Abduhamitov geografik atamalar va tushunchalar
Download 0.77 Mb.
|
Geografiya atamalari.2003
Gaz kondensatlari - tabiiy gazning yo’lakay, rangsiz, tiniq, harakatchan turli uglevodorodlar aralashmasi; metan qatori (alifatik), aromatik (atsiklik) va naftenin (alitsiklik) tizimli tarkibga ega. Tabiiy gaz konlarining deyarli 60— 70% i G. K. Bo’lib, ularning tizim tarkiblari konning parametrlariga (T, R va b.) bog’liq. Gaz konlarining chuqurligi (150—5500 m), gaz harakati, bosimi, mazkur konning holatiga qarab G. K. Uglevodorodlari ushbu kon gazi bilan turli nisbatda fazaviy muvozanatda bo’ladi. Demak, G. K. Gaz quduqlaridan gazga nisbatan turli miqdorda erigan holda (50—800 g/m3) ishlab chiqariladi.G. K. Ko’proq gaz-neft havzalaridan gaz i. Ch. jarayonida normal sharoitda gazda erigan uglevodorodlar majmuasini kondensatlab (suyultirib) olinadi. Zero tabiiy gazni ba’zi yo’lakay qo’shimcha suv, turli zaharli gazlar va b.dan tozalamasdan iste’molchilarga (G. K. Uzatish quvurlariga) berib bo’lmaydi. Shuning uchun gazni qayta ishlash sanoatining mukammal ratsional va xavfsiz i. Ch. tizimi shakllantiriladi. O’zbekistonning Muborak, Sho’rtan, Uchqir, Gazli, Zevardi, Ko’kdumaloq va b. gazni qayta ishlash zavodlari yiliga 50 mlrd/m3 gazning deyarli 90% ini tozalab iste’molchilarga yetkazib beradi. G. K. Maxsus qurilmalarda maqbul holga keltirilib, neftni qayta ishlash korxonalarida neft bilan birga benzin, kerosin va dizel yonilg’isi olish uchun ishlatiladi. Buxoro neftni qayta ishlash korxonasi faqat Ko’kdumaloq G. K. dan yonilg’i oladi. G. K. dan faqat yonilg’i emas, balki yana ko’p moddalar: benzol, toluol va ksilollar, lok bo’yoq tizimli erituvchilar va maxsus kompozitsion suyultiruvchilar olish mumkin. G. K. organik va neft-kimyoviy sintezlar uchun muhim xom ashyo, xalq xo’jaligida yarim mahsulot sifatida ishlatiladi (q. Gaz sanoati).
Gaza - tog’larda va tog’oldi qirlarida relefda bo’rtib, turtib chiqqan tog’, tog’ tepasi, alohida tepalik. Surxondarryo, Qashqadaryo viloyati og’li tumanlarida ko’p qo’llaniladagan geografik atama. Gdroliz – o’simliklar chiqitqi oganizmlar ishlab chiqarish. Andijon, Farg’ona etil sipirt g’o’zapayadan foydalanadi. Yangiyo’lda yog’ach qipg’dan faydalanadi. Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling