Abduhamidov F. A


Download 1.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/50
Sana03.12.2023
Hajmi1.84 Mb.
#1801069
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   50
Bog'liq
Molekulyar fizika

TEMPERATURANI O’LCHASH 
 
1. Temperatura – jismning issiqlik darajasini ifodalaydigan fizik 
kattalik. 
2. Temperatura issiqlik o’tkazuvchanlik yo’nalishini ko’rsatadi 
(issiq jismdan sovuq jismga). 
3. Temperatura issiqlik muvozanatini xarakterlaydi (xar xil 
temperaturali jismlar bir – biriga tekkizilganda ularning 
temperaturalari tenglashadi). 
Temperaturani o’lchash uchun TERMOMETRdan foydalaniladi 
(6-rasm). Termometr termodinamik muvozanatda bo’lgan jism 
temperaturasiga teng bo’lgan xususiy temperaturani qayd etadi. 
Sizga tanish bo’lgan simobli va spirtli termometrlarda suyuqlik- 


11 
Molekulyar fizika 
lar xajmining temperaturaga chiziqli bog’liqligidan va buning natijasida suyuq 
lik ustuni balandligining temperaturaga chiziqli bog’liqligidan foydalaniladi. 
Gazli termometrlarda gaz bosimining temperaturaga bog’liqligidan foyda 
laniladi, aniq tajriba bilan berk idishga qamalgan gazning temperaturaga 
proporsionalligi topilgan.
P
T

P – gazning bosimi, T – gazning temperaturasi. 
Gazli termometr – balondagi gaz bosimini o’lchaydigan monometr bilan 
ingichka naycha orqali tutashtirilgan gaz bilan to’ldirilgan uncha katta 
bo’lmagan balondan iborat(7-rasm). Balon temperaturasi o’lchanishi kerak 
bo’lgan jism bilan issiqlik kontaktiga keltiriladi. Termometr balonida biror 
vaqt o’tgandan so’ng jism va gaz temperaturasi tenglashadi. Gaz bosimi uning 
temperaturasiga proporsional bo’lgani uchun temperaturani o’lchash termo- 
metr balonidagi gaz bosimini o’lchash bilan teng kuchlidir. Shunday qilib
temperatura – gazli termometr ballonidagi gaz bosimiga proporsional 
bo’lgan kattalik.
8-rasmda temperatura bilan bosimning bog’liqligi tasvirlangan. 

Download 1.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling