Abdulla Avloniy turkiy guliston yoxud axloq so'zboshi o'rnida


Download 154.7 Kb.
bet6/35
Sana22.03.2023
Hajmi154.7 Kb.
#1286146
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
Bog'liq
abdulla avloniy turkiy guliston yoxud axloq

AXLOQ TARBIYASI


Axloq tarbiyasi: insonlarga eng muhim, ziyoda sharaf, baland daraja berguvchi axloq tarbiyasidur. Biz avvalgi darsda tarbiya ila dars orasida farq bor, deduk, chunki dars oluvchi-biluvchi, tarbiya oluvchi-amal qiluvchi demakdur. Shuning uchun tarbiya qiluvchi muallimlarning o'zlari ilmlariga omil bo'lub shogirdlarga ham bergan darslarini amal ila chaqushturub o'rgatmaklari lozimdur. Bu ravishi ta'lim ila berilgan dars va ma'lumot shogirdlarning diliga tez ta'sir qilub, mulloyi boamal bo'lurlar.
Rasuli akram nabiyyi muhtaram sallollohu alayhi vasallam afandimiz: «Eng yomon kishilar ilmiga amal qilmaydurgan kishilar», — demishlar. Agar tarbiya qiluvchi muallim o'zi olim bo'lub amalsiz bo'lsa, buning ham shogirdlarning axloqiga zo'r ta'siri bo'ladur. «Domlaning o'zi falon joyda falon ishni qildi. Ammo bizlarga qilmanglar, haromdur, deb va'z etadur», deb fikr va xayollariga bo'yla shak va shubha tushub qoladur.
Minbar uzraji/va ay/ab va 'z etar/ar qi/ma deb,
O'z/arin xi/vatda ko'rsang oni qi/moqda emish.
Ichma suv der/ar biza o/tun-kumush asbobda,
Bi/samiz maqsud/ari qo'/tuqg'a urmoqda emish.

YAXSHI XULQLAR


Yaxshi xulq: bir qismi o'z nafsimizga, bir qismini bir-birimizga qarshu ishlatmak uchun kerakli bo'lgan yaxshi xulqlar: fatonat, diyonat, islomiyat, nazofat, g'ayrat, riyozat, qanoat,shijoat, ilm, sabr, hilm, intizom, miqyosi nafs, vijdon, vatanni suymak, haqqoniyat, nazari ibrat, iffat, hayo, idrok va zako, hifzi lison, iqtisod, viqor,xavf va rajo, itoat, haqshunoslik, xayrixohlik, munislik, sadoqat, muhabbat va afvdur. Mana bu yozdig'imiz yaxshi xulqlar aql va shar'i sharifga muvofiq. Alloh taolo ham bandalar qoshida maqbul va mu'tabardur. Emdi bu yaxshi xulqlarni qo'lga olmak uchun ota-ona, muallim ustodlarimiz hazratlarining hikmatli nasihatlarini jon qulog'i birla tinglab, doim xotirda tutmoq, axloqi yaxshi kishilar birla ulfat bo'lmak, axloqi buzuq yomon kishilardan qochmak lozimdur. Bizim shariati islomiyada «axloqi hasana» — yaxshi xulqlar ila xulqlanmak, har narsaga ibrat ko'z ila boqub, xulqini tuzatmak vojibdur. Rasuli akram nabiyyi muhtaram sallollohu alayhi vasallam: «Islomiyatda buzuqlik yo'qdur, buzuqlikni ustiga oluv ham yo'qdur. Islomiyatda eng mu'tabar kishilar yaxshi xulq egalaridur», — demishlar.
Yaxshi bir/a yursa, har kim maqsudi hosi/ bo'/ur,
Yursa nodon/ar i/a, bir kun borib qoti/ bo'/ur.
Katta/ar qi/gan nasihatni kichik/ar o/masa,
Oqibat xu/qi buzuq bir beadabjohi/ bo'/ur.

Download 154.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling