Abduhamitov geografik atamalar va tushunchalar


Download 0.77 Mb.
bet19/127
Sana07.03.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1247552
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   127
Bog'liq
Geografiya atamalari.2003

Brekchiya – har xil katta –kichiklikka ega qirrali tog’ jinslarining sementlashishidan hosil bo’ladi.
Briket – ko’mir kukuni bosim ostida yoki yopishqoq moddaga aralashtirib zo’ldir shakliga keltirigan mahsulot.
Briz – fransuscha briz – shabada degani bir kecha – kunduzda o’z yo’nalishini ikki marta o’zgartiradigan shamolga aytiladi.
Broker - qimmatli qog’oz, mol-mulk va valyuta birjalarida bitim tuzish paytida vositachilik bilan shug’ulanuvchi shaxs yoki firma.
Bronza davri — miloddan avvalgi 2 — 3 ming yilliklar.
Bryekchiya – qirrali toshlar bo’lsa bo’ladi.
Budda - “ma’rifatlangan”-Sidxartxa Gautamaning 2-nomi laqabi.
Budjet – bu davlat va mahaliy o’z-o’zini boshqarish vazifalari va funksiyalarini moliyaviy ta’minlash uchun muljallangan pul mablag’lari jamg’armalarini to’lash va sarflash shaklidir.
Bulut - havodagi juda mayda suv zarrachalari, tomchilari va muz zarrachalari to’plamlari. Ular yiriklashib yog’in bo’lib tushadi. B. havo yuqorilama harakat qilganda, yuqoriga ko’tarolganda harorat pasayib, suv bug’lari kondensatsiyalanib hosil bo’laddi. B. lar tashqi ko’rinishiga qarab barra, patsimon, to’p-to’p, qatlam-qatlam bulutlarga bo’linadi. Balandligiga qarab past, o’rta va yuqori bo’ladi.
Bundesrat - (Ittifoq Kengashi)-Germanya parlamentining yuqori palatasi.
Burjuaziya - fransuscha “shaxarlik”. Axolining Savdo-sanoat bank va boshqa tadbirkorlik faoliyati natijasida daromat topuvchi xamda ishlab chiqarishda yonlanma mexnatdan foydalanuvchi qatlam.
Burmali tog’lar – dengizdagi tirik organizmlar millionlab yillar davomida nobud bo’laverib uning tubiga yig’ila borgan. Dengiz tubi quruqlikdagi suvlar oqizib kelgan qum, gil va boshqa tog’ jinslari hisobiga sayozlasha borgan. Natijada dengiz tubida bir necha kilametr qalinlikdagi cho’kindi jinslar hosil bo’lib zichlashgan. Yerning ichki kuchlari ta’sirida dengiz tubidagi cho’kindi jins qatlamlari juda katta burmalarni vujudga keltirgan. Cho’kindi jinslarning burmalanishi natijasida dengiz satxidan baland burmali tog’lar hosil bo’ladi.

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling