A. V. Umarov, G’. I. Muxamedov, X. O. Qo’chqorov // Polimerli kompozit materiallar fizikasi


-rasm. Potensiometrik titrlash bog’lanishlari IKM (1) va IKM bilan


Download 6.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/134
Sana20.11.2023
Hajmi6.9 Mb.
#1788612
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   134
Bog'liq
Polimer kompozitlar fizikasi

2.13-rasm. Potensiometrik titrlash bog’lanishlari IKM (1) va IKM bilan 
fosfogips aralashmasi (2), aralashmada fosfogips konsentratsiyasi 0,7 massa 
foiz, IKM -0,0025 asosmol/litr 
X chizma 


94 
XI chizma 
 
bu yerda 
IKM va MFS dan tashkil topgan ozod soha 
- fosfogips zarralari.
KMS xossalarini yaxshilash maqsadida kompozitlarga poli-
dispersli qum kiritiladi. Qum makromolekulalar bilan kimyoviy 
ta‘sirlashmaydigan to‘ldiruvchi vazifasini o‘taydi. Bundan kelib 
chiqadiki, IKM - MFS va qum bilan fosfogips o‘rtasida reaksiya 
parallel amalga oshiriladi. Shu tufayli IKM - MFS, fosfogips va 
qum bo‘lgan sistemada har uchta komponentani ichiga olgan 
murakkab kompleks zarralar XII chizmadagi kabi yuzaga keladi.
XII chizma 
bu yerda 
– 
IPK, 
– fosforgips zarrasi, 
– 
qum. 


95 
Interpolimer kompozit materiallardagi zarralarda ro‘y 
beradigan IKM-MFS va fosfogipsni fosforli guruhlari o‘rtasida 
vodorod bog‘lari hosil bo‘lishiga olib keluvchi polikompleks zar-
ralarini yuzaga keltiradigan muvozanatli assotsiatsiya reaksiya-
larini qarab o‘tilishi bilan bir qatorda, o‘rganilgan sistemalarni 
birgalikda ko‘rib chiqilishi fosfogips zarralari bilan MFS ta‘sir-
larini ta‘vsiflashga imkon yaratadi va hosil bo‘ladigan IKM 
tuzilishi haqida eng umumiy xulosalar qilishga yordam beradi.
IKM tuzilmasida MFS ni ozmi ko‘pmi cho‘zilgan halqa va 
dumlari bo‘lib, ular ozod bo‘g‘inlarni va fosfogips sirtida joy-
lashgan fosfogips guruhlari bilan vodorod bog‘lari hosil qiluvchi 
o‘rtasida qumi bor fosfogipslardan iborat ketma-ketlikni o‘z 
ichiga olgan.
Agar yuqorida ifodalangan hodisalarni, makromolekulalarni 
kolloid zarralar bilan ta‘sirini o‘rganishda qabul qilingan holatdan 
turib qaralsa, kolloid sistemani barqarorlashtiruvchi holat 
fosfogips zarralari bilan MFS qisqa zanjirlari ta‘sirlaridan kelib 
chiqadi deb tasdiqlash mumkin. 
Kuzatilayotgan hodisalar yaxshi va sodda holda polimerni 
kolloid zarralari bilan ta‘sirlashuvini kimyoviy komplementar 
makromolekulalar orasidagi reaksiya vaziyatidan qarash doira-
sida tushuntirilishi mumkin. 
Kompozit morfologik tuzilmalari va ularni tashkil etuvchi 
komponentlarni shakllanishini optik mikroskop usuli yordamida 
o‘rganilgan. 
Mochevinoformaldegidli smola qotgandan keyin ko‘plab 
darzlari bo‘lganda yuqori mo‘rtlikni namoyon qiladi. Buni poli-
merdagi disperslangan va u bilan kimyoviy bog‘lanmagan suvni 
xona haroratida asta-sekin bug‘lana boshlashi natijasida material 
darzlanishi ro‘y beradi deb tushunish mumkin. 


96 
IPK va IPK-MFS aralashmalari morfologiyasini o‘rganish 
natijalari ko‘rsatadiki, MFS kimyoviy tuzulishi va birinchi 
navbatda ularda interpolimerli o‘zaro ta‘sirlashish qobilyatini 
belgilovchi aminoguruhlar miqdori MFS tuzilmasiga kuchli ta‘sir 
qiladi. 
KMS bir jinsli matritsa hisoblanadi. Unga botirilgan alohida 
simmetrik zarralar esa, MFS polikondensatsiyalanishi natijasida 
hosil bo‘lgan dispers fazani ifodalaydi. 
Shunday qilib, IPK KMS-MFS polikondensatsiya maxsu-
lotlari mikrogeterogen fazali sistemasini, yoki kompozitni vakili 
bo‘lib, unda KMS uzluksiz faza, MFS dispers faza vazifasini 
bajaradi. To‘ldiruvchining polimerlarga ta‘siri o‘ta ko‘p qirrali va 
murakkab bo‘ladi. To‘ldiruvchi kiritilgan polimerni kimyoviy, 
termodinamik, kinetik, tuzilmaviy, mexanik, fizik xossalari 
o‘zgarishida to‘ldiruvchining o‘rni yaqqol ko‘rinadi. IPK – MFS 
asosida olingan kompozitga fosfogips (10-15%) kiritilishi ancha 
tekis va mukammallashgan tuzilmaga olib keladi, bu holat 
birinchidan fosfogips zarralari o‘zini tuzilmalantiruvchi sun‘iy 
zaryadli- markaz sifatida namoyon qilishi bo‘lsa, ikinchidan 
uzliksiz faza – matritsadagi ozod suvni fosfoyarimgidrat bilan 
bog‘lanishi evaziga material tuzilmasi ancha yaxshilanadi. 
Uchinchidan, fosfogips tarkibida fosforli, oltingugurtli, krem-
neftorvodorodli kislotalarni bo‘lishi uni kislotali xarakterini 
ortiqcha MFSlarni qotish jarayoniga kattalizator sifatidagi ta‘si-
ridir. To‘rtinchidan, fosfoyarimgidratni xuddi gidravlik to‘quv-
chi kabi gidratlanishi tufayli bo‘ladi. 
Bundan tashqari ortiqcha MFSni fosfogips bilan o‘ziga xos 
ta‘siri tufayli yirik g‘ovaklar soni kamayadi (darzlar to‘la 
yo‘qoladi).


97 
MFS makromolekulasida ikkita juftlashmagan elektronli azot 
atomlari va fosfogips tarkibida kaltsiy kationlari mavjudligi 
molekulalararo ta‘sirni kuchaytirib, bir jinsli, yaxshi moslashgan 
kompozit olish uchun imkon beradi.
Kompozit tuzilmasi qo‘shimcha to‘ldiruvchi, ya‘ni qum bilan 
to‘ldirilganda (massalar foizi 35) sezilarli darajadagi nuqsonsiz
yetarlicha mustahkam, bir jinsli tuzilmaga ega bo‘linadi. 
Namuna sirti silliqligi monolit tarzda ko‘rinadi va unda 
zarralar taqsimoti (qum) xuddi tosh terilgan sirtni eslatadi. 
Zarralar o‘zaro matritsa eritmasi bilan bog‘langan bo‘lib, sirtda 
alohida 0.2–0.02 mm o‘lchamli g‘ovaklar ko‘rinib turadi.
Interpolimer kompozitlarni nisbatan qisqa davrdagi intensiv 
tadqiqotlarida aniqlangan o‘ziga xos xususiyatlari ularni amaliy 
qo‘llanish masalalariga e‘tiborni yanada kuchaytirib yubordi.

Download 6.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling