A. X. Rasijlov, K. G. Baxadirov materialshunoslik va konstruksion


Metallokeramik qattiq qotishmalar


Download 6.21 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/147
Sana17.11.2023
Hajmi6.21 Mb.
#1782616
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   147
Bog'liq
Nurmurodov S.D. Materialshunoslik va konstruksion materiallar texnologiyasi

Metallokeramik qattiq qotishmalar. Metallokeramik qattiq 
qotishmalar asbobsozlik materiallari jumlasiga kiradi, ulardan metall 
va qotishmalami kesib ishlashda, shuningdek, bosim bilan ishlashda 
(sim kiryalash, shtamplash, kalibrlash va boshqalarda) foydalaniladi.
69


Metallokeramik qattiq qotishmalar xilma-xil keramika materiallarini 
ishlashda, burg‘ilash ishlarida va texnikaning bir qator boshqa 
sohalarida ham keng ko‘lamda ishlatiladi.
Metallokeramik qattiq qotishmalaming asosiy tarkibiy qismini bir 
yoki undan ortiq karbid tashkil etadi. Qattiq qotishmalar tayyorlashda 
ishlatiladigan karbidlar qiyin suyuqlanuvchi metallar-volfram, titan va 
tantalning uglerod bilan hosil qilgan kimyoviy birikmalari bo‘lib, 
nihoyatda qattiq, normal haroratda kislota va ishqorlar ta’siriga juda 
chidamli moddalardir.
Volfram karbidi olish uchun volframning mayin kukuni hosil 
qilinadi, bu kukunga qurum qo‘shib aralashtiriladi-da, aralashma 
elektr pechda H
2
yoki CO muhitida 1350-1400°C gacha qizdiriladi, 
natijada volfram karbidi yuzaga keladi.
Volframli qattiq qotishma tayyorlash uchun volfram karbidi 
kukuni bilan kobalt kukuni sharli tegirmonda bir sutka chamasi 
aralashtiriladi va hosil bo‘lgan aralashma sintetik kauchukning 
benzindagi eritmasida qoriladi. Qorishma qurigandan keyin tegishli 
shakldagi press qolipda 10-40 kG/mm
2
(100-400 MH/m2) bosim 
ostida presslanadi. Presslash natijasida hosil bo‘lgan massa 1400°C 
haroratda 
2
soat davomida qizdirish yo‘li bilan qovushtiriladi (pishi­
riladi). Qizdirish natijasida qotishma 25% gacha kirishib, nihoyatda 
qattiq b o iib qoladi. Bunday qattiq qotishmaning strukturasi kobalt 
vositasida mustahkam boiangan volfram karbididan iborat boiadi
binobarin, kobalt elementi volfram karbidi donalarini bir-biriga 
bogiovchi material vazifasini o ‘taydi.
Titan-volframli qattiq qotishma ham xuddi yuqoridagi kabi 
tartibda tayyorlanadi, ammo farq faqat shundan iboratki, titan- 
volframli qotishma presslangandan keyin 1500°C da 1-3 soat 
davomida qizdirish y o ii bilan qovushtiriladi (pishiriladi). Titan- 
volframli qattiq qotishma tayyorlashda tantal karbidi ham qo‘shilsa, 
qotishmaning oksidlanmaslik xossasi, puxtaligi, yeyilishga chidam­
liligi va boshqa xossalari ortadi.
Metallokeramik qattiq qotishmalarni kesuvchi asboblar bilan 
ishlab boim aydi, shuning uchun ular har xil oicham li va shaklli, 
shuningdek, ko‘p qirrali (ko‘p yoqli), old yuzasi yassi va qirindi 
chiqaravchi ariqchali plastinalar tarzida tayyorlanib, bu plastinalar 
kesuvchi asboblaming kallagiga mexanik usulda yoki kavsharlash 
y o ii bilan mahkamlanadi. Mexanik usulda mahkamlanadigan
70


plastinalarda maxsus teshiklar boiadi. Kallakka mahkamlangan bu 
plastina asbobning kesuvchi qismi (tig i) boiadi.
Metallokeramik qattiq qotishmalar uch guruhga: bir karbidli 
(volframli), ikki karbidli (volfram-titanli), uch karbidli (volfram-titan- 
tantalli) qattiq qotishma guruhlariga boiinadi. Birinchi guruhni 
volfram karbidi bilan kobaltdan, ikkinchi guruhni titan karbidi, 
volfram karbidi bilan kobaltdan, uchinchi guruhni esa titan karbidi, 
tantal karbidi, volfram karbidi va kobaltdan iborat qotishmalar tashkil 
etadi. Birinchi guruh metallokeramik qattiq qotishmalari BK bilan, 
ikkinchi guruh - TK, uchinchi guruh esa TTK bilan belgilanadi.
Metallokeramik qattiq qotishmalaming ishlatilishi:
Cho‘yan, rangli metallar, metallmas materiallar va boshqalami 
tozalab yo‘nishda ishlatiladigan keskich va razvyortkalar uchun.
Tozalab va xomaki yo‘nishda ishlatiladigan keskichlar, cho‘yan, 
rangli metallar va metallmas materiallami tozaroq va tozalab ishlashda 
qoilaniladigan freza, razvyortka va zenkerlar uchun.
Cho‘yanni, rangli metallar va metallmas materiallami xomaki 
yo‘nish, randalash, frezalash va parmalashda ishlatiladigan kesuvchi 
asboblar uchun; yo‘nilishi qiyin boigan poiatlam i yo‘nishda 
ishlatiladigan keskichlar uchun.
Sim kiryalash, cho‘ktirish, teshik ochish asboblari va yengil 
sharoitda ishlaydigan shtamp asboblari uchun.
Poiatdan chiviq va quvurlar kiryalashga moijallangan asboblar 
uchun.
Uglerodli va legirlangan poiatlam i xomaki va tozalab randa- 
lashda, xomaki va shakldor qilib yo‘nishda ishlatiladigan kesuvchi 
asboblar uchun.
Uglerodli va legirlangan poiatlam i xomaki yo‘nish, frezalash, 
teshikni kengaytirish va xomaki zenkerlashda ishlatiladigan kesuvchi 
asboblar uchun.
Poiatlam i yuqori tezlik bilan xomaki va tozalab yo‘nishda 
ishlatiladigan keskichlar uchun.
Poiatlam i surish va kesish chuqurligini kichik olib, katta tezliklar 
bilan ishlashda qoilaniladigan kesuvchi asboblar uchun.
Qattiq poiatlam i xomaki yo‘nish va randalashda, payvand 
choklarga ishlov berishda qoilaniladigan kesuvchi asboblar uchun.
Mayda donali BK
6
M qotishmasi juda qattiq va zich boigan- 
ligidan, kesuvchi asbobning chidamliligini 2-3 baravar oshirishga
71


imkon beradi va cho‘yanni hamda ba’zi zanglamas poiatlarni 
yo‘nishda ham ishlatiladi. T5K12B qotishmasi qattiq poiatlarni va 
boshqa qotishmalarni randalash hamda xomaki y o ‘nishda, payvand 
choklarga ishlov berishda, umuman, T5K10, BK
8
kabi juda puxta 
qotishmalarni ishlatib boim aydigan boshqa hollarda qoilaniladi. 
Ko‘p kobaltli juda puxta va qovushoq BK20, BK25, BK30 
qotishmalari va tajribaviy BK15B, BK20B, BK25B qotishmalari 
ishlab chiqarishning o ‘zlashtirilganligi katta zarbiy yuklanishlar ostida 
ishlaydigan shtamplar tayyorlashda qattiq qotishmalardan keng 
koiam da foyaalanishga imkon beradi, qattiq qotishmali shtamplar esa 
odatdagi shtamplarga qaraganda ancha chidamli bo iad i va katta 
iqtisodiy samara keltiradi.

Download 6.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling