A. V. Umarov, G’. I. Muxamedov, X. O. Qo’chqorov // Polimerli kompozit materiallar fizikasi
Download 3.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Polimer kompozitlar fizikasi-Umarov compressed
A = ᴧ V
bu yerda A, V – vektor kattaliklar, ᴧ - ko‘chirish koeffitsiyenti yoki materialning boshqa fizik parametri. 6.1–jadvalning 2 va 4 ustunlarida bunday turdagi tenglamalar keltirilgan. Ular j qi –issiqlik oqimini va ∇T i – harorat gradiyentini, j ei – elektr oqimini va D i – elektr induktsiyani, i – elektr maydon kuchlanganligini va V i – magnit induktsiyani, j mi – massa oqimini va ∇C i – kontsentratsiya gradiyentini, va h.k.. 247 Demak, geterogen sistemalarning issiqlik o‘tkazuvchanligini λ, elektr o‘tkazuvchanligini ζ, magnit singdiruvchanligini µ, diffuzi- yasini D va boshqa bir qator fizik parametrlarini aniqlash umumlashgan o‘tkazuvchanlik koeffitsiyenti deb nomlanuvchi ᴧ koeffitsiyentni aniqlashga olib kelar ekan. Agarda hodisaning ma‘lumotlarini tavsiflovchi bir xillik shartlari va tenglamalar bir xil ko‘rinishga ega bo‘lsa, koeffitsiyent ᴧ tuzilishi bir xil bo‘ladi. Ya‘ni masalan, kompozitning elektr o‘tkazuvchanligini hisoblash formulasidagi mos fizik parametrlarni almashtirib, uning issiqlik o‘tkazuvchanlik formulasini olish mumkin. Kritik sohadan tashqarida effektiv muhit nazariyasining turli formulalarini qo‘llash yetarlicha samarali bo‘ladi. Bu formula- larni chiqarishda, metal va dielektrik ―donachalari‖, yaxlit kompozit uchun haqiqiy qiymatiga mos keluvchi solishtirma o‘tkazuvchanlikli bir jinsli ―samarali muhit‖ga tushirilgan deb faraz qilinadi. Effektiv muhit nazariyasida ikki- va uch o‘lchovli sistemalar uchun q 2 =t 2 =q 3 =t 3 =1. Landauer-Bruggeman formulasi effektiv muhit nazariyasining ancha qulay formulasi hisoblanadi: 0 ) 1 ( x x Д Д H H Kompozit xossalarini hisoblovchi ko‘plab formulalar mavjud. Masalan, statistik aralashmalar uchun Odelevskiy formulasi: 2 16 ) 1 3 ( ) 1 3 ( 4 ) 1 3 ( ) 1 3 ( н 2 н н н н V V V V Bu yerda V H, V D - birlik ulushlardagi to‘ldiruvchi va dielektrikning hajmiy kontsentratsiyalari, ρ – aralashmaning solishtirma hajmiy elektr qarshiligi, ρ n, ρ d – to‘ldiruvchi va dielektrikning solishtirma hajmiy elektr qarshiligi. Formuladagi 248 ρ n, ρ d lar almashtirilishi mumkin, masalan: aralashmaning issiqlik o‘tkazuvchanligi λ ni hisoblash uchun to‘ldiruvchining va dielektrikning issiqlik o‘tkazuvchanlik kattaliklariga almashtirish yetarli bo‘ladi. Download 3.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling