nur to’lqinining 

uzunligiga va aks ettiriladigan yuza xususiyatlariga bog’liqligini o’z ichiga olgan 

murakkabroq  ёritish modellari taxliliy rang quyish (otmıvka) usul-larida 

qo’llanilmaydi va asosan maxsus taassurot h’osil qilish uchun foydalaniladi. 

Relefning raqamli modeli (RRM) taxliliy soyanur h’osil qilish uchun asosdir. 

GİSda RRMni saqlashning ikki asosiy shakli qabul qilingan: tri-angulyatsiya (TIN) 

va to’rli (GRID). 

Triangulyatsiya modeli erkin joylashgan balandlik qiymatlariga ega bo’lgan 

nuqtalar bilan bersa, ushbu nuqtalar bo’yicha qurilgan triangulyatsiya strukturasi 

(odatda, bu Delone triangulyatsiyasi) to’plamidan iborat. ushbu model yuzasi 

ko’pёklik ko’rinishida, yani h’ar bir uchburchakda ushbu liniya funktsiyasi bo’lib, 

malumki, maydonda uch nuqta bo’yicha bir manoda belgilanadi. Dastlabki nuqtalar 

ko’pchiligining bo’rtiq qobig’i triangulyatsiya modelini belgilash soh’asidir. 



 

47

Turli model tekislikdagi muntazam to’g’ri burchakli to’rning tugunlaridagi 



balandliklar qiymatlari matritsasidan iborat. To’g’ri to’rtburchaklik bunday modelni 

belgilash soh’asidir. To’r tugushtar orasidagi gorizontal va vertikal yo’nalishlar 

bo’yicha masofalar to’r qadami deb ataladi. 

Relefning raqamli modelini yaratish uchun mustaqil bo’lishi ёki biror-bir GİSga 

aloh’ida modul bo’lib kirishi mumkin bo’lgan ixtisoslashgan dasturiy taminotdan 

foydalaniladi. Tabiiy sharoitdagi o’lchashlar yo’li bilan ski fotogrammetrik usullar 

bilan olingan aloh’ida nuqtalardagi balandliklarning qiymatlari, ёki topografik 

kartalardan raqamlashtirilgan gorizontallar modellashtirish uchun dastlabki malumot 

h’isoblanadi. 

Taxliliy soyanur raqamli grafik ifodalash uchun oq-qora shkaladagi rastr 

tasvirdan foydalaniladi. Bir pikselda rangni kodlash uchun 8 bet (1 bayt)dan 

foydalaniladigan format h’isoblanadi va u kul rangning 256 turini aks ettirishga 

imkon beradi. Odatda natija beruvchi rastr tasvir h’ajmi foydalanuvchi tomonidan 

mo’ljallanaёtgan tarmoklanib chiqish qurilmasidan (displey, bosish qurilmasi) kelib 

chiqqan h’olda ixtiёriy tanlanishi mumkin, h’olbuki, to’rli RRM bilan ishlovchi bazi 

dasturlar faqat ramkali modem kattaligidagi tasvirni yaratish imkonini beradi. 

Hozirgi paytda mavjud taxliliy soyanur usullarini ularni amalga oshi-ruvchi 

algoritmlar murakkabliklarining ortishi bo’yicha nomerlangan to’rtta asosiy sinfga 

bo’lish mumkin (barcha usullar ёritishning Lambert modeliga asoslangan): 

- yagona 

doimiy 

ёritish manbai bilan; 



- turli kuchga ega bo’lgan bir necha doimiy ёritish manbalari bilan; 

-

 



kuchi yuzaning h’ar bir nuqtasi uchun ushbu nuqtadagi ёn bag’ir 

ekspoztsiyasidan kelib chiqqan h’olda o’zgaradigan bir necha doimiy ёritish 

manbalari bilan; 

-

 



o’rni struktura chiziqlari (tizmalar va vodiyning eng past erlari) kartasiga 

muvofiq muayyan joyda o’zgaradigan yagona ёrtishi manbasi bilan. 

GİS va avtomatlashtirilgan karta tuzish uchun dasturlarning ko’pchiligida 

Lambert ёritish modelini bevosita amalga oshirishdan iborat bo’lgan faqat eng oddiy 

birinchi usuldan foydalaniladi. 


 

48

 



43. rasm. Relefni analitik rang kuyishda berish 

a-bir uzgarmas manba tomonidan kiyalama ёritish 135 azimut, 45 vertikal burchak

b-bir uzgarmas manba tomonidan tik ёritish; v-uchta uzgarmas manbalar tomonidan kiyalama 

ёritish 210, 135, 60 azimutlar 45 vertikal burchaklar 1,2,1 ogirlikda; 

 g-kiyalama (a) va tik (b) ёritishning 2 va1 ogirliklar bilan kombinatsiyasi;    

 

Odatda gorizontal (azimut) va vertikal burchaklar ёrdamida beriladigan ёrug’lik 



manbaiga yo’nalish vektori bu erda parametrdir. Azimut soat strelkasi bo’yicha 

shimol tomonga yo’nalishdan (geodeziyada qabul qilinganidek), ёxud sharq tomonga 

yo’nalishdan soat strelkasiga qarshi (matematikada qabul qilinganidek) sanab 

chiqilishi mumkin. Kelgusida azimut qiymatlari aniqlanganda matematik usuldan 

oydalaniladi. Vertikal burchak 0° dan 90° gacha qiymatga ega bo’ladi. 90

0

vertikal 



burchak qiymati tik tushgan ёrug’likka mos keladi. Ko’pincha azimut uchun 135° 

qiymatdan va vertikal burchak uchun 45° qiymatdan foydalaniladi. 43. a-rasmda 

ushbu parametrlar bilan taxliliy soyanur namunasi, 43. b-rasmda esa tik ёritishdagi 

taxliliy soyanur namunasi keltirilgan. 

Taxliliy soyanurni yaratish jaraёni quyidagi turda bo’ladi. Dastlab rastrning h’ar 

bir nuqgasi uchun sirtga normal vertikal, so’ngra ёrug’lik manbayiga yo’nalish 



 

49

h’isoblab chiqiladi va ular o’rtasidagi burchak kosenusi aniklanadi. Qayd etish joizki, 



barcha nuqtalar uchun ёrug’lik manbayiga yo’nalish o’zgarmas bo’lib qoladi, normal 

h’olati esa o’zgaradi. RRMni ko’rsatishning h’ar ikki shakli uchun yasash bir xilda 

amalga oshiriladi, sirtni beruvchi funktsiyadan xususiy xosilalarni topish talab 

etiladigan normal vektorini h’isoblashlar bundan mustasno. 

Triangulyatsion RRM uchun xususiy h’osilalar chizikli funktsiya ko’rinishidagi 

sirtni ko’rsatishdan kelib chiqqan h’olda h’ar bir uchburchakda bevosita h’isoblab 

chiqiladi. To’rt RRMlar uchun xususiy h’osilalarni topishning miqdoriy usullar 

qo’llaniladi. Olingan intensivlik qiymatlari - 1 da 1 gacha o’zgarishi mumkin. 0 dan 

255 gacha bo’lgan chegarada talab etilgan butun qiymatlarni olish uchun 1

r

[127,5(I+1)] qayta h’isoblash formulasidan foydalaniladi, bunda I- sosθ — 

boshlang’ich intensivlik, I

p

 — rastr tasvirlash pikseli qiymati, [•] belgisi esa h’aqiqiy 



sonning yaxlit qismini anglatadi. 

Boshqa qayta h’isoblash formulalar h’am bo’lishi mumkin, xususan bazi 

dasturlar kulrang gradatsiyalarining butun diapazonidan emas, balki uning masalan 

15 dan 250 gacha bo’lgan bir qismidan foydalanish imkonini beradi. 

Bir o’zgarmas manba bilan ёritish usuli relefning yirik shakllarini yaxshigina 

aks ettirishiga imkon beradi, ammo u anchagina kamchiliklarga ega. 

Gap shundaki, manbaga yo’nalish bo’lib cho’zilgan tizmalar va eng past erlar soya 

bilan sust ko’rsatilgan, ayni paytda perpendikulyar yo’nalishda cho’zilgan o’sha 

elementlar juda kuchli soya bilan ajratilgan. 

Ushbu kamchiliklarni juda oddiy usul - modelda bir emas, balki bir necha 

ёrug’lik manbalardan foydalanish bilan bartaraf etish ёki kamaytirish mumkin. 

Dastlab aks ettirilgan nurning intensivligi qiymatlari h’ar bir manba uchun aloh’ida 

h’isoblab chiqiladi, intensivlikning yakuniy qiymati ularning o’lchangan summa 

sifatida chiqariladi. Bu agar ёritish manbalari h’ar xil intensivlikka (quvvat) ega 

bo’lsa shunga mos keladi. 

43. v-rasmda uch ёritish manbai bilan taxminiy soyanur namunasi keltirilgan. 

Asosiy manba 135° azimut bo’yicha joylashgan va ikki og’irlikka (ёki quvvatga) ega. 

Boshqa ikki manba asosiy manbadan ikki tomon bo’yicha 75° burchak masofada, 

yani 210° va 60° azimutlar bo’yicha joylashgan va bir og’irlikka ega. Barcha 

manbalarning vertikal burchaklari 45° teng. Qiyalama va tik ёritish kombinatsiyasi 

odatda yaxshi natijalar beradi, bunda bir manba 135° azimutga, 45° vertikal 

burchakka, ikki og’irlikka ega, ikkinchi manba esa 90° vertikal burchakka ega, 

azimut ixtiёriy va og’irlik bir. İkkinchi manba bunday kombinatsiyada tik ёn 

bag’irlarni ularning ekspozitsiyasiga bog’liq bo’lmagan h’olda ajratib ko’rsatadi. 

Bunday parametrlari bo’lgan taxliliy soyanur namunasi 43. g-rasmda ko’rsatilgan.  

Bir necha manbalari bo’lgan modeldan foydalanilganda vazniy o’rtachalar 

h’isoblashdan tasvir kontrastligi ancha kamayishi mumkinligini h’isobga olish zarur. 

Eng so’nggi intensivlikni h’isoblashda o’zgarmas emas, balki h’ar bir nuqtada ёn 

bagir eroziyasiga bog’liq bo’lgan o’zgaruvchan og’irliklardan foydalanish h’isobiga 

soyanur sifatini yaxshilashga imkon beradigan metod mavjud. Ushbu metodning 

original variantida 225°, 180°, 135°, 90° azimutlar va 30° vertikal burchakka ega 

bo’lgan to’rt ёritish manbayidan foydalaniladi. Manbaylar og’irliklari W(i) + sin



2

 (a) 

formula bo’yicha aniqlanadi, bunda a  - burchak ёnbag’ir ekspozitsiyasi,  t (i) i - 



 

50

manba azimuti, W(i) - i - manba og’irligi. Og’irliklarning mah’alliy variatsiyasidan 



foydalanish metodi relefning mayda shakllarini yaxshi aks ettirishga imkon beradi. 

Yirik shakllar bunday ёndashuvda avvalgi metodlarga nisbatan kamroq aniq 

ifodalangan. 

Yagona  ёritish manbai h’olati relefning strukturaviy chiziqlari (tizmalar, eng 

past erlar) kartasiga muvofiq o’zgaradigan metod eng murakkab h’isoblanadi. Ushbu 

metodda avval baёn etilgan qo’lda bajariladigan soyanur metodini bevosita 

qo’llashga h’arakat qilinadi. Tah’liliy soyanurning butun jaraёni avtomatik 

bajariladigan va karta tuzuvchi ishtiroki faqat parametrlarni tanlashdan iborat bo’lgan 

avvalgi usullardan farqli ravishda ёritish manbayi azimutining mah’alliy variatsiya 

usuli karta tuzuvchidan strukturaviy chizikdar kartasini yaratishni talab qiladi. Ushbu 

bosqich h’am relefning raqamli modeli bo’yicha strukturaviy chiziqlarni qo’shish 

imkonini beradigan dasturlarni ishlab chiqish natijasida avtomatlashtirilishi mumkin. 

Baёn etilgan to’rt metodga qo’shimcha ravishda tah’liliy soyanurni yaratishda 

yana bazi qo’shimcha tasirlardan foydalaniladi. 

Havo perspektivasi tasiri. İntensivlik qiymatlarining balandlik funktsiyalari 

sifatida u ёki bu metod bilan h’isoblab chiqilgan chiziqli bo’lmagan o’zgarishlar 

h’avo perspektivasi tasirini yaratishning eng oddiy usulidir. Kichik balandliklar 

bo’lgan mintaqalar uchun tasvirlashdagi keskin farqlar kamayadi, katta balandliklarga 

ega bo’lgan mintaqalar uchun esa kuchayadi. 

 

Rangli tah’liliy soyanur. Ushbu tasirni h’osil qilish uchun turli o’zgarmas ёritish 



manbalari uchun mo’ljallangan intensivlikning uch matritsasi qizil, yashil va ko’k 

ranglardan iborat uchta rang komponentlarining intensivligi sifatida ko’rib chiqiladi, 

buning natijasida rangli rastr tasvir h’osil bo’ladi. Rangli tah’liliy soyanur relefning 

mayda shakllarini yaxshi aks ettiradi. IV ilovada bunday soyanur namunasi 

ko’rsatilgan. Manbalar azimutlari 160° (qizil komponentda), 135° (yashil 

komponentda) va 110° (ko’k komponentda)ga teng, barcha uch manbaning vertikal 

burchagi 45° ga teng. 

Keskin farqlanishning kuchayishi. Bunday tasirga h’am sirt normalini h’isoblab 

chiqishda vertikal masshtabni kattalashtirish h’isobiga, h’am rastr tasvirlarni 

tayёrlash uchun h’ar qanday dasturlar, masalan, Adobe Rhotoshor ёrdamida erishish 

mumkin. 

Tah’liliy soyanurni yaratishda metod va parametrlarni h’ar bir muayyan joy 

uchun individual tanlash lozim. Sifatni yaxshilash uchun sanab o’tilgan metodlar 

kombinatsiyasidan va qo’shimcha tasirlardan foydalanish mumkin. 

Tah’liliy soyanurni kulrang tusda tasvirlashni kartaning rangli foni bilan va 

xususan qatlamli bo’ёq bilan raqamli usulda bir qo’shish mumkin. 

Rastr piksellaridagi qiymatlar shu bilan birga rangli fonning tegishli nuqtalarida 

ёrug’likni kamayish koeffitsienti sifatida izoxlanadi (III, IV-ilovalar). 

 

III -


 

51

 



   

 

 



6-MAVZU:   KARTA VA ATLASLARNİ JİHOZLASh 

 

6.1. Kartalarni jih’ozlashning asosiy usullari 

Kartalardan foydalanish ososn bo’lishi uchun ёrdamchi elementlar (nomi, 

leganda, qo’shimcha malumotlar)dan; sheningdek, asosiykartografik tasvirning 

mazmunini boyituvchi – qushimcha mazmun beruvchi (karta – vrezka, grafieklar, 

parofil (obektning ёn ko’rinishi), matn va boshqalar) elementlardan tashkil topadi. 

Kartografik tasvir, qo’shimcha mazmun beruvchi elementlar va ёrdamchi elementlar 

Ўрта тоғ рельефини аналитик ранг қўйиш ва 

қатламли бўяш (ранг илиқлиги ва тиниқлик 

даражасининг ўзгариб бориш шкаласида)

Тоғ рельефини аналитик ранг қўйиш ва қатламли бўяш (ранглар 

шкаласида) 

IV-


 

52

bir-biri bilan bog’liq va o’zaro munosabatda bo’lib, yaxlit h’olda esa, geografik 



kartani h’osil qiladi. 

Umumiy jih’ozlashni loyih’alashtirish – muh’im vazifa h’isoblanib, karta 

loyih’asi, uning kompozitsiyasining qurilishiYubadiiylik jih’atlari o’quvchini 

diqqatini o’ziga jalb etib, kartaga bo’lgan munosabatini aniqlab beradi. Kartani 

jih’ozlashdagi  ёrdamich va qo’ushimcha elementlarining imkoniyatlari tasvir 

vositalaridan foydalanish darajasi, kartalarni yaratishning texnik va matbaa 

sharoitlari, ishlab chiqarishning texnologiyasi bilan bog’liq. 

Kartografik asarlarni jih’ozlash, ularning vazifalari va estetik jih’atdan 

bah’olash turli davrlarda o’zgarmas bo’lib kelgan. Kartalarni umumiy jih’ozlash va 

uning vazifalariga munosabatlari kartografiyaning rivojlanish bilan bog’liq o’zgaradi, 

bunda kartaga Fan ёki sanat asari jih’atidan qaralishi, texnika darajasi va h’okazo 

bo’ladi. Umuman olganda, kartani jih’ozlash orqali kartograf-rassomning 

shaxsiymunosabati h’amaks ettiriladi. 

Wrta asrlar kartografiyasining gullab-yashnagan davri XI-XVI asrlardakarta 

h’am ilm-fan, h’am  sanat darajasida bo’lib. Ko’rkam manzaralar bilan jih’ozlash 

kuzatilgan. Wyib ishlash texnikasining mukammallashuvi sharofati Bilan ramka va 

ёzuvlarning nozikligi, rasmlar badiiyligining yuqoriligi va go’zalligi, h’arbiy ёki 

h’aёtiyligi vaboshqa manzaralar ajratilardi. Wsha davrning taniqli rassomlari Albrext 

Dyurer, Gans Golbeyn, Leonardo da Vinchining kartalarni bezashda ishtiroki 

kartografik asarlarni asl sanat asariga aylanishiga sabab bo’ldi (44 –rasm). 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

44-ðàñì. 1701 éèëäà ÷îï ýòèëãàí «×åðò¸æíàÿ êíèãà 



Ñèáèðè» 

 

53

Karta tashqi ko’rinishidagi rangli ёzuvlar, dekorativ ramkalar, badiiy suratlar 



oddiy kartografik tasvirni bo’g’ib qo’yardi. Tashqi bezaklarning xarakterli tomoni 

badiiy elementlarni karta ramkasi ichida joylashtirilgandi. Ular kartaning malumotga 

egabo’lmagan bo’sh joylarni to’ldirib, shu Bilan kartaning umumiy kompozitsion 

ko’rinishini boyitgandir. 

Kartaga texnik vosita sifatida boqish, shuningdek XIX asrda kartani 

ko’paytirish, fotografiya, bosma bo’ёqlar karta tabog’ini ko’paytirish, ishlab 

chiqarishning arzonlashuvi qimmatbah’o va yirik bezaklarning yo’qolishiga olib 

keldi (45- rasm). 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

XIX asr oxiri XX asrning boshida dengiz vah’arbiy kartografiyaning tez suratlarda 

o’sib borishi natijasida kartaga tushirilaёtgan h’ududning aniq geometrik tasvirini 

karta mazmuniga ko’ra izoh’lashga talab ortdi. Tashqi ko’rinish, bezaklar bilan 

jih’ozlashga bo’lgan qiziqish keskin susaydi va uzoq davr mobaynida kartalar tashqi 

ko’rinishi oddiy va standart ko’rinishga ega bo’lib qoldi. 

Oxir-oqibat, zamonaviy bosqichda tematik va kompleks kartografiyaning 

rivojlanishi umumiy jih’ozlashning yangi vazifalariga ega bo’ldi. 

Kartaning tashqi ko’rinishi foydalanuvchi bilan h’amjih’at bo’lishi, karta bilan 

ishlashda qulaylik yaratish, foydali va maqsadga muvofiq bo’lishi kerak. 

Turli xildagi kartografik asarlarni jih’ozlash vazifalari va xususiyatlariga: asarning 

xarakteri - aloh’ida karta, kartalar turkumi, atlas; tematik (mavzuli) turi, tegishliligi 

(xalq xo’jaligi, boshqaruv, ilm-fan, madanit, maorif va boshqalar uchun); 

foydalanilishigar ko’ra - kameral - xonaki (stolda, devoriy kartalar) ёki dalada ishlash 

uchun; foydalanuvchining tayёrgarlik darajasi tasir ko’rsatadi. 

Kartalar turkumini jih’ozlash birmuncha murakkab masaladir. Har bir kartani 

jih’ozlash orqali uning o’ziga xos mavzu, shu bilan birga turkumdagi umumiy 

g’oyasi, o’zaro aloqadorligi, kartalarni solishtirish va turkumning yagona 

maqsadlarini ko’rsatish zarur. 

Atlaslarni jih’ozlashning vazifasi umumiy dastur bo’yicha bajarilgan, yagona 

maqsadlardagi geografik kartalarni tartibga solib, jamlashdan iborat. 

45-ðàñì. XIX àñð êàðòàñèíè áàäèèé 

øðèôòëàðäàí ôîéäàëàíèá æèõàäëàø

 


 

54

Yirik va o’rta masshtabdagi (topografik va malumotli - topografik) kartalar bir xil 



ko’rinishda jih’ozlanib, tegishli yo’riqnoma va qo’llanma bilan taminlanadi. Ular 

o’zgarmas bo’lib qolmay, balki doimo takomillashtiriladi. Mayda masshtabli kartalar 

tasvirlash vositalari va kompozitsiya usullarini ishlatishda ancha erkindir, biroq bu 

kartalarning tashqi ko’rinishini jih’ozlash elementlar to’plami mavzuli 

kartalarnikidan uncha ko’p emas. Umumgeografik kartalarning umumiy jih’ozlash 

elementlari odatda standart bo’ladi - bu kartaning nomi, ramkasi, soddaroq legenda, 

qisqa izoh’li ёzuvlar (masshtabi, bazi tashqi malumotlar). Umumgeografik atlaslarni 

jih’ozlash yanada lo’nda ko’rsatiladi, chunki legenda ayrim kartalarning umumiy 

kompozitsiyasiga kiritilmay, atlasdagi barcha kartalar uchun foydalaniladigan shartli 

belgilar ko’rinishida aloh’ida varaqda beriladi. 

Mavzuli kartalar xilma-xil bo’lib, bazilarini jih’ozlashda murakkab kompozitsiya 

va tasviriy vositalardan foydalaniladi. Zamonaviy tematik kartalar turli xil 

diagramma, grafik, karta vrezka, fotosurat, surat va boshqa illyustratsiya kabi 

qo’shimcha elementlar bilan boyitiladi. 

K. A. Salishev (1982 y.) qanday maqsadda foydalanilishga ko’ra kartalar 

klassifikaiiyasini 2 asosiy guruh’ga ajratadi: 

1.

 

xalq xo’jaligi va boshqaruv uchun mo’ljallangan kartalar; 



2.

 

maorif, fan va madaniyat uchun mo’ljallangan kartalar. 



Birinchi guruh’ kartalari badiiy jih’atdan jih’ozlanmasdan, tasvirning aniq va 

ravshan bo’lishini talab etadi. 

İkkinchi guruh’ kartalaridan keng omma foydalanishi sababli (ilmiy xodim, 

yuqori malakali mutaxassisdan to boshlang’ich sinf o’quvchilarigacha) bunday 

kartalarda badiiy kompozitsiya usullaridan foydalanish taqozo etiladi. Aloh’ida 

guruh’ kartalarni (boshlang’ich, o’rta, oliy maktablar uchun o’quv kartalari, ilmiy-

spravochniklar, madaniy-oqartuv, turistik va h’.k.) jih’ozlashning o’ziga xos 

spetsifikasi va maxsus uslubi mavjud. 

 

6.2. Kartalarni jih’ozlashning umumiy elementlari 



Jih’ozlashning asosiy elementlariga: kartaning nomi, ramkasi (ichki va tashqi), 

legendasi, qo’shimcha kartalar (karta-vrezkalar), diagramma, grafik, profil, fotosurat, 

badiiy surat va boshqalar; izoxdi matn (masshtab ko’rsatkichi, tashqi malumotlar va 

h’.k.), kartaning h’oshiyasiga taalluqlidir. Formatni loyih’alash, muqovani tanlash, 

muqovaning badiiy kompozitsiyasi, super-muqova, forzats, atlas va bo’limlarining 

titul varag’ini samarali joylashtirish - atlaslarni jih’ozlashning maxsus shakl va 

usullaridir. 

Quyida kartografik tasvirga taalluqli ayrim tashqi jih’ozlash elementlarining 

oqilona joylashtirilish usullarini ko’rib chiqamiz. 

Kartaning nomi - o’quvchining birinchi navbatda etiborini qaratuvchi, mazmunni 

to’ldiruvchi element. Shu sababdan, ishlatiladigan shriftning o’lchami, surati, 

shuningdek, karta nomi aniq, ko’rgazmali va estetik jih’atdan qulay joylashtirilishi 

lozim. Kartaning nomi yuqori ramkaga simmetrik h’olda ёki chap burchakda, 

shuningdek umumiy ramkaning ichki qismida bo’lishi mumkin, bazan u maxsus 

qo’shimcha ramka bilan ajratib ko’rsatiladi (46-rasm). 

 


 

55

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

Stolda foydalanish uchun mo’ljallangan kartalarda ancha ingichka va shaf-fof 

rasmli akademik turdagi shriftlardan foydalaniladi. Bunday kartalar nomining 

o’lchami o’rtacha formatdagi karta varag’ida 2—5 mm gacha bo’ladi. Devoriy 

kartalarda yirik o’lchamdagi badiiy shrift ishlatiladi. Shrift o’lchami karta formati va 

masofadan o’qilishni xisobga olgan h’olda tanlanadi. Odatda, devoriy kartalarda 

shrift balandligi 3—5 sm ni tashkil etadi (47-rasm). 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

Ramkalar kartografik tasvirni va kartadagi qo’shimcha elementlarni chegaralaydi. 



Ramka shakli to’g’ri burchakli, aylana, oval, trapetsiya va boshqacha bo’lishi 

mumkin. Ramkalar ichki va tashqiga ajratiladi. 

46-ðàñì. Êàðòàëàðãà ¸çóâëàðíè æîéëàøòèðèø õèëëàðè

 

47-ðàñì. Кàðòà íîìèíè êûðñàòèøäà 



ôîéäàëàíèëàäèãàí

 

áàäèé øðèôòëàð.



 


Download 422.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling