Qo’ng’ir ko’mir - sifati pastroq ko’mir. Tarkibida 55- 78% uglerod bor. Cho’kindi tog’ jinslari orasida qatlam hosil qilib yotadi. O’simlik qoldiqlaridan hosil bo’ladi. Q. k. gil moddalar aralashgani uchun serkul bo’ladi. Issiqlik berish qobilyati 5-6 ming kkal/kg. yoqilg’i o’rnida ishlatiladi, suyuq yonilg’i, yonuvchi gaz va boshqa kimyoviy ashyolar olinadi. Eng yirik konlari: Lena bo’yi, Kans-Achins, Maskva yoni, Germaniya, Chehoslovakiya, Xitoyda bor. O’zbekistonda Ohangarondan qazib olinadi.
Qo’riqxona - tabiat kompleksining bir qismi- hayvonlar, o’simliklar, foydali qazilma, noyob relef shakllari qonun asosida muhofaza qilinadigan joy. Ko’pchilik qo’riqxonalarda ov hayvonlari ham muhofaza qilinadi va ko’paytiriladi. U yerdagi hayvonlar va o’simliklar soni boshqarib turiladi. O’zbekistonda Chotqol tog’ o’tmoni, Zomin, Zarafshon, Nurota, Qizilqum, Bodayto’qay, Payg’ambarorol, Hisor, Kitob, Qo’hitangtog’ qo’riqxonalari tashqil qilingan.
Qo’shilmagan davlatlar – O’z tashqi siyosatida xarbiy siyosiy bloklarda va guruxlarda qatshanmaslik yo’lini tutgan mamlakatlar.
Qo’shma korxonalar – bu MDH hududida o’z mamlakatimiz va xorijiy firmalar ishtirokida yaratiladigan korxonalar.
Qonuniyatlar – barqaror, mustahkam, ko‘p marta takrorlanadigan hodisalar va jarayonlar bo‘lib, ularga xos ichki, muhim zaruriy, sabab-oqibatlar, doimiy, umumiy, o‘zaro sifat va miqdor aloqalarini ifodalaydi.
Qopchig’ay - tog’lardagi daryo oqib o’tuvchi chuqur tor dara.
Qora metallurgiya – temir rudasi qazib chiqarish, cho’yan, po’lat eritish, prokat va ferroqotishmalar ishlab chiqarishdan iborat.
Qora tuproklar - Mutadil mintakaning o’rmon-dasht va dasht zonalarida kup yillik utloklarda tarkib topgan tuproklar turi.
Qoramol chorvachiligi –CHorvachilikning yirik shoxli mollarni bokib kupaytiruvchi tarmogi.
Questa relef – monoklinal (qatlamlar bir tomonlama yotadi) strukturalarda questa relef bo’ladi. Ular odatda dissimetirik tuzilgan bo’ladi. Qatlamlar boshi ochilib qolgan yonbag’ir tik, qarama-qarshi, ya’ni qatlamlar qanotidagi yonbag’ir yotiq bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |