Tadqiqotning ilmiy yangiligi. XX va XXI asr adabiyotshunosligida Abdulla Oripovning ham o‘ziga xos o‘rni mavjudligini ko‘rsatib berish bilan bir qatorda, shoirning adabiy-estetik qarashlarini tahlil qilish jarayonida yozuvchi va davr munosabatlariga hamda badiiy asar yaratish jarayonidagi ijodiy xislatlarni yuzaga chiqarishdan iboratdir. Shuningdek Abdulla Oripovning jahon adabiyotining yirik nomoyondalari va ularning badiiy asarlari haqidagi mulohazalariga munosabat bildirish orqali shoirning adabiy-estetik ijodkor shaxsiyati, Iste’dod sohiblarining ma’lum bir qirralarini yoritish imkonini beradi. Shoirning adabiy-tanqidiy qarashlarida ijod va ijodiy jarayon haqidagi qarashlar yetakchilik qiladi. Bu tushunchalarga asoslangan holda Abdulla Oripovning adabiy-tanqidiy mulohazalarida teran mushohadalar mavjudligini ko‘rsatib berish bitiruv malakaviy ishimizning ilmiy yangiligini belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |