Mikrorelf – yer yuzining kichik relef shakilari. Masalan: jarlar, soylar, kichik vodiylar, qum tepalari, daryo terasalari va b.
Milittsya - lotincha, “qo’shin” demakdir.
Millat – insonlarning tarixan shakllangan umumjamoa guruhlari.
Milliy daromad - mamlakat iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishini belgilab beruvchi umumlashgan muhim ko’rsatkich. Yalpi ichki mahsulotning bir qismidan iborat. Yalpi ichki mahsulot qiymatidan ishlab chiqarish harajatlarining chegirib tashlangan qismi. Mamlakatda yil davomida vujudga kelgan barcha daromadlar yig’indisi.
Milliy daromad - yangidan vujudga keltirilgan qiymat bo‘lib, SMMdan egri soliqlarni chiqarib tashlash yoli bilan aniqlanadi.
Milliy gvardiya (ital) – fransuz inqilobi davrida tuzilgan, saylab qo’yilgan, qo’mondonligi bo’lgan qurolli fuqarolar qo’shini.
Milonitlar - ishqalanishdan talqonga aylanib ketgan va urchuqlar hosil qiluvchi jinslar bo’lib, yo’l-yo’lli teksturaga ega. Ularning bunday teksturasi talqonga aylanib ketgan massa orasida dag’alroq bo’laklarning yupqa linzasimon qatlamlari mavjudligi bilan ifodalangan.
Mineral (lotinchadan minera - madan) – Yer qarida va yuzasida tabiiy jarayonlar tufayli kimyoviy elementlarning birikishidan vujudga keluvchi, kimyoviy tarkibi, tuzilishi va xossalari bo’yicha o’ziga xos bo’lgan tabiiy jismdir. Minerallar aksariyat hollarda kristalli va amorfli qattiq jismlar hisoblanadi.
Mineral suvlar - kishi organizmiga fiziologik ta’sir etadigan va biologik faol, davolash maqsadida foydalanadigan suvlar mineral suvlar deb ataladi. Yer osti yotqiziqlaridagi minerallar va gazga to’yingan suvlar odatda shifobaxsh hisoblanadi.
Mintaqalararo ekstyernaliya - global eksternaliyaning kichraytirilgan nusxasi bo‘lib, u ayrim mamlakat va uning mintaqalarida yuzaga keladigan eksternaliya oqibatlarini bartaraf etish maqsadini ko‘zda tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |