Abduhamitov geografik atamalar va tushunchalar


Download 0.77 Mb.
bet83/127
Sana07.03.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1247552
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   127
Bog'liq
Geografiya atamalari.2003

Oreyentirlash - yer yuzidagi ma’lum bir joyga nisbatan noma’lum bo’lgan joyni aniqlash.
Organik nurash- tog’ jinslarining organizmlar (o’simlik, hayvonot dunyosi, mikroorganizmlar) ta’sirida yemirilishiga aytiladi.
Organogеn – biolitlar, organolit, organizm (Xayvonot va o’simliklar) hayot faoliyatlari qoldiqlaridan hosil bo’lgan cho’kindi jinslar.
Orientirlash - mo’ljal olish- joyda ufq tomonlarini topa bilish, quyosh, yulduzlar, joydagi alomatlarga qarab va kompos yordamida orientir olinadi.
Ornitologiya – asosan, hayvonlarning medisina sohasida kerakli bo’ladigan dori darmon uchun boqiladigan hududlarga aytiladi.
Orogenik – oros grekcha “tog’” degani, ya’ni tog’ vujudga keltiruvchi jarayonlar degani.
Orol - kuriklikning hama tomoni suv bilan uralgan va materikga nisbatan kichik bo’lgan qismi orol deb ataladi. Orollar paydo bo’lishiga ko’ra 3 guruhga: materik, vulkon va marjon orollarga bo’linadi.
Orollar yoyi - yoy shaklidagi qator orollarani hosil qilgan orollar guruhlari. Odatda materik yer po’sti bilan okean yer po’sti orasidagi oraliq mintaqadagi antiklinal (qabariq) burmalardan hosil bo’ladi. Masalan, Aleut, Kuril, Yapon orollari. Bunday orollar eni 40-50 km dan 200-400km gacha, uzunligi esa 1000 lab km ga boradi.
Osiyo – finikiyliklarning (assiriya) “osu” -sharq degan ma’noni bildiradi.
Ost-indiya - Kolumbning sayohatidan so’ng Karib dengizi orollari “Vest indiya” (G’arbiy Hindiston), ”Vest indiya” dan farq qilishi uchun Hindiston yarimorolidagi mamlakatlar (Sharqiy Hindiston)shunday atalgan.
Ostonalar - o’zan tagidan yer yuzasiga qattiq jinslar chiqib qolgan joylarda hosil bo’ladi.
Otonoq - har yer, har yerda kichik-kichik do’ngchalari bo’lgan tekislik. Eskirgan atama.
Ovchilik kadastri – ovchilikning u yoki boshqa ob’ektlari sifat va miqdor ta’rifi, tiklash dinamikasi, ovlashning ruxsat beriladigan normasi berilgan ma’lumotlar to‘plamidir; ovchilik kadastrlariga ov va baliq resurslari kadastri kiradi. 

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling