Kolloid sistema – tarkibida nanozarrachalar bo‘lgan eritma
bo‘lib, unda erituvchi – dispers muhit, nanozarrachalar dispers
faza hisoblanadi.
Komplementar makromolekulalar (biokimyo) – bir-birini
to‘ldiruvchi
tuzilmalar
(makromolekulalar,
molekulalar,
radikallar) bog‘lanishini ta‘minlovchi va ularning kimyoviy
xossalari bilan aniqlanuvchi, o‘zaro mos kelishi.
Kompozit material (kompozit material, kompozit) – ikki
yoki undan ko‘p komponentalardan tuzilgan material bo‘lib,
berilgan taqsimotdagi mustahkamlovchi (shisha tolalar, uglerodli
tolalar, zarrachalar va boshqalar) bilan to‘ldirilgan polimer asos
(poliefir smola, epoksid smola) ni tashkil qiladi. Bu holatda
kompozitni tashkil qiluvchilarning individual xossalaridan
samarali foydalaniladi. Kompozit xossalari alohida komponent-
larning xossalariga nisbatan yuqori sifatga ega bo‘ladi.
Kontakt qoliplash usuli – bo‘yra, kanopdan to‘qilgan mato,
ya‘ni xolst, kigiz, qog‘oz ko‘rinishidagi rulon to‘ldiruvchilardan
foydalanib, sovuq qotiruvchi poliefir va epoksid bog‘lovchilarni
qo‘llab, detallar tayyorlashda ishlatiladigan usul.
Korrelyatsiya – (lotinchadan correlatio – munosabat) fan va
texnikaning turli sohalarida qo‘llaniladigan atama bo‘lib,
tushunchalarni, predmetlarni, funksiyalarni, o‘zaro bir-biriga
bog‘liqligi, o‘zaro moslikka egaligini belgilash uchun qo‘llani-
ladi, ya‘ni o‘zaro munosabatdorlik, bog‘langanlik.
Korroziya – (lotinchadan corrosio – yemirilish) kimyoviy
yoki fizik ta‘sir natijasida materialning buzilish jarayoni.
Lamellar – bukiluvchan zanjirlarni ma‘lum qalinlikda
qatlangan va kristallangan tuzilishi.
Laminat – qotishga ulgurmagan poliefir smoladan va
to‘ldiruvchidan tashkil topgan ho‘l shishaplastik.
Lateks – (kauchuk) (inglizchadan – latex, nemischadan –
latexm, Kaut – Schukmilchf) – suvli eritmada dispers polimer
zarralar emulsiyalarining umumiy nomi.
269
Do'stlaringiz bilan baham: |