Magmatik jinslar - magmatik jinslar magmaning sovishi natijasida hosil bo’ladi. Magmaning sovishida qattiq mineral komponentlar ketma-ket kristallanadi. Bunda bosim, harorat va undagi mineralizatorlar - suv bug’lari, karbonat angidrit va b. juda katta ahamiyatga ega.
Magnit anomaliyasi – yer magnit maydonining normal holatidan o’zgarishi. Yer po’stida katta temir rudasi konlari bor joylarda kuzatiladi. Sharqiy Yevropa tekisligida kursk atrofida kuzatiladi.
Magnitosfera - yer yuziga yaqin va zaryadlangan zarrachalar tarqalgan hamda yer magnit maydoni qamrab olgan bo’shliqlar (hududlar qatlamlar).
Mahak toshi – kumush va oltinning tozaligini aniqlab beradigan qora tusli bir tosh.
Mahalliy ekstyernaliya - cheklangan hududlarda ifloslantiruvchi korxonalarning retsipientlarda (boshqa korxonalar va ob’ektlar) ekstyernaliya xarajatlari tahlili bo‘lib, u ushbu sohada xulosa va tavsiyalar beradi.
Makroiklim - Katta xududlar iklimi.
Makrolandshaft - yirik tabiiy geografik birliklar o’lkalar, zonalar, provintsiyalar iklimi.
Mamont - fillar oilasiga kiruvchi qirilib bitgan yirik hayvon. Tanasi qalin va uzun jun bilan qoplangan bo’ladi. Yaqin geologik davrda (pleystotsenda), iqlimi ancha salqin o’lkalarda yashagan. Quruqlikdagi cho’kinda jinslar orasidan qoldiqlari topilgan.
Mamuriy rayon - iqtisodiy rayonga xos uch belgidan biri-boshqarish tizimiga ega bo‘lgan, hududining kattaligi bo‘yicha esa odatda iqtisodiy rayondan orqada turuvchi taksonomik bo‘lak.
Mangra o’rmonlari – tropiklarning dengiz suvi ko’tarilgan suv bosadigan tekis qirg’oqlarida o’sadigan doimiy yashil butazorlar.
Manifest(lot) - oliy hokimiyat tomonidan biror muhim masala yuzasidan xalqqa qilingan tantanali yozma murojaat.
Manitoring – (lotincha <> - esga soladigan, ogohlantiradigan) tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, atrof-muhitni muhofaza qilish maqsadida ma’lum bir hudud tabiiy sharoitining holatini kuzatish , nazorat qilish va boshqarish tizimiga aytiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |