Qam - Shomon-Ko’k tangriga sig’inuvchi yakka xudolik dini.
Qayir - vodiyning allyuvial jinslardan tarkib to’gan keng, yassi va har yili suv ko’payganda suv tagida qoladigan qismidir. Daryoning yuqori qismida (tog’ daryolarida) qayir deyarli bo’lmaydi.
Qayta ishab chikarish - Ishlab chikarish tuxtovsiz xarakat kilishi va tiklanishi jarayoni.\
Qirg‘oq morenalari - muzlikdan hosil bshlgan tog‘ jinslari.
Qirg’oq bari (inglizcha-to’siq, sayozlik) - qirg’oqdan birmuncha narida qirg’oq bo’ylab cho’zilib ketgan kambar oqiziqlar polosasidan iborat. Barni hosil qilgan qumlarni suv to’lqinlari dengiz tagidan olib chiqadi. Dengizning barlar bilan ajrab qolgan qismi laguna (lotincha-ko’l) deyiladi.
Qirg’oq riflari - (gollandcha-suv tagidan yoki dengiz yuzasidan keskin ko’tarilib turadigan qoyalar) materik va orollarning qirg’oqlarini keng terrasa shaklida o’rab turadi. To’siq riflari quriqlikdan ma’lum masofada laguna orqali ajralib turadi. Katta to’siq rifi Avstraliyaning sharqiy qirg’og’i yaqinida joylashib, uzunligi 2000 km ga boradi. Lagunasining kengligi 35-140 km, chuqurligi 30-70 m.
Qishlok xujalik ishlari - Ekin va mevalarni parvarishlash, ulardan sifatli va yuqori xosil olish tadbirlari.
Qishloq – shahar aholi manzilgohlari talabiga javob bermaydigan barcha aholi manzilgohlari.
Qita – Er sharidagi kuruklikning katta kismlari.
Qiyoslash usuli - geomorfologik jarayonlarining ifodalanishidagi farqlarni, o’rganilayotgan ob’ektga ta’sir qiluvchi yetakchi omillarni aniqlab beradi.
Qizil il - ko’k ilga nisbatan materik etaklarida juda kichik (1% ga yakin) maydonni tashqil etadi. Uning tarkibida ham gil, il va mayda kvarts donachalari bor. Ular okean ostida juda keng maydonlarni (130 mln.km2) egallagan bo’lib, materikdan eng uzoq va chuqur joylarda to’planadi, rangining qizg’ish bo’lishiga sabab unda temir va marganets oksiddarining borligidir.
Qo’ltiqlar - okean va dengizlarning materik ichkarisiga kirib turgan qismi qo’ltiq deyiladi. Materik qirg’oqlarining parchalanishiga qarab qo’ltiqlar katta va mayda bo’lishi mumkin. Masalan: Meksika, Gudzon, Bengaliya, Katta Avstraliya qo’ltiqlari yirik qo’ltiqlar hisoblanadi. Koliforniya, Fors, Fin qo’ltiqlari esa nisbatan mayda qo’ltiqlar guruhiga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |