Abdulla oripovning adabiy tanqidiy qarashlari bitiruv malakaviy ishi


-BOB SHOIRNING SHOGIRDLARI HAQIDAGI ADABIY-TANQIDIY QARASHLARI


Download 209.5 Kb.
bet8/10
Sana02.01.2022
Hajmi209.5 Kb.
#193119
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Abdulla oripovning adabiy tanqidiy qarashlari.

3-BOB

SHOIRNING SHOGIRDLARI HAQIDAGI ADABIY-TANQIDIY QARASHLARI.

O`tmishi buyuk xalqning kelajagi shunga yarasha bo`lishi oddiy hayot haqiqatiga aylangan. Adabiyotda ham shu: buyuk o`tmish – kelajak poydevori bo`lib xizmat qiladi. “Betakror o`zlik”da o`zligimizni namoyon etishga qodir shoirlar, adiblar va munaqqidlar ijodi tahlilu talqin qilinadi. “Xotima-xotira asar” sarlavhali maqolasida hayotning past-balandini nozik his qiladigan san’atkor adib Sadriddin Ayniy hayoti va ijodi tadqiq etilgan bo`lsa, “Abdulla Qahhor universiteti” maqolasida buyuk adibning ijod maktabi haqida so`z boradi. “Abdulla Qahhor o`nlarcha betakror, o`z mohiyatiga ega timsollarni yaratgan san’atkordir,– deb yozadi muallif.– Yozuvchi yaratgan adabiy universitetning hali uzoq yashashiga, kishilarni ma’nan-ruhan tarbiyalashiga shubha yo`q”. Kitobdan o`rin olgan “Hamid Olimjon she’rlarida diyor madhi”, “Intellektual siymo”, “Hazrati inson yodi”, “Yozuvchi taqdiri – adabiy avlod tarixi”, “Asarlari yashayaptiki…” sarlavhali maqolalarida adabiyot osmonida yorqin iz qoldirib ketishgan Hamid Olimjon, Asqad Muxtor, Rahmat Fayziy, Ramz Bobojon, O`lmas Umarbekov, O’tkir Hoshimov sigari siymolar ijodi bugungi kun nuqtai nazaridan tahlil qilinadi. Eng muhimi, o`sha shoir va adiblarning davrlar sinovidan o`tgan va ayni damlarda ham maroq bilan o`qilayotgan o`nlab asarlariga xolis baho berilib, ibratli jihatlari ko`rsatiladi.

Dunyo xalqlari adabiyotiga nazar tashlar ekanmiz, inson xarakteridagi va jamiyatdagi o’zgarish hamda evrilishlarni asrlar davomida badiiy talqin etganligini kuzatamiz. Shu ma’noda istiqlolga erishish jarayoni ham murakkab kechgani, yillar davomida erk va ozodlikni ijodkorlarimiz tarannum etishi ham bejiz emas. Mustaqillik yillariga kelib esa adabiyotimiz turfa xil shakl va ohanglarda o’z aksini topmoqda. Prezidentimiz I.A.Karimov qayd qilib o’tganidek: “Ijod-bu o’zini qiynash, mashaqqat chekish, huzur-halovatdan voz kechish, tom ma’noda fidoiylik demakdir. Chinakam yozuvchi odamlarning dard-u g’ami bilan yashashi, xalq ichiga kirib borishi, o’zi uchun ilhomni, yangi mavzularni shu hayotdan, unda bo’layotgan o’zgarishlardan olishi kerakligini barchamiz yaxshi bilamiz”.12

Keying yillar adabiyotida chinakam ijod qilish, haq so’zni, haqiqatni aytish erkinligi keng qamrovda rivojlandi. Shuning uchun O’zbekiston Qahramoni Abdulla Oripov “Adabiyot va zamon” maqolasida quyidagi fikrlarni ilgari suradi: “Sho’rolar davrida milliy qadriyatlarimiz, moziydagi qahramonlarimiz qariyib qalamga olinmas, olinganda ham ular sinfiylik va partiyaviylik nuqtai nazaridan tahlil etilar, qoralanardi, xolos. Diniy e’tiqod esa butunlay manfiy tushunchaga aylantirilgan edi. Bir yoqlamalik, yuzakilik adiblarimizni bir xil ovozda, bir xil ohangda kuylashga o’rgatib qo’ygan edi. Faqat baxtni va saodatni kuylash, aslida yo’q yorqin kelajakni ulug’lash odat tusiga aylangan edi. Inson hayotidagi turli iztiroblar, ziddiyatlar, mag’lubiyatlar qatag’on mavzu hisoblanar, ular also rag’batlantirilmas edi”.13

Darhaqiqat, mustaqillik yillariga kelib, tarixga, tarixiy shaxslar obraziga haqqoniy yondashish an’anasi yetakchilik qildi. Chunki tuzumning o’zgarishi, jamiyat evrilishlari badiiylik mezonlarining yangilanishiga, obrazlar tizimida jiddiy o’zgarishlar ro’y berishiga kuchli ta’sir ko’rsatganligini ham qayd etish lozim. Ijodkorlar olam, odam haqida avvalgidan o’zgacharoq fikrlash mumkinligini angladilar va shu yo’lda jiddiy o’zgarishlarning mahsuli bo’lgan badiiy asarlar maydonga keldi. “ Davr va adabiyot muammosi g’oyat murakkab hodisadir. Chunki zamonning asosiy belgisi uning tinimsiz harakatdaligi, o’zgarib turishi bo’lsa, asl adabiyotning bosh xususiyati uning o’zi yaratilgan zamonga qaraganda ko’proq yashashga intilishi, barqaror bo’lishga urinishidir… Ayni vaqtda, o’tgan yillar shunday salmoqqa, shunday o’zgaruvchilik qudratiga egadirki, xalq psixologiyasi, dunyoni idrok etish, tushunish va tushuntirish tarzida shunchalik katta o’zgarish yasadiki, avvalgi bir necha o’n yillarda ham bunday qilib bo’lmasdi”14,- deb yozadi adabiyotshunos olim Qozoqboy Yo’ldoshev.

Insoniyat tarixining uzoq davrlar mobaynida yaratilgan badiiy asrlar hech qachon hamma uchun birday tushunarli bo’lmaydi. Shu jihatdan keying yillar badiiy adabiyotida syujet jihatidan murakkab xaraterga ega bo’lgan asarlar maydonga kelmoqda.



Taniqli adabiyotshunos olim Ozod Sharafiddinov tanqidchilik talanti haqida fikr yuritar ekan, uning birinchi elementi sifatida adabiyotdagi go’zallikni, g’oyaviy va badiiy boylikni his qila bilishni ko’rsatadi.

Suhbatdoshning "Ma’lumki, adabiyotda ijodiy qiyofa bilan insoniy qiyofaning to’la muvofiq kelishi juda kam uchraydigan hodisadir. Maqolalaringizda alohida ta’kidlanganidek, ko’p yozuvchi va shoirlarning "men"ligi yozgan fikrlari, yaratgan qaxramonlariga xos axloqiy-ma’naviy fazilatlardan keskin farqlanadi. Ana shu tafovut esa kitobxon nazarida har qanday iste’dodli ijodkor obro’-e’tiborini bir pulga aylantiradi. Biz istaymizmi, istmaymizmi, bundan adabiyotga ishonch ham shikast topadi. Mumtoz adabiyotimiz namoyandalari ijodini chuqur bilgan va ularning an’analariga sodiq qolgan Oybek asarlari, hayoti, ijodi bilan shaxsiyati orasida ichki bir uyg’unlik, o’zaro ohangdorlik borki, undan har qancha o’rgansak oz. Oybek hayotda qanday bo’lsa, yozgan asarlarida ham shunday: samimiy, halol, irodali, oq ko’ngil... Uning shaxsiyatida sun’iylik, soxtakorlik, yolg’on yo’q. Davrning ayovsiz bo’ronlari, riyokor kimsalar kilmishlari uning buyuk shaxsiyatini parchalay olmaydi. U qorong’u kunlardan nur, yomonlikdan yaxshilik qidirib yashaydi",- degan mulohazalariga munaqqid shunday javob beradi: "O’zni adabiyotga butkul bag’ishlash, har qanday sharoitda adabiyotga xolis va vijdonan xizmat qilish uchun faqat iste’dodli bo’lish, fakat iste’dodga tayanish yetarli emas ekan. Iste’dodni sindirish, so’ndirish, Haq yo’lidan bemalol chalg’itib, qo’g’irchoqka aylantirish mumkinligiga tarix ko’p guvohlik berishini olim ta’kidlaydi. Insoniy qiyofa bilan ijodiy qiyofa orasidagi farq ham ana shu sinish, so’nish va chalg’ishdan dalolatdir. Adabiyotning kuch-quvvati, ravnaqi uchun bu, albatta, ziyon, albatta, yomon.



Oybekning shaxs va ijodkor sifatida kamol topishini Abdulla Qodiriy, Cho’lpon, Fitrat, Ayniy, Abdulla Qahhor, Maqsud Shayxzoda singari ulug’ zamondoshlarining insoniy va ijodiy taqdiridan ajratilgan holda tasavvur etib bo’lmasligini aytar ekan, bu buyuk ijodkorlarga ham yuqori baho beradi. "Mening shaxsiy xulosam bo’yicha, yigirmanchi asr o’zbek adabiyoti yetishgan Birlik, chin ma’nodagi ijodiy maslakdoshlik tuyg’usini barqaror etishda Oybek markaziy siymolardan hisoblanadi. Zero, Oybek kattadir-kichikdir, hech bir iste’dodning yutuqlariga g’ashlanib qaramagan, guruhbozlik qilmagan, yolg’iz men zo’rman va haqman deya tunu kun o’z shaxsiyatini ilgari surishga berilmagan".15

Haqiqatan ham shoirning bu so’zlari o’quvchini Oybek siymosiga yanada yaqinlashtiradi. Shu o’rinda tanqidchi Oybekning boshqalardan farq qiluvchi tomonlarini ochishga ham katta e’tibor qaratadi. Oybek singari zotlarning boshqalardan asosiy farqi o’sha ko’zga ko’rinmas mohiyatning gavharday tozaligi va favqulodda yorkinligidadir. Oybekning nurga, ziyoga, oy, quyosh, yulduzlarga oshig’lig’ining sirlarini, eng avvalo shundan axtarish kerak, deb hisoblaydi.

Oybek haqida so’z yuritar ekan, u yashagan zamonga munosabatini ham ochiq aytib o’tadi. U sho’ro zamonida yashab ijod etgan san’atkorlarning ko’pchiligi qaysi g’oya, qaysi mavzularda qalam tebratgan bo’lsa, Oybek ham taxminan shular to’g’risida yozganligi, bundan boshqacha bo’lishi mumkin emasligini to’g’ri ta’kidlaydi. "O’zni cheklash, umumiy yolg’on va madhiyabozliklarga majburan aralashish, chaladan chala haqiqatlarga zoxiran ko’nikish, kishan va qafasni eslatib turguvchi extiyojlardan ezilish - shular Oybek qalbini g’am-g’ussaga chulg’agan. Ammo mutafakkir adib haqiqat axtarishdan tinmagan. Oxir-oqibat bilsaki, haqiqat soqov, inson esa zaif va kuchsiz ekan.

Iste’dodli shoir Abdulla Oripov Oybekning "turk ulusi, xalqi muncha ezilding? Faqirlik, g’ariblik oshgan haddidan" deb aytgan usmonli turk eli haqidagi misralari o’z jafokash ulusiga ham tegishli ekanligini to’g’ri qayd etadiki, bu mulohazalar Oybekday buyuk inson, qalbi dardu hasratga to’la shoirni tushunishda ochqich vazifasini o’tay oladi. Munaqqid Oybek haqida so’z yuritar ekan, u yashagan zamonga munosabatini ham ochiq aytib o’tadi. U sho’ro zamonida yashab ijod etgan san’atkorlarning ko’pchiligi qaysi g’oya, qaysi mavzularda qalam tebratgan bo’lsa, Oybek ham taxminan shular to’g’risida yozganligi, bundan boshqacha bo’lishi mumkin emasligini to’g’ri ta’kidlaydi. "O’zni cheklash, umumiy yolg’on va madhiyabozliklarga majburan aralashish, chaladan chala haqiqatlarga zoxiran ko’nikish, kishan va qafasni eslatib turguvchi extiyojlardan ezilish - shular Oybek qalbini g’am-g’ussaga chulg’agan. Ammo mutafakkir adib haqiqat axtarishdan tinmagan. Oxir-oqibat bilsaki, haqiqat soqov, inson esa zaif va kuchsiz ekan.

Yoki tanqidchi Oybekning "turk ulusi, xalqi muncha ezilding? Faqirlik, g’ariblik oshgan haddidan" deb aytgan usmonli turk eli haqidagi misralari o’z jafokash ulusiga ham tegishli ekanligini to’g’ri qayd etadiki, bu mulohazalar Oybekday buyuk inson, qalbi dardu hasratga to’la shoirni tushunishda ochqich vazifasini o’tay oladi.

Tanqidchi agar bugun birov mendan: "Sen qiyomatda nima bilan faxr etgaysan? ", deb so’rasa, ishoning, "Oybekday sodiqlarning ko’ngli bilan", deb javob bergan bo’lardim, - deydi. Oybekning ko’ngli – chin go’zallik va sevgi chashmasi, mehr va shafqat gulshani, ijod va ilhom ummoni. Lekin u haqda qancha gapirmang, baribir ta’rifu tavsifga sig’dirib bo’lmaydi uni. Olim ustoz Ozod Sharafiddinovning Oybek haqidagi "Millatni uyg’otgan adib" nomli maqolasidan bir ko’chirma keltiradi: "Ehtimol, biroz mubolag’a bo’lar, lekin o’ylaymanki, yozuvchilar orasida XX asrda ikkita komil inson bo’lsa, ularning biri Oybekdir, agar bitta bo’lgan bo’lsa, u ham Oybekdir". Va munaqqid bu fikrga yuz foiz qo’shilishini tan oladi. O’zini "So’nggi darvesh" sanagan Oybek hali to’la kashf etilmagan Sir ekanligini, "Oybek quyosh va oy sog’inchiga sohib muazzam bir O’lka" ekanligini qayta-qayta ta’kidlaydi. Oybek ijodiga bag’ishlangan bu suhbatlarni o’qir ekan, kitobxon XX asr o’zbek adabiyotining chinorlaridan biri bo’lgan shoir va adib haqida yangicha qarashlarga, talqinlarga ega bo’ladi, Oybekni o’zi uchun qayta kashf etadi.

Har bir suhbatda olimning katta bilim va mahoratga ega ekanligi yaqqol namoyon bo’ladi. Suhbatlardagi tahlillar sermazmunligi, o’ziga xos qarashlar va mushohadalarga boyligi bilan o’quvchi e’tiborini tortadi. Bu haqda professor To’ra Mirzayev shunday yozadi: "Taniqli adabiyotshunos olimning barcha suhbatlari bir joyga yig’ilib, yaxlit kitob holiga keltirilganligining o’zi alohida ahamiyatga ega. Zero, suhbat shunday bir janrki, unda ijodkorning, olimning o’ziga xos qiyofasi yanada yorqinroq namoyon bo’ladi7. Haqiqatan ham adabiy-tanqidiy suhbat-muloqotning eng ixcham shakllaridan biri bo’lganligi uchun adabiyot rivojida, badiiy asarning yuksakligi uchun kurashishda muayyan darajada ahamiyatga ega. Adabiy-tanqidiy suhbat suhbatdoshlar – ijodkorlarning kimligini, qalbi va ijodiy qiyofasini chuqurroq anglab olish uchun kitobxonga yordam beradi. Shu bois ikki shaxsning – yozuvchi va tanqidchi yoki ijodkor bilan ijodkorning badiiy ijod sirlari, adabiyot muammolari haqidagi erkin muloqotidan iborat bu janr keng rivojlanib bormoqda, uni taraqqiy ettirishda olim suhbatlarining alohida o’ringa egaligini ta’kidlash lozim.

XX asr o’zbek adabiyotining iste’dodli vakillari haqidagi qarashlari bu davr adabiyotining o’ziga xosligini ko’rsatishga xizmat qilgan. To’g’ri, sharq mumtoz adabiyoti haqidagi mulohazalar bilan bir qatorda o’sha davr badiiyatini tahlil qilishga harakat qilganligini kuzatamiz. Mumtoz badiiy adabiyotning taraqqiyotida o’ziga xos tamoyillarini tahlil qiluvchi adabiy – tanqidiy suhbatlar bilan birgalikda, keyingi davr adabiyotining iste’dodli ijodkorlar haqidagi mulohazalari ham yetakchilik qiladi. Adabiyotda millat ruhi butun murakkabligi va ziddiyatlari bilan aks etadi. Adabiyot millatning qalb dardlariga malham topadi". Tanqidchi shu jihatdan o’z oldiga bir necha savollar qo’yadi va unga A.Qahhorning so’zlari bilan javob beradi. Olim mustaqillik arafasida, ma’lum bir muddat undan keyin ham G’.G’ulom, Oybek, H.Olimjon, A.Qahhor kabi buyuk adiblarning ijodiga bepisand qaraganligimizni, ularning ijodiy yutuqlari, adabiyotning adabiyot bo’lishi uchun chekkan zahmat va azoblari nazarga ilinmaganligidan afsus chekadi. Bundan nimaga erishdik deb o’z oldiga savol qo’yadi. "Ikki jumla fikrni bundoq eplab yozolmaydigan, adabiyotning mohiyatini nihoyatda yuzaki tushunib qog’oz qoralaydiganlarning safi kengayib ketdi". Tanqidchi agar A.Qahhor yoki Oybek nigohi ila badiiy ijodga qaralganida, ular yaratgan ijod maktabidan ta’lim olib, tajribalaridan xulosalar chiqarilganida bunday ahvol ro’y bermasligiga ishonadi. Beixtiyor uning xotiriga A.Qahhorning so’zlari keladi: "Adabiy asar yozish uchun, hech shubhasiz, talant kerak. Lekin yozilgan narsani o’chirish, kitobxonga zarur narsanigina qoldirish uchun talantning o’zigina kifoya qilmaydi, insof ham kerak".



Munaqqid maqola mohiyatidan kelib chiqib, asosiy diqqatini A.Qahhorning jasorati, shijoatini tahlil qilishga qaratadi. Shuning uchun u adibning "Yoshlar bilan suhbat" kitobidan Said Ahmadning "Tortiq" nomli hikoyalar to’plamiga bag’ishlangan maqolasi haqida fikr yuritadi. A.Qahhor o’sha maqolada yozuvchining vazifasi faqat yaxshi asarlar yozish bilan cheklanmasligi, "adabiyotni har qanday balo-qazodan qo’riqlash, adabiyotning sergak, jasur posboni bo’lish" uning vazifasiga kirishi haqida gapirganligi qayd qilinadi.

Munaqqid A.Qahhorning hayotda ham, badiiy ijodda ham o’z haqiqatlarini topgan, shu haqiqatlar uchun sabot bilan kurashgan san’atkor ekanligini ta’kidlaydi. "Barcha buyuk yozuvchilardek, Abdulla Qahhorning ham shaxsi - ijodiga, ijodi-shaxsiga bir ko’zgu. Adib ijodini sevgan, albatta, shaxsiga maftun bo’ladi, shaxsini bilgan - uning ijodidan ajralolmaydi. Haq va hakiqat karshisida tili qisqa, yuzi shuvut bo’lmagan yozuvchi borki, ularning bari o’z so’zi va erkiga hokim. Abdulla Qahhor shunday benazir yozuvchi edi".16



Adabiyotshunos olimning adib haqidagi fikrlarida o’ziga xos tahlillar yetakchilik qiladi. A.Qahhorning inson va yozuvchi sifatidagi qirralarini tadqiq etar ekan, yozuvchi ijodini chuqur o’rgangan rus olimasi I.Borolina, O.Sharafiddinov, K.Simonov, Sh.Xolmirzayevning fikrlaridan misollar keltiradi. Ularning qalb so’zlari adib qiyofasini ochishda katta yordam beradi. Tanqidchi yozuvchining realistligi, obraz yaratishda sun’iylik va soxtakorlikka toqat qilolmaganligini ta’kidlaydi. Uning quyidagi so’zlarini hali qahhorshunoslikda hech kim aytmaganligi ham I.Haqqulovning adib haqida yangi fikr aytish yo’lidagi izlanishlarining samarasi deb qarash mumkin. Tanqidchining A.Qahhorning keskinligi to’g’rilik va haqiqatdan kelib chiqqan, to’g’rilik va rostlik uning tarbiyachisi, haq va haqiqat uning yo’lboshchisi bo’lgan deydi. Abdulla Qahhorning borligi-tirikligining o’zi o’rtamiyonachilik, talantsizlik, kitobxonga nazar-pisand etmaslikka qarshi bir qalqon bo’lgan. Faqat yaxshi asar yozishni emas, g’oyaviy nochor, badiiy yaroqsiz asarlarga yo’l bermaslikni ham u burch deb hisoblagan. Unga ko’ra yozuvchi adabiyotga ikki xil kiradi: birinchi asari bilan tutab, ikkinchisi asari bilan yashnab. "Tutab kirgan yozuvchi uzoq tutaydi, ko’nglidan chiqarib emas, qornidan chiqarib asar yozadi, yozuvchilik umrining oxirigacha tutaydi...Yozuvchilikka cho’g’day yashnab kirgan ijodkor asardan-asarga yashnay beradi, oxirda abadiy so’nmas o’tga aylanadi". Adibning bu so’zlarini davom ettirar ekan, munaqqid bugungi kunda adabiyotimizda yo’l qo’yilayotgan nuqsonlarga ham to’xtalib o’tadi. Adabiyotga "o’g’ri mushukday tuynukdan kiradigan"lar dastidan bugungi kitobxonning saviyasi tushib ketganligi munaqqidni tashvishlantiradi. U o’z-o’ziga savol beradi: Shunday ahvolga Abdulla Qahhor chidarmidi? Loqayd qaray olarmidi? Dushman orttirish yoki qandaydir imtiyozlardan ayrilib qolishdan cho’chirmidi? Shu o’rinda olim adibning o’limi oldidan shogirdi Shuhratga aytgan so’zlarini keltiradiki, ular tanqidchining savollariga javob bera oladi.

Abdula Oripov o’z mulohazalarini dalillash uchun adibning maqolalarida yozilgan fikrlaridan misol keltiradi, uning adabiyot, so’z mas’ulligi, ona tili jozibasi haqidagi mulohazalariga munosabat bildiradi. Abdulla Qahhorning so’zga munosabati, so’z qo’llash san’ati, so’zga behad xasisligi, so’zni xaddan ziyod tanlab ishlatishi alohida ahamiyatga ega ekanligini takidlaydi. Adabiyotshunos I.Haqqulov qayd qilganidek: “Abdulla Qahhor hayotda ham, badiiy ijodda ham o’z haqiqatlarini topgan, shu haqiqatlar uchun sabot bilan bilan kurashgan san’atkordir. Bu haqiqatlar uni qattiq qiynagan, qalbida og’ir-og’ir tebranish va tortishuvlar paydo qilgan. Ammo u ongli hayoti va iste’dod quvvatini ayni shu haqiqatlarga bag’ishlagan. Ko’nglini nuravshon aylagan shu haqiqatlarga suyanib, Abdulla Qahhor ma’nan ulg’aygan, ma’nan ulg’aygan sayin esa shu haqiqatlarning boqiyligidan ilhomlangan”.

Darhaqiqat, Abdulla Qahhor o’z davrining iste’dodli va shijoatli shaxsi edi. Adabiyotshunos bu tushunchalar bilan bir qatorda, adib shaxsidagi shijoatni, fidoiylikni teran anglay olgan. Shuning uchun ham O. Sharafiddinov olim fikrlarini his eta olgan, balki unga maktub yo’llashga ham fikrlarning o’zaro uyg’unligi sabab bo’lgandir.

Munaqqid adibning "Sarob" romaniga ham to’xtalib, unda sirli-sehrli bir ruh borligiga diqqatini qaratadi. Ilk o’qishda romanning tub mohiyatiga yetarli darajada tushunmaganligini tan oladi, ammo Saidiy ham, Munisxon ham unga yoqqan. Olimning asar haqidagi fikrlari ohorliligi bilan kishi diqatini o’ziga tortadi.

Munaqqidning vazifasi faqat yoshlarning ijodiga emas, balki nomdor yoki keksa yozuvchilar asarlariga ham xayrixohlik bilan munosabat bildirishdan iboratdir. Shundan kelib chiqib, I.Haqqulov talabchan tanqidchi sifatida A.Qahhorning adabiy tanqidga munosabatiga ham diqqatini qaratdi. O’zbek tanqidchiligida "noqislik tamali nima deyilsa, ikki so’z bilan javob bersa bo’ladi: saviya va jur’at". Abdulla Qahhor esa munaqqidning saviyasi va jur’ati masalasila jon kuydirib so’zlaganligini ta’kidlaydi. Dardsiz, ehtirossiz yozilgan asarlarni maqtaydigan saviyasiz tanqidchilar xaqida aytgan: "Bu toifa tanqidchilar o’qib bo’lmaydigan, badiiy jihatdan g’oyatda g’arib bo’lsa ham, ro’y-rost g’oyaviy xatosi" yo’q kitoblarni axtarib yurib, ular to’g’risida madhiyalar yozib o’rgangan, shuni kasb qilib olgan" degan so’zlarini keltiradi. Haqiqatan ham, bu fikrlar bugun ham eskirmagan, va bugun ham xuddi shunday tanqidchilar tiqilib yotgan davrda ogohlikka chaqirganday bo’ladiki, yozuvchilarga xos fazilatlarni A.Qahhor jasoratida kuzatadi: “A.Qahhorga xos sokinlik, mulohazakorlk va teranlikga yetishmoq uchun qancha bilim, mushohada, qancha hayotiy tajriba va dard zarurligini keyinroq – ancha vaqt o’tgach angladim. Mana, yosh ham ellikdan o’tib, oltmishga qarab chopayotir. O’ttiz yildan ortiq vaqtdan buyon poytaxtda yashayman. Qancha – qancha yozuvchi, shoir, san’atkor va olimlar bilan uchrashdim, yaqindan tanishdim, muloqotda bo’ldim. Ayrimlarning yubiley tantanalarida ishtirok etdim. Ammo ular orasida A.Qahhorga o’xshab o’zining so’ziga o’zi hokim bo’lgan, har qanday vaziyatda ham mustaqil fikrlaydigan ijodkor insonni kam uchratdim”. Bu fikrlarga tayangan holda shuni qayd etish mumkinki, A.Qahhor o’z davrining shaxsi. Uni o’sha muhitdan yulqib olib o’rganish mumkin emas. Davr muhiti asarlarda muhrlangan. Shoirning izlanishida hayot haqiqati bilan adib ijodi va shaxsi qiyosiy o’rganiladi. Ma’lum bir asarga to’xtalganda, undagi poetik xususiyatlarni tahlil qiladi, davrga xos xislatlarni va ijodkor shaxsidagi o’ziga xoslikni ham yaxshi ilg’aganligini kuzatamiz.

O‘z fikrida sobit munaqqid ekanligini A.Qahhorga o’z munosabatining o’zgarishi bilan aytgan so’zlarida ko’rish mumkin. U yetmishinchi yillarning boshida adib ijodiga biroz munosabati o’zgarganini, saksoninchi yillarda esa u adibni o’zicha yangidan kashf qilganini tan oladi. Abdulla Qahhor "shafqatsiz realizmning tub ildiz"larini ochib beradi.

Boshqa bir o`rinda adabiyot haqida so`z yuritgan olim shunday yozadi: “Adabiyot hech qachon bir xalqning qornini to`ydirib, ust-boshini but qilmagan, qilolmaydi ham. Adabiyotsiz yashash mumkin-badiiy kitob o`qimasa ham odamning kuni o`taveradi. Ammo rostini aytganda, bunday kun ro`shnolik emas, zulmat bo`ladi. Ruh va ko`ngil zulmati! Aql va tafakkur zulmati”. Bu tushunchalar adabiyot jonkuyarlari qatoridan o`rin olgan jasorat va shijoat egasi bo`lgan shaxslarga qarata aytilgandir.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, Abdulla Oripov qahhorshunoslikda Abdulla Qahhor haqida yangi gap aytishga intilgan va buni muvaffaqiyat bilan amalga oshirgan munaqqidlardan biri hisoblanadi. U tilga olganimiz maqolada A.Qahhorning shijoati, jasurligini dalillar yorqin bilan ochib bera olganki, bu uning o’z so’ziga ega munaqqid ekanligini yana bir isbotlaydi. Shuning uchun O.Sharafiddinov unga yozgan maktubida shunday so’zlar uchraydi: "Sizning maqolangiz ko’pgina yangi fikrlar uyg’otadi... Muhtaram Ibrohimjon! Maqolangiz tufayli menda tug’ilgan yana bir fikr - istiqlol adabiyotshunosligini yaratish bilan bog’lik... Sizning maqolangiz tufayli yana bir karra ishonch hosil qildim -bugun bizning jamiyatimizda yangi, istiqlol adabiyotshunosligiga ehtiyoj katta... Sizga sog’liq, yangi ijodiy parvozlar, fikrda yangi kashfiyotlar tilayman. Bu xayrli ishda sizga va sizning safdoshlaringizga Abdulla Qahhor kabi buyuklarimizning o’lmas ruhi madadkor bo’lsin"17. Respublikamizdagi yirik olimning bu e’tirofi haqiqatan ham Ibrohim Hakkulovning talantli va nigohi o’tkir tanqidchi ekanligini yana bir isbotlab bermoqda.

Adabiy tanqid va adabiyotshunoslikning bosh maqsadi yozuvchi hayoti, ijodini, badiiy asarning o’ziga xosliklarini tahlil, tadqiq etishdan iborat ekanligi hech kimga sir emas. “Tanqiddagi badiiylik va obrazlilik uning xos xususiyatlaridan biri bo`lib, ilmiy–tahliliy mazmunga singgan holda namoyon bo`ladi. Yozuvchi o`z qarashlarini, orzu–istaklarini obrazlar vositasida qalbining “dardi”, his–hayajoni bilan o`quvchilar ommasiga yetkazsa, asosiy maqsad qilib o`quvchilar ruhiy olamiga, ruhiyatiga ta’sir qilishini nazarda tutsa, adabiy tanqidchi o`z fikr–mulohaza va qarashlarini faqat izchil mantiq vositasida muntazam va aniq bayon qilish yo`li bilangina emas, ularni ayni vaqtda ba’zan xayolga erk berish, obrazli va badiiy fikrlash bilan qo`shib olib boradi”.18

Darhaqiqat, badiiy adabiyotni o`ziga xos tamoyillarini adabiy tanqid tahlil qiladi, mulohazalarimizni kengaytiradi. Shu jihatdan tanqidiy mulohazalar tanqidchining tafakkur tarzida shakllanadi va uning xulosalari sifatida yuzaga chiqadi. Shu nuqtada adabiy tanqidning ilm va san’at bilan uyg`unlashishi kuzatiladi. Tanqidchi badiiy asarlarni baholash jarayonida shu asar tufayli o`quvchi qalbiga singadigan tuyg`ularni shakllantiradi. Adabiy tanqid san’atkor mahoratining takomillashuviga, kitobxon estetik didining kamol topishiga ko`maklashadi. U estetika an’analarini rivojlantirish bilan birga g`oyaviy–badiiy jihatdan beriladigan baho va me’zonlarning teranlashuviga o`z ta’sirini ko`rsatadi.

XX asr o’zbek adabiyoti tanqidchiligining o’ziga xos xususiyatlaridan biri shundaki, u mazkur vazifani ado etishga intilish, o’zbek tuprog’ida millatning ko’rkam adabiyotini yaratishga o’z ulushini qo’shishga intilish bilan bir qatorda, dunyodagi ayrim tanqidlardan farqli o’laroq, badiiy asarni tahlil etish, yozuvchi tabiati, dunyoqarashi, mahoratini o’rganish asnosida o’zlikni anglash va erk, millat istiqboli, Vatan va mustaqillik, umuman, shularning barchasini birlashtirib turuvchi ozod inson uchun ham kurash olib bordi.

O`zbek adabiyotini davrlashtirish masalasiga adabiyotshunoslar turlicha yondashgan. Bu fikrlar bilan bahslashmagan holda, shu davr adabiyoti tarixida uch kata davr borligini aytish o’rinlidir. Bular: 1) milliy uyg’onish davri adabiyoti; 2) sho`rolar davri adabiyoti; 3) mustaqillik davri adabiyotidir. Oybek ijodi sho`rolar davri adabiyotidagi eng katta adabiy hodisasidir. Ana shu davrning yirik vakillaridan biri, turli janrlarda ijod qilgan va adabiyotshunoslik ilmi bilan shug`ullangan ijodkorlardan biri Oybekdir. Adib ijodi haqida bir qator adabiyotshunoslar o`z mulohazalarini bayon qilgan. “Oybek–lirik she’r ustasi. Ammo u ayni vaqtda utkir nigohli ijodkor. Shuning uchun ham tabiat manzarasi yoki inson obrazini tasvirlar ekan, siyqa so`zlar va tuzsiz buyoqlarga murojaat etmaydi, balki shu manzara va shu insonga xos eng muhim hayotiy tafsillarni topib she’riyat marjoniga tuzadi”.19 Bu mulohazalarni qayd etgan adabiyotshunos Naim Karimov Oybek ijodining badiiyati, estetik go`zalligini teran ilg`asa adabiyotshunos A. Rasulov oybek ijodi haqida shunday yozadi: “Oybekni millatchidan olib millatchiga solishdi, nari olib borib, beri olib kelishdi. Oybek o`zi bilmagan yetti uxlab tushuga kirmagan “gunoh”larini o`zgalar og`zidan eshitib hangu–mang bo`ldi. Bunday vaziyatda inson o`zini himoya qilolmaydi, tuhmatlarni bo`yniga olishdan o`zga yo`l qolmaydi… U falsafa, estetika, tarix, iqtisoddan tashqari jahon adabiyoti namoyandalari asarlarini yaxshi bilardi”.20

Тo`g`ri, adib ijodi o`zbek adabiy tanqidchiligida juda ko`p o`rganilgan bo`lsada, uning badiiy asarlaridagi o`ziga xosliklar bugungi kunga qadar tahlil uchun asos bo`lmoqda. Oybek ijodi o’zining dastlabki bosqichidayoq tanqidchilik e’tiboriga tushgan. Jumladan, H.Yoqubov, M.Qo’shjonov, N.Karimovning Oybek hayoti va ijodiga bag’ishlangan kitob va risolalarining yaratilishini o`ziyoq adib ijodining yashovchanligidan dalolat beradi.

Iste’dodli ijodkor Abdulla Oripov Oybek shaxsi va ijodiga juda katta mehr bilan qaraydi va so‘z yuritadi, erkin fikr, mustaqil qarash, yuksak ijodiy ruhning g’animi bo’lgan davr ham Oybekning shaffof shaxsiyatli betimsol Oybek o’laroq kamol topishiga monelik qilolmaganligini ta’kidlaydi. Shuningdek, Oybek – mas’um san’atkor, dili ham, tili ham pokiza, safdoshlari orasida umr bo’yi bolalik sofligini saqlay bilgan ijodkor. Alloh unga butun bir millat suyansa, faxrlansa, ibrat olsa arzigulik samimiyat va mas’uliyatni ato etganligini adabiy suhbatlar davomida e’tirof etadi..

Ko’ngil yo’li bilan Oybekka yaqinlasha olgan odam o’zini yangidan tug’ilganday yoki his-tuyg’ulari tozarib, yangilanganday tasavvur qiladi. Ko’ngli qattiq, hislari kirlanib, mog’orlanib yotgan kimsa Oybek dunyosiga oshno bo’lgandan so’ng ham ich-ichidan bir pushaymonlik sezmasa, undan odamiylik kutmaslik lozim.

Olmon faylasuflaridan biri: “Boshi osmonga yetadigan daraxtning tomirlari do‘zax qa’riga uzanishi kerak”,-deydi. Ha, ildiz qudratli bo‘lmasa, ildiz qiyinchilik va qiynoqlarga chidamasa, daraxt ko‘kka tomon bo‘y cho‘zolmaydi. Yigirmanchi asr voqyeligi, ayniqsa, uning birinchi yarmi do‘zaxdan ham battar qo‘rqinch qo‘zg’agan. O‘shandagi xor-zorlik, yurtimizda sodir etilgan o‘sha qaro kunlardagi qirg’in va xunrezliklar jahannamda ham bandasiga ravo ko‘rilmaydi.

Muallif shularni o‘ylaganida, “Nega jannatda adabiyot yo‘q” – degan savolga javob topganda bo‘lishini e’tirof etadi. Chunki jannatda azob, uqubat, zulm va zo‘ravonlik yo‘q. Adabiyot esa dunyoni do‘zaxga aylantirgan yovuzlar, shaytonlarga qarshi kurashish uchun zarur qurol va daxlsiz tayanchdir.


Download 209.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling