Abduhamitov geografik atamalar va tushunchalar


Download 0.77 Mb.
bet37/127
Sana07.03.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1247552
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   127
Bog'liq
Geografiya atamalari.2003

Federativ davalt - lotincha “foederatio” so‘zidan olingan bo‘lib, ittifoq, birlashma, yagona degan ma’noni anglatadi. Federal qonunlar va hokimiyat organlari bilan bir navbatda o‘zining qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud organlari mavjud ma’muriy-hududiy shakliga ega bo‘lgan mamlakatdir.
Fenologiya – yillik fasllarining almashinishi va ob-havo o’zgarishi munosabati bilan organik va arganik tabiatning o’zgarib borishini o’rganadigan fan.
Fenomen – nodir yoki favqulodda siyrak uchraydigan hodisa-voqea; biron sohada boshqalardan tubdan ajralib turadigan o‘ta iste’dodli odam.
Filtratsiya - shimilish suvning yerga shimilishi.
Fiordli - (norvegcha-qo’ltiq) qirg’oqlar, materik, muzliklar bosgan tog’li va qirli o’lkalarda hosil bo’lgan. Ular tor, juda chuqur va uzun qo’ltiqlardir. Ularning qirg’og’i baland, tik hamda tog’li bo’ladi. Norvegiya, Grenlandiya, Shpitsbergen, Kola yarim orali, Magellan bo’g’ozi qirg’oqlari fiordlarga misol bo’ladi. Fiord qirg’oqlarining hosil bo’lishida tektonik yoriqlar, daryo va muzliklarning ishi katta rol o’ynaydi.
Fiqx - islom xuquqshunosligi, musilmon xuquqi.
Firn qor (nemischa-o’tgan yilgi, eski) - yer yuzasidagi xionosferaning uzoq vaqtdan beri bosilib yotgan va zichlashgan, o’zaro birikkan muz uchqunlaridan iborat deyiladi. Quyi chegarasiga qor chegarasi deyiladi.
Fizik nurash - asosan harorat va namlikning o’zgarishi natijasida sodir bo’ladi. Kunduzi havo haroratining ko’tarilib ketishi natijasida tog’ jinslarida darzlar hosil bo’lib, ular bo’laklarga bo’linib ketadi. Ammo tog’ jinslarining kimyoviy tarkibi o’zgarmaydi. Fizik nurash cho’llarda va qoyali tog’larda keng tarqalgan.
Flastin ozodlik tashqiloti - (FOT) - 1964 yilda tashqil topgan.Flastin qarshilik xarakatining ko’pgina tashqilotlarini birlashtiradi.1969-yil Yosir orofat FOT raisi.
Flish – Dеngizlarning sayoz joylarida yotqizilgan fatsiyalardan tuzilgan tеrrigеn cho’kindilaridan iborat qalin jinslar qatlami. Tarkibida – ohaktosh, qumtosh, mеrgеll va boshqalar uchrashi mumkin. Odatda bu qatlamlar orasida fauna va floralar kam uchraydi.

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling