Bo’ron – qishda tog’ yonbag’irlari bo’ylab pastka dengiz, ko’llar tomonga esadigan kuchli sovuq shamol.
Bo’z yer - qo’riq yer, haydalmagan yer, hosildor yer.
Bogomillik - (xudoga xush kelmagan) Balgaryada jamiyat a’zolari o’rtasidagi mulkiy tenglikni targ’ib qilgan diniy xarakat.
Boj – o’lpon, soliq, to’lov. o’rta osiyoda ilk o’rta asrlardan boshlab bir mamlakatdan ikkinchi mamlakatga, ichki nizolar kuchaygan vaqtda bir viloyatdan o’tish uchun, shuningdek, ichki bozorlarda savdogarlardan olingan maxsus to’lov, o’lpon.
Boksit - qizil, jigarrang va boshqa rangli cho’kindi tog’ jinsi. Tarkibida, glinozem, temir oksidi bo’ladi. Alyuminiy, asosan, B. dan olinadi. Asosiy konlari Ukraina, Ural, Sibit, Qozog’istonda.
Bora – bu kuchli, sovuq shamoldir. Qora dengiz bo’yining Novosibirsk shahrida, Frantsiyada mistralg’, Baykalda-sarema deyiladi.
Borametrik bosqich – bosimning 1 mm pasayishi zarur bo’lgan balandlik.
Botqoqli podzol - tuproqlar podzollanish va botqoqlanish jarayonlari ta’sirida shakllanadi. Maydoni 88 ga. Podzol qatlamida kremnezem ko’p, oksidlar kam. Gley qatlamida temir ko’p, muxiti kislotali (RN-3-4), asoslarga to’yinmagan.
Botqoqlik - doimo yoki uzoq vaqt zak bo’lib yotadigan joy. Boyqoqlikda ba’zan 0,2-0,3 m qalinlikda torf qatlami bo’ladi. O’simliklarning ildizlari torf ostidagi qatlamga yetib bormaydi. Torf qatlami yupqa bo’lsa botqoqlashgan yerlar deb ataladi. Botqoqlik o’rmoni kesilib ketgan yoki quyib ketgan joylarda va o’tloqlarni uzoq vaqt suv bosishi, shuningdek, sayoz suv havzalarini o’t qoplashi natijasida hosil bo’kladi. Botqoqliklar Shimoliy yarimsharda ko’p. MDHdagi botqoqliklar va botqoqlashgan yerlarning umumiy maydoni 2,1 min kv. Km. O’rta Osiyoda botqoqliklar, yirik daryolar vodiylarida va pastqam joylarda uchraydi.
Boy va kambag’al ma’danlar - shartli atama bo’lib, ma’dan tarkibidagi foydali elimentlar miqdorini ifodalaydi. Turli metallar ma’danlari uchun boy va kambag’allik darajasi har xil bo’ladi. Masalan: tarkibida 50 % temir bo’lgan ma’dan boy hisoblanadi.
Boyitish - foydali qazilmalarni keraksiz jinslar va zararli ma’danlardan tozalash maqsadida ma’danlarga dastlabki ishlov berish. Ma’danga yangi moddalar qo’shib ham uning sifatini yaxshilash ham boyitish deyiladi.
Boykot - ingilischa-speysi va iqtisodiy kurashning bir shakli. Ayrim shaxs,shaxs, tashqilot,korxona, davlatlar aro munosabatlarning to’liq yoki qisman tutashishi. Biror davlat yoki korxona maxsulotini sotib olishdan voz kechish.
Do'stlaringiz bilan baham: |