A. V. Umarov, G’. I. Muxamedov, X. O. Qo’chqorov // Polimerli kompozit materiallar fizikasi


Lateks  –  yuqorimolekulyar  birikmalar  asosidagi  nanoo‘lchamli dispers fazalar.  Matritsa (bog’lovchi)


Download 3.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/134
Sana14.11.2023
Hajmi3.62 Mb.
#1772466
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   134
Bog'liq
Polimer kompozitlar fizikasi-Umarov compressed

Lateks 
– 
yuqorimolekulyar 
birikmalar 
asosidagi 
nanoo‘lchamli dispers fazalar. 
Matritsa (bog’lovchi) – material butunligini va to‘ldiruvchi 
zarrasi yoki diskret elementlarni bog‘liqlikda bo‘lishini 
ta‘minlovchi uzluksiz faza. Matritsa tashqi muhitdan to‘ldiruv-
chini himoya qilish bilan birga, to‘ldiruvchi elementlari o‘rtasida 
kuchlanishni taqsimlanishiga va uzatishga xizmat qiladi. 
Matritsa (shakl) shakl hosil qiluvchi uskuna, shisha-
plastikdan tayyorlangan buyumlardan yoki sun‘iy toshdan 
tayyorlangan quymalarga shakl berish uchun ishlatiladi. 
Metiletilketon peroksidi – (MEKP) sovuq qotishdagi 
poliefir smolalar polimerlanishining asosiy boshlab beruvchisi 
(initsiatori). 
Mochevina (karbamid) kimyoviy birikma, ko‘mir kislota 
deyiladi. Oq kristallar ko‘rinishida, qutbli erituvchilarda eriydi. 
(suvda, etanol, suyuq ammiakda) 
Modifitsirlangan 
– 
turlanmoq, o‘zgarmoq, boshqa 
ko‘rinishga, shaklga kelmoq, kirmoq. 
Molekulyar dasta usuli – vakuumda yuqori harorat ta‘sirida 
manbadan uchib chiqadigan atom va molekulalar yoki ularning 
klasterlari maxsus tayyorlangan taglikda kondensatsiyalanishi 
asosida nanozarralar va tuzilma shakllanadi. 
Morfologiya (nanostrukturalar morfologiyasi) – nanostruk-
turalarning umumiy xarakteristikasi bo‘lib, o‘z ichiga ularning 
o‘lchami, shakli va fazoviy tuzilishini oladi.
Mul’ch – chirindi, somon. 
Mul’chlangan – (ingliz tilida ―mulch‖) – chirindi yoki 
somon bilan o‘ram, qoplam, bug‘lanishdan, muzlashdan himo-
yalash uchun. 
Mul’chqatlam – sirt qoplama bo‘lib, sirtni himoyalash va 
xossalarini yaxshilash uchun ishlatiladi. Tuproq sirtini qoplovchi 
materiallar. Organik mulchlar: o‘rilgan o‘t, poxol, somon, 
barglar, daraxt qobig‘i, qipiq, kesilgan qog‘oz va karton. 
Noorganik mulchlar: kesilgan rezina, plastik, tosh, qum. So‘nggi 


270 
vaqtlarda geotekstil va boshqa noto‘qima materillardan ham 
foydalaniladi. Ular polipropilen tolalardan tayyor bo‘ladi. 

Download 3.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling