Abduhamitov geografik atamalar va tushunchalar


Download 0.77 Mb.
bet39/127
Sana07.03.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1247552
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   127
Bog'liq
Geografiya atamalari.2003

Galaktika yo’li- quyosh sistemasi samon yo’li galaktikasini bir marotaba aylanib chiqishi uchun ketgan vaqt oralig’i g\y taxminan 230mln yilga teng.
Galo - (yunoncha “galo”-doira,disk) galaktika yulduzlar jumlasidan quyosh aylanasida kuzatiladigan yorug’ doira.
Galofitlar – gipsda o’suvchi o’simliklar.
Ganza – savdo sotiq maqsadlarida shaxarlar o’rtasida tuzalgan ittifoq.
Garmsel – forscha issiq shamol degan ma’noni bildiradi. Cho’llarda ko’p kuzatiladi. Misrda-xamsin, Arabiston yarim orolida samum, Jazoirda-sirokko deyiladi.
Garnizon(fr) - shahar yoki qalpada doimiy yoki vaqtincha joylashgan harbiy qisimlar, shtabkar, harbiy o’quv yurtlari birlashmasi.
Garpolit (yunoncha «garpos» - o’roq) - yirik, yorib kiruvchi, ichki qismi muvofiq, vertikal kesmada o’roqsimon shakldagi intruziv tanadir. Garpolitlarning ustki qismi ma’lum tepaliklar va chuqurliklardan iborat qavariq shaklda bo’ladi. Pastki qismi esa egilgan, gorizontal yoki ildizi tomon qiyalangan bo’ladi. Garpolit­larning hosil bo’lishi burchakli nomuvofiqliklarga bog’liq bo’lishi mumkin. Kristallashgan qadimiy jinslar bilan ularning ustida nomuvofiq yotuvchi hosilalar orasiga magmaning yorib kirishi bilan bog’liq.
Gavan - gollandcha xavon. Dengiz,okean, ko’llarning to’lqin , shamol, oqimlardan tabiiy yoki sun’iy ravishda to’silgan qismi. Kemalar turishi uchun xizmat qiladi.
Gaz karotajineft va gaz konlarini topish usuli. G. k. burg’ilashda ishlatiladigan gilli qorishma, ba’zan kernda gazeimon va yengil suyuq uglevodorodlar mikdori va tarkibini muntazam aniqlab borish yo’li bilan bajariladi. Kern olib burg’ilashda G.k. kernda bajarilishi ham mumkin. G. k. sanoatda 1940- yillar avvalidan tadbiq etila boshladi. Neft va gazli qatlamlar orqali quduq kovlanayotganda uglevodorodlar burg’ilash qorishmasiga aralashib u bilan birga yer yuzasiga chiqadi. Burg’ilash qorishmasidan ajratib olingan gaz o’rganiladi. Olingan ma’lumotlar asosida diagramma tuziladi. Diagramma burg’i qudug’i kesmasini boshlanishidan oxirigacha bo’lgan oralig’idagi uglevodorodning tarkibi va miqdori o’zgarishini yaqqol ko’rsatadi. Diagramma yordamida neft yoki gazli qatlamning joylashgan chuqurligi aniqlanadi.

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling