Nanomaterial o’lchami – nanomateriallar o‘lchamlari
bo‘yicha 0–o‘lchamli (nanozarralar, kvant nuqtalar klasterlar), 1-
o‘lchamli (nanonaylar, nanotolalar, makromolekulalar), 2-o‘l-
chamli (nanopardalar, mul‘tinanoqatlamlar, nanomembranalar),
3-o‘lchamli (nanog‘ovaklar, nanonuqsonlar, hajmiy nanostruktu-
rali nanokompozitlar) guruhlarga bo‘linadi.
Nostexiometriya – stexiometriya qoidalari bilan aniqlanadi-
gan munosabatlardan kimyoviy birikma komponentlari orasidagi
miqdoriy munosabatlarni chetlanishi.
O’rash usuli – aylanma jism shakliga ega bo‘lgan yarim
mahsulotlar, buyumlarni tayyorlashda keng qo‘llaniladi.
O’tqizish (usadka) – poliefir smolaning yoki u asosida
tayyorlangan kompozit materialning polimerlanish reaksiyasi
boshlanishidan oldin va polimerlanish yakunlangandan keyin o‘l-
changan, namuna yoki buyum o‘lchamlarining nisbiy o‘zgarishi.
Oligomerlar – molekulyar massa qiymati bo‘yicha mono-
merlar va yuqori molekulyar birikmalar orasidagi sohani egallab
turadigan, gomologik qatorlar a‘zolari sanaladi. Oligomerlarni,
asosan zanjir o‘sishi cheklangan sharoitlarda yuzaga keladigan,
polimerlanish yoki polikondensatsiya bilan olinadi. Bu jarayonlar
oligomerlanish deyiladi. Oligomerlarga ko‘plab sintetik smolalar
(alkidli, fenol-formaldegidli, epoksidli va boshqalar), suyuq kau-
chuklar, sintetik motor yonilg‘ilar, moylovchi yog‘lar va
boshqalar.
Organoplastiklar – plastmassalar bo‘lib, asosan, matolar,
qog‘ozlar, iplar yoki eshma iplar ko‘rinishidagi sintetik tolalar
bilan armirlangan bo‘ladi. Organoplastiklarni buyumlarga qayta
ishlash, xuddi shishaplastiklar kabi bo‘ladi. Avia – va avtomobil-
sozlikda va elektrotexnikada konstruktsion radiotexnik material
hisoblanadi.
271
Do'stlaringiz bilan baham: |