266
Fragment – (lotinchadan fragmentum- bo‘lak, qism) –
butunning biror – bir qismi yoki bo‘lagi.
Gel hosil bo’lishi (jelatinlash, ilvirlamoq) – polikon-
densatsiya yoki polimerlanishni erimaydigan mahsulotlari. Gellar
– eritmalarda bo‘kib, choklangan
chiziqli polimerlar va
polimerlar eritmalari bo‘lib, ular kimyoviy yoki vodorod bog‘lar
bilan barqarorlashgan fazoviy molekulyar to‘rlar hosil bo‘lishi
evaziga o‘z oquvchanligini yo‘qotgan bo‘ladi. Reaksiyalanuvchi
aralashmaning o‘sib bo‘ruvchi polimer
zanjirlarini choklanishi
natijasida o‘z oquvchanligini yo‘qotgan vaqti gel hosil bo‘lish
nuqtasi yoki gel-nuqta deyiladi.
Gelkout – dekorativ – himoyalovchi qoplama. Kompozit
sirtiga,
uni atrof-muhit, ultrabinafsha ta‘sirlardan himoya qilish
va unga dekorativ xossalar berish uchun qoplanadi. To‘yinmagan
poliefir smolalarga asoslangan
gelkoutlar eng istiqbolli
hisoblanadi.
Gidrofil – moddaning suv bilan molekulalar o‘zaro ta‘sir
intensivligining xarakteristikasi,
suvni shimib olish qobilyati,
shuningdek suv bilan sirtlarning yuqori ho‘llash.
Gidrofob – suv bilan tutashuv bo‘lmaslikka ―intiluvchi‖
molekulaning fizik xossasi. Ushbu holatda molekula gidrofob
deyiladi.
Gidrogel – gidrofil makromolekula
asosdagi kimyoviy
polimer bo‘lib, suvda va suvli eritmalarda muvozanatli va qaytar
bo‘kish qobiliyatiga ega.
Globula – o‘lchamlari <10-15 nm va fazoviy to‘rni kichik
zichlikdagi sohalari bilan ajragan ustmolekula. Bo‘g‘inlar
konsentratsiyalarining fluktuatsiyasi kichik bo‘lgan polimer
zanjir holati (konformatsiyalar to‘plami).
Do'stlaringiz bilan baham: