264
GLOSSARY
Adgeziya – (lotinchadan ―adhaesio‖ –
tortishish, ulashish,
yopishish) turli xil sirtlar tutashuvga keltirilganda
sirtiy kuchlar
yoki boshqa bog‘lanish mexanizmlari hisobiga ularni yopishish
hodisasi.
Aglomerat – (kimyoda) – (inglizchadan ―agglomerate‖- bir –
biriga yig‘ilgan, jamlangan ma‘nolarini anglatadi) – bir-biri bilan
mustahkam bog‘langan zarrachalar majmui.
Aglomerat – (metallurgiyada) –
aglomeratsiya jarayonida
olingan, yaxlitlangan rudali konsentrat.
Aglomeratsiya – lotinchadan ―agglomero‖ – birlashtiraman,
qo‘shib olaman ma‘nolarini bildiradi.
Agregat - (lotinchadan ―aggregatus‖
birikkan, yig‘ilgan) -
sistema yoki uning qismini hosil qiluvchi elementlar jamlanmasi,
tashkil etuvchisi.
Agregirlanish – (lotincha aggregation – qo‘shilish) –
elementlarning bir sistema(tizim)ga birlashtirish jarayoni.
Ajratuvchi tarkib (antiadgezion material) – buyum va shakl
hosil qiluvchi uskuna (matritsa) sirti orasida adgeziyani oldini
olish uchun matritsa sirtiga qoplanadigan modda.
Amorfli galo – suyuqlik rentgenogrammasida
bir yoki bir
nechta keng halqalar mavjud. Bunday keng halqa odatda amorfli
galo deyiladi.
Antipirenlar – (yunonchadan ―anti‖ – qarama-qarshi ta‘sirni
bildiruvchi qo‘shimcha va rug – olov), (yonish ingibitorlari), or-
ganik birikmalarning (yog‘och, plastmassa, matolar)
yonuv-
chanligini kamaytiruvchi moddalar.
Do'stlaringiz bilan baham: