Abduhamitov geografik atamalar va tushunchalar


Chinklar – tik jarliglar. Bular Ustyurt platosida ko’p uchraydi. C


Download 0.77 Mb.
bet21/127
Sana07.03.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1247552
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   127
Bog'liq
Geografiya atamalari.2003

Chinklar – tik jarliglar. Bular Ustyurt platosida ko’p uchraydi.
Cho’kindi jinslar - cho’kindi jinslar turli tabiiy-iqlimiy sharoitlarda quruqlik yuzasida va suv havzalarining tubida shakllanadi. Cho’kindi hosil bo’lish jarayoni litog’enez deb ataladi. N.M.Straxov (1963) bo’yicha litog’enezning 4 ta turi: gumid (nam-iliq iqlimli), arid (quruq-issiq iqlimli), nival (nam-sovuq iqlimli) va vulkanogen cho’kindi ajratiladi. Litog’enez turlariga bog’liq holda boshqa barcha teng sharoitlarda to’plangan jinslarning tarkibi va tsementi turlicha bo’lishi mumkin.
Cho’kindi jinslar - oldindan mavjud bo’lgan magmatik, metamorfik va boshqa tog’ jinslarining yemirilib quruqlikda yoki suv havzalarining tubida to’planishidan payda bo’lgan tog’ jinslari. Ch. j. qat-qat va g’ovak bo’lib, ularda hayvon va o’simlik qoldiqlari uchraydi. Dona-dona (chaqiq), gilsimon, kimyoviy hamda organik cho’kindi tog’ jinslari bo’ladi. Chaqiq cho’kindi jinslar turli xil qattiq tog’ jinslarining parchalaridan vujudga keladi. Kimyoviy cho’kindi jinslar turli minerallar eritmalarining cho’kishidan hosil bo’ladi. Masalan, tuzlar, gips, dolomit. Organogen Ch. j. o’simlik va hayvon qoldiqlarining to’planishidan paydo bo’ladi (boksid, ko’mir, bo’r).
Chorizm - Rossiya podshosining Monarxiyaning cheklanmagan xokimyatini asoslagan davlat tizimi. Bolgariyada xam shunday podsholik bo’lgan.
Dala shpati - K[AlSi308]. Shisha va po’latdan qattiq. Shishaning qattiqligi taxminan 5,5. Ortoklaz, mikroklin, plagioklazlar singari minerallari keng tarqalgan.
Dalmatsiya - (adriatika dengizi sohilidagi viloyat nomi) tipidagi qirg’oqlar tog’ tizmalari qirg’oqqa paralel bo’lgan tog’li o’lkani dengiz bosgan joylarida hosil bo’ladi. Tor, uzun qo’ltiq va bo’g’ozlar, shuningdek ular orasida orol hamda yarim orollar dengiz qirg’og’ining umumiy yo’nalishi bo’ylab cho’ziladi.

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling