Tadqiqotning maqsad va vazifalari. Ishdan kuzatilgan asosiy maqsad, Abdulla Oripovning ijod va ijodiy jarayon haqidagi qarashlarini, talant, ilhom, yaxshi asar yaratish jarayonidagi ijodkor istiroblarini tahlil qilish jarayonida shoirning o‘ziga xos badiiy mahoratini yoritishdan iboratdir. O‘z navbatida, ushbu maqsadni amalga oshirish quyidagi vazifalarni yuzaga chiqarishni taqozo etadi:
- shoirning badiiy-estetik tafakkur taraqqiyotidagi no‘ziga xos badiiy mahorati haqida so‘z yuritish;
- Abdulla Oripovning adabiyotimiz taraqqiyotini belgilovchi adabiy-tanqidiy qaqrashlariga munosabat bildirish;
- Abdulla Oripovning zamondosh ijodkolar haqidagi fikr va tushunchalarini izohlash va tahlilga tortish;
- shoirning ustozlari haqidagi qarashlarini yoki ularning badiiy asarlari haqidagi xolisona fikr yuritgan tushunchalariga munosabat bildirish;
- shoirning istiqlol adabiyoti va uning taraqqiyoti haqidagi ilmiy-nazariy qarashlariga to‘xtalib o‘tish va shogirdlari hamda Iste’dodli ijodkorlar haqidagi turli xil fikr va tushunchalariga asoslangan holda mulohaza yuritishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |