Pasttekislig – 0 m. dan 200 m gacha bo’lgan yerlarga aytiladi.
Patagoniya – (ispancha “kata oyoq”) Janubiy Amerikada chala cho’l va dasht zo’nalariga aytiladi.
Patent – lotincha, “ochiq”, “oydin”, “ravshan”. 1. Biror bir ixtironing davlat tomonidan etirof etilgani va ixtirochining o’z ixtirosiga olgan huquqini tastiqlovchi xujjat. 2. Savdo ishi va ishlab chiqarish huquqi yoki imtiyozini beruvchi xujjat.
Patta - Hindistonda rojalar tomonidan o’z xizmatkorlariga ma’lum majburiyat evaziga beriladigan yer egalik turi. Bu yerda foydalanish muddati oldindan belgilanib qo’yilgan.
Pediplen (iglizcha-tekislik) - tog’ oldi tumanlarida tog’lardan yemirilib tushgan mahsulotlarning to’planishidan tog’ etaklarida keng bo’lmagan tekis yuzalar-pedimentlarning kengayib va kattalashishidan hamda qo’shilishidan denudatsion yuzalar hosil bo’ladi.
Pelagia – organizmlar faqat suv qatlamidaga yashaydi. Ular suvda oqib yuraveradigan passiv hayvonlar va o’simliklar- plangton va aktiv suzadigan hayvonlar- nektonga bo’linadi.
Pemza - lotoncha pumekis- ko’pik. Vulkan jinslaridan hosil bo’lgan otqindi tog’ jinsi. Juda g’ovak, yengil ko’piksimon lava. Yog’och, tosh, metallarni pardozlash uchun ishlatiladigan va yengil betonga qo’shiladi.
Penplen – o’tgan geologik davirlarda ko’tarilgan burmali tog’larning yer yuzida sodir bo’ladigan jarayonlar ta’sirida yemirilishi natijasidakelib chiqqan tekisliklar.
Pentagon - yunoncha, “beshburchak”, AQSh xarbiy muassasasi. U joylashgan bino 5 burchak shaklida qurgan.
Perigeliy - yunoncha peri- yaqini, yoni va xelios- quyosh. Quyosh atrofida aylanadigan sayyoralar, dumli yulduzlar orbitalarining quyoshga eng yaqin nuqtasi.
Perigey - yunoncha peri- yaqini, yoni va ge- yer. Oy va yer sun’iy yo’ldoshlari orbitasining yerga eng yaqin nuqtasi.
Pesitist – asosan suv bilan sug’oriladigan moddalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |