267
Indentor – (inglizchadan indenter yoki indent – bosmoq)
o‘rganilayotgan materialni siquvda qattiqligini o‘lchash uchun
asbob elementi.
Ingibitorlar
– (lotinchadan inhibeo – to‘xtataman,
ushlayman ma‘noga ega). Kimyoviy
reaksiyalarni sekinlatuvchi
modda. Faol markazlar yoki faol zarralar ishtirokida kechadigan
zanjir yoki katalitik reaksiyalar uchun
ingibirlash xarakterli
sanaladi. Ingibitor katalizatorlar faol markazlariga to‘siq bo‘lib
xizmat qiladi.
Initsiyator (katalizator, qotiruvchi) – to‘yinmagan, poliefir
smolaning polimerlanish reaksiyasini qo‘zg‘atuvchi modda.
Izoftal smola – izoftal kislota asosidagi to‘yinmagan poliefir
smola. Ushbu smola asosida tayyorlangan shishaplastik kam suv
yutishga, yuqori mexanik xossalarga
va kimyoviy barqarorlikka
ega.
Kalandr – (fransuzchadan – ―calandre‖, yunonchadan
―kolibdosvalik‖, g‘o‘la ) - aylanuvchi
vallar orasidan polimer
yoki qog‘ozni uzluksiz tarzda shakllantiruvchi uskuna.
Kalandrlash – kalandrda materiallarni (mato, qog‘oz, rezina)
qayta ishlash jarayoni.
Kislorod indeksi – yonishni
saqlab turish uchun zarur
bo‘lgan kislorodni minimal kontsentratsiyasi.
Klaster – o‘lchami bir nanometr va undan kichikroq zarralar
uyumi klaster hisoblanadi. Shingil, uyum, to‘plam ma‘nosini
bildiradi.
Klubkosimon harakatga to’sqinlik – chigallashgan yoki
chalkashgan o‘rama holat.
KMS – (karboksimetiltsellyuloza) –
sellyuloza hosilasi,
undagi
karboksilmetil
guruhi
(-CH
2
-COOH)
glyukozali
monomerlarning gidroksil guruhlari birikadi. Kuchsiz kislota,
rangsiz.
Koagulyatsiya - (lotinchadan ―coagulatio‖ –
birlashish,
quyiqlashish, yiriklashish) – mayda disperterlangan zarralarning
o‘lchami yirikroq bo‘lgan agregatlarga birlashishi.