Abduhamitov geografik atamalar va tushunchalar


Download 0.77 Mb.
bet68/127
Sana07.03.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1247552
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   127
Bog'liq
Geografiya atamalari.2003

Laguna (italyancha-ko’l) - suvning ishi natijasida hosil bo’lgan qum tillari, barlar, qum to’siqlar bilan uzun va tor qo’ltiqlarni dengizdan ajralib qolgan qismiga laguna deyiladi.
Lakkolitlar (yunoncha-o’radagi tosh) - esa yakka yoki guruhlar tarzida uchrab gumbazsimon tog’larni hosil qiladi. Shimoliy Kavkazdagi beshtov, jeleznaya, lisaya, zmeinaya, krimdagi ayudog’, kastel va boshqalar lakkolitlardir.
Lama - tuyasimonlar oilasiga mansub o’rkachli hayvon. Ant tog’larida ko’p tarqalgan.
Lanch sudi - AQSH da negrlar va demokratik harakat qatnashchilarini sud va so’roqsiz jazolash.
Landshaft – nemis tilidan olingan bo’lib, (Land–er va schaft–o’zaro aloqa-dorlik va bog’liqlikni aks ettiruvchi suffiks) manzara, joyning ko’rinishi degan ma’noni anglatadi.
Landtag(nem) - yer, mamlakat, yig’in.
Landtag-nemischa,Germaniyada vakillik muassasalari.
Lapilli – italyancha “mayda tosh” degani. Vulqon kulida tashqari no’xatay va undan sal katta donlar vulqon qumi.
Laplandiya – “qorli yer” degani ma’noni bildiradi.
Laterit tuproqlar – (lotincha later - g’isht) – doimiy yashil sernam o’rmonlar tagida tarkib topdigan qizil tuproqlar. Tarkibida temir ko’pligidan temir zanglab qizil tusga ega bo’ladi. Tuproqni yuza qatlamida chirindi 4-6% yetadi. Laterit tuproqlarda sholi, kofe, kakao, geveya ko’p ekiladi.
Latifundiya - lotincha «kata yer -mulk».
Lava – (lot. ko’chki) –vulqonlar og’zidan yoki yer po’stidagi yoriqlardan yer yuzasiga oqib chiqadigan gazlarning bir qismini yo’qatgan magma.
Lavraziya - bundan 180 mln yil muqaddam pongeya moterigidan ajralib chiqqan ulkan quruqlik bo’lib, so’ngra undan shimoliy yarim shardagi Yevroosiya, Grelandiya va Shimoliy Amerika ajralib chiqqan.
Legenda – xarita mazmun ochib bergan shartli belgi va izoh yeg’indisi.
Legirlovchi metallar – po’lat va prokat ishlab chiqarishda ularning sifatini yaxshilashda qatnashadigan metallar. Ular volg’fram, molibden, tantal, niobiy, vanadiy xrom, titan, magniy va boshqalar.

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling