Oykonimika - (yunoncha “oykos” –uy, turar joy, makon) deb ataladi. Oykonimlar tarkibiga shahar, qishloq, shaharcha, ovul, mahalla, guzar, ko’chalar kirib, joy nomlari orasida alohida ahamiyatga ega bo’lgan guruhni tashqil etadi.
Oykumena – (grekcha oykeo- “yashayman” “joylashaman”) yer yuzining aholi yashaydigan qismi.
Ozon – beqaror gaz va kuchli oksidlovchidir. Uning miqdori yer yuzasida juda kam, chaqmoqdan keyin hamda tog’larda balandlikka ko’tarilgan sari bir oz ortadi. Bu gazning asosiy massasi stratosferada to’plangan, u joyda azon pardasi hosil bo’lgan. Atmosferada yuqoriga ko’tarilgan sari havoning zichligi va harorati o’zgarib boradi.
Palaxsali tog’lar – millionlab yillar o’tishi bilan tog’ burmalari o’z egiluvchanligini yo’qotab, mo’rtroq bo’lib qoladi. Ichki kuchlar, Masalan: kuchli zilzila ta’sirida tog’ jinslari qatlamlari palaxsalarga ajralib ketadi. Bunday tog’lar palaxsali tog’lar deb ataladi.
Paleolit — (yunoncha paleos — qadimgi, litos — tosh) — qadimgi tosh davri, qadimgi jamiyat rivojlanishining alohida bosqichi. Dastlabki odam paydo bolgan vaqtdan (miloddan 3 mln yil avval) to yangi eramizdan avvalgi 12 ming yilliklarni o’z ichiga oladi. a) odamzotning paydo bo’lish davri 3 mln —700 ming yilni o’z ichiga oladi; b) ilk paleolit (ashel davri) —700—100 ming yilni o’z ichiga oladi; v) o’rta paleolit—miloddan avvalgi 100 — 40 ming yiliklar bolib, Muste davri madaniyati deb yuritiladi. g) yuqori (so’nggi) paleolit —miloddan avvalgi 40 — 12 ming yilliklar.
Paleontologiya - yunoncha paleos- qadimgi, logos-fan, ilm. O’tgan geologik davrlardagi o’simliklar va hayvonlarni, ularning rivojlanish qonuniyatlarini yerning tarixi bilan bog’lab o’rganadigan fan. P. tog’ jinslari yoshini aniqlashga, geologik o’tmishda organizmlar hayoti uchun sharoit qanday bo’lganini o’rganishga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |