A. X. Rasijlov, K. G. Baxadirov materialshunoslik va konstruksion
Download 6.21 Mb. Pdf ko'rish
|
Nurmurodov S.D. Materialshunoslik va konstruksion materiallar texnologiyasi
Quyma qattiq qotishmalar. Quyma qotishmalar detal va asbob
sirtiga suyultirib yoki kavsharlab yopishtirishga yaroqli holda diametri 5-10 mm, uzunligi 200-300 mm b oigan chiviqlar ko‘rinishida olinadi. Metall-keramik qotishmalar volfram, tantal va titan karbidlari kukunlarini kobalt bilan birga pishirib olinadi. Sanoatda bir karbidli volframli (BK), ikki karbidli titan-volframli (TK) va uch karbidli titan-tantal-volframli (TTK) metallokeramik qotishmalar ishlab chiqariladi. Quyma qattiq qotishmalar. Suyultirib yopishtiriladigan qattiq qotishmalaming uch: quyma, zarrador (stalinit) va elektrodbop xillari boiadi. Tarkibida volfram elementining yo‘qligi ulaming o ‘ziga xos tomoni hisoblanadi. Sormayt va BK2, BK3 qotishmalari - stellular, xivichlar va kukun ko‘rinishida tayyorlanadi. Ular yangi yoki yeyilgan detallarga va shtamp, metall qirqadigan keskichlar, tokarlik dastgohlarining markazlari kabi asboblarga suyultirib yopishtiriladi. Suyultirib yopishtirish asetilen-kislorodli alanga yoki elektr yoyi yordamida amalga oshiriladi. Sirtiga qotishma suyultirib yopishtiriladigan detal yoki asboblar qimmat turadigan legirlangan poiatlarni tejash maqsadida oddiy uglerodli poiatlardan tayyorlanadi. Yuqorida qayd qilingan qotishmalar p o ia t detallarga ham, cho'yan detallarga ham suyultirib yopishtirilaveradi. Quyma qattiq qotishmalar bilan qoplangan detal va asboblaming puxtaligi 1 2 va undan ham ko‘p marta ortadi. Zarrador qattiq qotishmalardan boim ish stalinit ekskavator detallari, parmalash uskunalarining yeyilishga chidamliligini oshirish 72 uchun stellitlar o‘miga ishlatiladi. Benardos usulida ko‘mir yoki grafit elektrodlar bilan hosil qilinadigan elektr yoyi yordamida suyultirib yopishtiriladi. Elektrodbop qattiq qotishmalar zarrador qotishmalarga o'xshash ishlatiladi. Ular diametri 5-6 mm bo‘lgan, grafit, ferroqo- tishma, bor karbiddan iborat maxsus suvoqli elektrod ko‘rinishida ishlatiladi. Suyultirib yopishtirish uchun taklif qilingan quyma qotish- malardan biri relitdir. Uning kimyoviy tarkibi quyidagicha (massasi bo‘yicha % da): 40 % C; 91,5 % W; 3 % Mo; 1,5 % Fe. Uning qattiqligi 89 HRS ga teng. Volfram kamyob bo‘lganligidan hozirgi vaqtda relit ham qoilaniladi. 73 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling