Abduhamitov geografik atamalar va tushunchalar


Molya - maqsadli pul jamg’armalarini vujudga keltiruvchi, jamlash, taqsimlash va ishlatish bilan bog’liq munosabatlar. Molya kapitali -


Download 0.77 Mb.
bet78/127
Sana07.03.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1247552
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   127
Bog'liq
Geografiya atamalari.2003

Molya - maqsadli pul jamg’armalarini vujudga keltiruvchi, jamlash, taqsimlash va ishlatish bilan bog’liq munosabatlar.
Molya kapitali - bank kapitali va sanoat kapitalining qo’shilishidan vujudga keladi.
Molya oligarxiyasi - mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishiga, yirik sarmoya yig’ilgan taqdirda esa jahon iqtisodiyotiga bevosita ta’sir ko’rsatuvchi eng boy sarmoyadorlarning kichkina guruhi.
Monapoliya - yunoncha «tanxo sotaman», iqtisodiyotning bir sohasidagi tanxo hukimronlik.
Monarxiya - yunoncha»yaakka hukumronlik»
Monax - bu dunyo noz-ne’matlaridan voz kechgan kishi.
Monitoring - qandaydir obyekt holatini har tomonlama baholash va uning faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida maxsus tashqil qilingan tizimli kuzatuv.
Montmorilonitlar – nurash jarayonlari tufayli hosil bo’lgan ikkilamchi minеral – kimyoviy tarkibi Mg3(AlFe)2 (Si4O10)(ON)2*4N2O Rangi pushtisimon - qizil, zangorisimon, bo’zrang, yumshoq tuproqsimon agrеgat. Ular asosan fizikaviy, kimyoviy nurash mahsulotlaridir.
Moratoriy - lotincha, sekinlashtirish yoki keyingi so’rish. Xalqaro huquqda qaysidir harakatni ma’lum muddat amalga oshirmaslik yoki uni keyinga surish borasida davlatlar o’rtasida axdlashuvi.
Morenalar - Muzlik xarakati natijasida yig’ilgan yotqiziqlar morenalar deb ataladi. Bu yotqiziqlar saralanmagan bo’lib, ular tarkibida gildan tortib katta hajmli jinslargacha bo’ladi.
Morfostruktura - makrorelef shakllari bo’lib, ular endogen va ekzogen jarayonlarining o’zaro birgalikda ta’siri natijasida hosil bo’ladi.
Morguzar tog’ – ma’nosi ilonlar makoni.
Moviy kaskalar – BMT quroli qo’shini.
Moxo chegarasi – yer po’stining quyi chegarasini anglatuvchi yirik bo’lim. Bu chegarani 1- martta 1909 – yilda to’lqinlar yo’nalishining o’zgarishiga qarab aniqlangan, yugoslaviyalik seyismalog olim Moxorovich nomi sharafiga moxo yoki m belgilari bilan atash qabul qilingan. M chegarasi okeanlarda 5-10 km, quruqlikda 35 -70 km chuqurliklardan o’tadi.

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling