Abduhamitov geografik atamalar va tushunchalar


Download 0.77 Mb.
bet73/127
Sana07.03.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1247552
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   127
Bog'liq
Geografiya atamalari.2003

Materik — hamma tomondan yoki deyarli hamma tomondan okean va dengizlar bilan o’ralgan yirik quruqlikdir. Har bir materik o’ziga xos orografik, tektonik tuzilishga hamda landshaft mintaqalariga ega. Materiklarning ana shu o’ziga xos xususiyatlari va territorial yaxlitligi ularning tabiiy geografik rayonlashtirish birligi sifatida asos bo’ladi.
Materik orollari - bir zamonlar materiklarning tarkibiy qismi bo’lib, keyinchalik quruqlikning cho’kishi, tektonik yoriqlar natijasida ulardan uzulib qolgan quruqliklar. Bunday orollar geolagik va tektonik tuzulishiga ko’ra materiklarga o’xshagan bo’ladi. Materik orollarining ba’zi birlari juda katta. Masalan: Grenlandiya, Yangi Gvineya, Yangi Zelandiya, Angliya, Novaya Zemliya, Madagaskar.
Maxalliy vakt - Yer yuzasidagi xar ir joyning uz astronomik vakti.
Meandralar - (meandr - turkiyadagi katta menderes daryosining qadimgi yunoncha nomi) hosil qilib (burilib-burilib) oqadi. Oqimning bir tekis emasligi daryo o’zanini goh u, goh bu tomonga buradi.
Megalopolis - (yun mega - kata, po’lis – shahar) – yirik shaharlar va shahar aglomeratsiyalarining bir- biriga qo’shilib ketishi natijasida hosil bo’lgan yirik shaharlar to’plami. Masalan: Tokiyo.
Mehnat resurslari – aholinig mehnatga layoqatli qismi. erkaklarning 16-59 yoshgacha, ayollarning 16-54 yoshgacha bo‘lgan qismi.
Mehnat taqsimoti – ijtimoiy mehnatning mustaqil vazifalarini bajaruvchi mehnat turlariga ajralish jarayonidan iborat. Mehnat taqsimoti yuz berganda, bir mehnat turidan ikkinchisi, ikkinchisidan uchinxchisi va hokazolar ajralib chiqadi va bu jarayon uzluksiz davom etaveradi.
Mehnat unumdorligi – malum vaqt (soat, sutka, oy, yil) ichida ishlab chiqarilgan mahsulotning miqdori bilan o‘lchanadi.
Melaneziya - (yunoncha, melos-qora, nesos-orol, yapni qora orollar) – papuslar o’lkasi – Yangi Gvineya, Bismark arxipelagi, Yangi Gebrid, Fidji, Yangi Kaledoniya va boshka orollar kiradi.
Melioratsiya - (lotincha - “yaxshilash”) qishloq xo‘jaligida yomonlashgan yerlarning holatini yaxshilash uchun amalga oshiriladigan yo’nalish.

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling