Abduhamitov geografik atamalar va tushunchalar


Korrazion-suffozion voronkalar


Download 0.77 Mb.
bet66/127
Sana07.03.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1247552
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   127
Bog'liq
Geografiya atamalari.2003

Korrazion-suffozion voronkalar - karstlanuvchi jinslar ustida yotuvchi g’ovak jinslarning yuvilishi va cho’kish natijasida hosil bo’ladi. Karst voronkalari O’zbekistonning G’uralash, Qirqtov, Mingchuqur, Qizilmozor kabi tog’larida keng tarqalgan.
Korraziya (lotincha corrasio - tarashlash) - ochilib qolgan tog’ jinslari va minerallarga mexanik ishlov berish, silliqlash, tarashlash bo’lib, bu uchib kelayotgan qum donalari yordamida yuz beradi. Qum donalari shamol yordamida uchirilib, turli balandlikka ko’tariladi. Pastroqda uchayotgan qum donalari yirikroq va ko’proq bo’lib, asosan, qoya toshlarni «bombardimon» qilib, “burg’ilash” ishlarini bajaradi.
Korrelyasiya - bog‘liqlik biror bobekti bog’liqligi.
Korrupsiya(lot) - sotib olish, qonunsiz harakat qiluvchi amaldorlar ittifoqi.
Kortes - ispan parlamenti nomi.
Korund - A1203. Uning yuqori qattiqligi abraziv material sifatida foydalanishga imkon beradi. Qimmatbaho xillari rubin - qizil rangli, sapfir - ko’k rangli.
Korxona – mehnatkashlar jamoasi mulkidan foydalanish asosida mahsulot ishlab chiqarib, uni iste’molchilarga sotadigan yoki sanoat xarakteridagi turli xizmat ishlarini bajaradigan yuridik shaxs huquqiga ega bo’lgan mustaqil xo’jalik subyektidir.
Kotlovina – judayam katta qismga cho’zilgan botiqa kotlovina deyiladi.
Krater – vulqon og’zi ma’nosi “kata tovoq”. Dunyodagi eng kata Krater Fudziyama vulqanida kengligi 700 m.
Kredit – lotincha «kredit» - «qarz» so’zidan olingan bo’lib, pul mablag’lari, tovar va xizmatlarini kelishilgan foizda qaytarishi sharti bilan vaqtincha foydalanishi uchun pul yoki material mablag’lari berish jarayonida yuzaga keladigan iqtisodiy munosabatlar tizimi. (qarz, nasiya).
Kriogen (lotincha krio-sovuq, muz) - relef shakllarining hosil bo’lishi va rivojlanishi turli suvlarni o’zida tutib turuvchi tog’ jinslarining muzlashi va erishidan hosil bo’lgan kriogen jarayonlarga bog’liqdir.

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling