Abdulla Avloniy turkiy guliston yoxud axloq so'zboshi o'rnida


Download 154.7 Kb.
bet7/35
Sana22.03.2023
Hajmi154.7 Kb.
#1286146
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   35
Bog'liq
abdulla avloniy turkiy guliston yoxud axloq

FATONAT


Fatonat aql egasi bo'luv demakdir. Aql insonlarning piri komili, murshidi yagonasidur. Ruh ishlovchi, aql boshlovchidur. Inson aqli ila din va e'tiqodini mahkam qilur, shariat hukmlariga bo'yunsunar. Aqlsiz jinni kishilar bularga bo'yun qo'ymas, shariatdan tashqari ishlarni ham qilur. Janobi Haq insonni hayvonlardan so'z va aql ila ayirmishdur. Hayvonlar o'zlariga bo'laklar tarafidan keladurgan zulm va jabrlarni shox, tish, tumshuq, tirnoqlari ila qaytarurlar. Lekin inson janobi Haq tarafidan berilmish aql va idroki soyasida o'ziga keladurgan zarar va zulmlardan saqlanur. Yer yuzidagi hayvonlarni asir qilub, bo'ynidan boylab, iplarining uchini qo'llariga bergan insonlarning aqlidur.
Ilm insonlarning madori hayoti, rahbari najotidur. Ilm o'rganmak, olim bo'lmak uchun maktabga kirmak, muallimdan ta'lim olmak lozim. Aqlsiz kishilar na maktabga kirar va na muallimni bilar. Rasuli akram nabiyyi muhtaram sallollohu alayhi vasallam afandimiz: «Ey insonlar! Aqlingizga tavoze' qilingiz. Siz janobi Haq buyurgan va qaytargan narsalarni aqlingiz ila bilursiz», — demishlar. Hukamolardan biri: <Aq/dek zebo sifatni ko'rdi Haq, insonga eb, Oqi/ inson/ar bi/an berdijahon-o/amga zeb Aq/ nuri bir/a to'/di dunyoga i/m-u hunar,
Aq/siz inson qachon bi/g'usidur naf'-u zarar?
Aq/siz/ar bi/magay/ar din nadur, dunyo nadur? Bo'/masa aq/i bi/urmi farz fla sunnat nadur?

DIYONAT


Diyonat alloh huzurina yaqin qiladurgan muqaddas e'tiqoddurki, olamda mundan suyukli narsa yo'qdur Din va e'tiqodi salomat bo'lmagan kishilar haqni botildan, foydani zarardan, oqni qoradan, yaxshini yomondan ayira Olmas, munday kishilardan na o'ziga va na boshqa kishilarga, va na millatga tariqcha foyda yo'qdur. Din janobi Haq tarafidan bandalari uchun qurilmish to'g'ri yo'ldurki, banda dunyo va oxiratda bu yo'l ila sohili salomatga chiqar. Din ulamolari diniy kitoblarda Alloh taologa ibodat qilishning yo'l va qoidalarini bayon qilmishlar. Ibodat ikki turli bo'ladur: Biri tan ibodati, ikkinchisi ruh ibodati. Tan ibodati tahorat, namoz, ro'za, zakot, haj kabi amallardurki, bularning har birini o'z vaqtida shariatga muvofiq ravishda minnat qilmasdan, riyo qilmasdan dilni poklab, niyatni xolis qilub, shavq va zavq ila ado qilmoq lozimdur. Ruh ibodati qalb ila ado qilinadurgan ibodatdurki, e'tiqodni mahkam, dilni pok qilub, Qur'on, Hadis, fiqh kabi diniy kitoblar oqilganda jon qulog'i ila tinglab asarlanmakdur. Bir kishi tan ibodatini qilub, ruh ibodatini qilmasa, yo ruh ibodatini qilib, tan ibodatini qilmasa o'z vazifasini ado qilmagan bo'ladur. Aql din ila, din amal ila, amal taqvo ila kamol topar. Din insonlarning dilidan saxovat, marhamat, shafqat, ulfat, muruwat eshiklarini ochub, saodat va salomat bo'stoniga Olib borur. Rasuli akram nabiyyi muhtaram sallollohu alayhi vasallam afandimiz: <Pok qi/gi/ diningni, imoningni,
Qu/ huvar-rahmon omanno bih.
Diningni yoqmasun havas zinhor, Va qino rabbano azoban-nor.

Download 154.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling