Abduhamitov geografik atamalar va tushunchalar
Download 0.77 Mb.
|
Geografiya atamalari.2003
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oligarhiya(yunon)
- Ona jins
- Oqim moduli
Okkupatsiya(lot) - bosib olish, ishg’ol qilish.
Oksidlar - bu guruhdagi minerallar kislorod bilan bog’langan bir yoki bir qancha metallar ionlarining birikmasidan iborat. Korund (A1203), shpinel, rutil va magnetit shunday oksidli minerallardir. Korund va shpinelning toza shaffof kristallari qimmatbaho toshlar hisoblanadi. Magnetit va rutildan temir va titan olinadi. Oligarhiya(yunon) - ozchilikning hokimiyati. Olmos - S. U barcha ma’lum bo’lgan minerallarning eng qattig’i hisoblanadi. Olmos kovalent bog’lanishga ega bo’lgan uglerod atomlaridan tuzilgan va uch o’lchamli struktura hosil qiladi. Ona jins - tuproq hosil qiluvchi tog’ jinslari. Tuproqning mineral tarkbiy qismi. Opportunizm(fr-lot) - qulay, manfaati murosa qilish, og’machilik. Opsion – bu nemischa «option» so’zidan olingan bo’lib, bu bitimda ishtirok etayotgan tomonlarning biriga qimmatli qog’ozlarning ma’lum bir miqdorini muayyan vaqt mobaynida belgilangan narxda sotib olish yoki kontragentga sotish huquqini beruvchi shartnomadir. Kontragent esa, mukofot evaziga ushbu huquqni amalga oshirish majburiyatini o’z zimmasiga oladi. Oqim moduli — daryo havzasining birlik yuzasi (1 km2) dan birlik vaqt (bir sekund) ichida litrlar hissobida hosil boladigan suv miqdori. Oqimlar - suv yuzasidan tebranma harakatlaridan iborat bo’lgan to’lqinlanishdan tashqari okean hamda dengiz suvlari uzoq - uzoqlarga oqib boradi. Ular okean va dengizlar oqimlari deyiladi. Okean oqimlarini hosil qiluvchi asosiy va kuchli shamollardir. Dunyo okeanidagi asosiy oqimlarning yo’nalishi muttasil va asosan, bir tomonga esuvchi havo oqimlariga bog’liq. Mana shuning uchun atmogidrosfera o’irkulatsiyasini bir butun deb qarash qabul qilingan. Orbita - lotincha orbita- yo’l, iz. Sayyoralar, dumli yulduzlar, oy, yerning sun’iy yo’ldoshlarining fazodagi harakat yo’li. Yerning O. si sayyoramizning quyosh atrofidagi yillik harakat yo’li. Yer O. sining uzunligi 939,488 mln. km, bu masofani yer sekundiga o’rtacha 28,765 km tezlikda 365,2422 sutkada bosib o’tadi. Ekssentriteti juda kichik – 0, 017 ga teng. Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling