Abduhamitov geografik atamalar va tushunchalar


Download 0.77 Mb.
bet20/127
Sana07.03.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1247552
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   127
Bog'liq
Geografiya atamalari.2003

Burmistr(nem) - qishloqlarda tartib saqlovchi, dehqonlarning majburyatini nazorat qilish.
Busol – yo’nalishlarning magnit azimutlarning o’lchaydigan asbob.
Buzilgan landshaft - stixiyali tarzda nookilona xujalik yuritish tahsiriga uchragan landshaft
Buzuq yer - foydalanish uchun yaroqsiz o’r-qir. B. y. g’ovak, gil jinslarini suv yuvib, behisob jo’yak, chuqurliklar qilishidan paydo bo’ladi. B. y. Boysun botig’ining o’rta qismida, Nurota tog’larining janubiy tizmasi Oqtog’ yonbag’rida Kopettog’ yonbag’rida bor. Yurib bo’lmaydigan yonbag’irlar ham ba’zan B. y. deyiladi.
Chala cho’llar - mo’tadil mintaqada dashtlar bilan cho’llar orasida joylashgan, quruq iqlim sharoitida tarkib topgan tabiat zonalari. Iqlimi quruq kontinental, yog’ingarchillikka (300mm) nisbatan mumkim bo’lgan bug’lanish 5-6 barobar ko’p; daryolar juda kam. Tuproqlari: och kashtan, qo’ng’ir, bo’z tuproq; chirindisi kam (2-4%), sho’rlangan yerlar ko’p. O’simliklari: shuvoq, sho’rakar, chim hosil qiladigan boshoqlilar, namgarchilik tanqisligiga moslashgan past bo’yli chala butalar. Hayvonlari: kemiruvchilar (yumronqoziq, qo’shoyoq, olaxurjun), sudralib yuruvchilar (toshbaqa, ilonlar). Chala cho’llarning ko’p qismi o’zlashtirilib, g’alla ekiladigan yerlarga aylantirilgan. Qozog’istonda katta maydonni egallagan. O’zbekistonda tog’ oldi qirlari va adirlar balandlik Ch. Ch. mintaqasiga kiradi.
Chaqiq tog’ jinslari - tog’larda fizik nurash natilasida yonbag’irlarda qurum bo’lib sochilib yotgan jinslar. Chaqiq tog’jinslari har xil geometrik shaklda, silliqlanmagan bo’ladi.
Cherkov - yunoncha xudoning uyi.
Chig’ir - eng ko’p tarqalgan suv inshoati.
Chimli - podzol tuproqlar asosan tayga-o’rmon zonasida tarqalib 185 mln.ga ni tashqil etadi. Ushbu tuproqlar ikki jarayon - podzol va chimli jarayonlarning birgalikdagi ta’siri natijasida paydo bo’ladi. Tuproqlar umumiy kimyoviy tarkibi va mexanikaviy fraktsiyalar profili bo’yicha tarqalishi podzol tuproqlarnikiga o’xshashdir. Gumus miqdori 2-4 % bo’lib, profil bo’yicha keskin kamayadi. Gumus tarkibida fulg’vokislota ko’pdir. Tuproqlar asoslar bilan to’yinmagan, kislotali reaktsiyaga ega, ozuqa moddalar bilan ta’minlangan. Tuproq zichligi 1,15 - 1,3 g/sm3. dan 1,4 -1,6 g/sm3. gacha, pastga oshib boradi. Kovakligi 40-58%.

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling