Abdulla oripovning adabiy tanqidiy qarashlari bitiruv malakaviy ishi
Download 209.5 Kb.
|
Abdulla oripovning adabiy tanqidiy qarashlari.
Kulfatdir hayotning hamrohi,
Soyadek yo‘lingda hamqadam. Oybek hayotga ana shunday daqiq va rost nazar ila qaragan. Hayot hamrohiga aylangan kulfat hamisha uning bag’rini ezib turgan. U nechog’liq o’zini bardam tutmasin, nechog’liq ko’tarinki, quvonchli ohanglarda asarlar bitmasin, yakrang, turg’un va biqiq hayot uni baribir toliqtirar, zeriktirardi: Zerikishdan zerikdim juda. Shunda ham Oybekning ruhidagi yolqin so’nmagan, ko’ngli o’lmagan. Chunki millatining nochor ahvoli, mazlum elning cho’ng va chegarasiz qayg’usi, hasratu armonlari oldida omad, shon-shuxrat, maqtovu mukofotlar bir chaqaga arzimasligini u nixoyatda teran va haqqoniy mushohada qilgan. Men Oybekning tanholikdagi xayol, hol va g’ussalarini o’zimcha ko’p o’ylayman, ammo bir yig’i ovozi har gal bag’rimni tilganday bo’laveradi. Tanho kezaman. Yig’lar Yuragimda Vatanim... Shunday yurakni anglashga urinmaslik, shunday ulug’ shaxsiyatga ta’zim qilmaslik mumkinmi? O’zni adabiyotga butkul bag’ishlash, xar qanday sharoitda adabiyotga xolis va vijdonan xizmat qilish uchun faqat iste’dodli bo’lish, faqat iste’dodga tayanish yetarli emas ekan. Iste’dodni sindirish, so’ndirish, Haq yo’lidan bemalol chalg’itib, ko’g’irchoqqa aylantirish mumkinligiga tarix ko’p guvohlik beradi. Insoniy qiyofa bilan ijodiy qiyofa orasidagi farq ham ana shu sinish, so’nish va chalg’ishdan dalolatdir. Adabiyotning kuch-quvvati, ravnaqi uchun bu, albatta, ziyon, albatta, yomon. Talant – xalq mulki, talant xalqqa suyanadi, degan gapni ko’p eshitganmiz. Sirtdan qarab qabul qilinganda, bu fikr to’g’ri. Ammo aslida talant — Haq va haqiqat mulki, har qanday xalq o’zining buyuk talantlariga suyanmasa, xurriyat ruhini boy beradi, kundalik tashvishlar «tegirmon»ida yanchilib, ezilib yuraveradi. Shu o’rinda men muhim bir narsani ta’kidlab o’tishni istardim: Oybekning shaxs va ijodkor sifatida kamol topishini Abdulla Qodiriy, Cho’lpon, Fitrat, Ayniy, Abdulla Qahhor, Maqsud Shayxzoda singari ulug’ zamondoshlarining insoniy va ijodiy takdiridan ayri holda tasavvur etish to’g’ri bo’lmaydi. Ularning biridagi nurli ishonch ikkinchisining yorqin iqroriga, biridagi qat’iyat o’zgasidagi jasoratga, birovlaridagi iokizalik boshqa biridagi sadoqat va mas’uliyatga bog’lanib, uyg’unlashib ketgan. Zero, ulardan hech birining millat va adabiyot manfaatidan oliyroq, muqaddasroq maqsadu matlablari bo’lmagan. Eng qiyin, eng tahlikali vaziyatlarda ham ular badiiy ijodda ruh, maslak, e’tiqod buzg’unchiligining oldini to’suvchi daxlsiz «maydon» borligini esdan chiqarishmagan. Agar Cho’lpon o’zligini Abdulla Qodiriy yoki Fitratdan, Oybek G’afur G’ulom, Shayxzoda va Qahhordan butunlay yiroq sezganda, tilda boshqacha sayrab, dilda tamoman o’zga bir iddao uchun olishganida adabiyotdagi parokandalik «haddi a’lo»siga yetib, olchoqlik, qo’rqoqlik, ikkiyuzlamachilik muhiti adabiyotimizni adoyi tamom kilgan bo’lardi. Menimcha, XX asr o’zbek adabiyoti yetishgan birlik, chin ma’nodagi ijodiy maslakdoshlik tuyg’usini barqaror etishda Oybek markaziy siymolardan xisoblanadi. Zero, Oybek kattadir, kichikdir, hech bir iste’dodning yutuqlariga g’ashlanib qaramagan, guruhbozlik qilmagan, yolg’iz men zo‘rman va xaqman deb tunu kun o‘z shaxsiyatini ilgari surishga intilmagan. Har bir odamda biri ikkinchisiga o‘xshamaydigan, ko‘p hollarda o‘zaro keskin farqlanadigan go‘yo ikki mavjudlik yashaydi. Biri-uning mohiyati, ikkinchisi-shaxsiyati. Mohiyat-bu ichki “men”, faqat unga xos bo’lgan merosiy xislat va xususiyatlar. Shaxsiyatchi? Mohiyatga nisbatan muvaqqat, hattoki, tasodifiy borliq: shu boisdan faylasuflar uni libosga, sun’iy niqobga qiyoslashgan. Darhaqiqat, atrof-muhit, tarbiya, ilm yoki siyosat ongga ta’sir o’tkazsa, hech shubhasiz, shaxsiyat o’zgaradi. Shuning uchun oldin biror narsaga qat’iy ishongan odam tashqi ta’sirlar tufayli yoki zaruriyat bois endi boshqa narsaga ishonadi. Negaki, shaxsiyatni tashkil qiluvchi «unsur»larni o‘zgartirish ham, zohiriy kuch va vositalar orqali tubdan yangilash ham mumkin. “Mohiyatni esa bunday qilib bo’lmaydi. Oybek singari zotlarning boshqalardan asosiy farqi-o‘sha ko‘zga ko‘rinmas Mohiyatning gavharday tozaligi va favqulodda yorqinligida. Oybekning nurga, oy, quyosh, yulduzlarga oshiqligining sirlarini, eng avvalo, shundan axtarish kerak”,-deb yozadi Abdulla Oripov. Oybek xarakteriga yaqin ijodkorlar boshga baloyu qazo, tuhmatu ig’vo do‘l bo‘lib yog’ilganda ham haqiqatga xiyonat nari tursin, qarshi bo‘lishni xayolga ham keltirolmaydilar. To‘g’ri, sobiq sho‘ro zamonida yashab ijod qilgan atoqli san’atkorlarning ko‘pchiligi qaysi g’oya, qaysi mavzularda qalam tebratgan bo’lsa, Oybek ham taxminan shular to’g’risida yozgan. Bundan boshqacha bo’lishi mumkin ham emasdi. Boshqachasini talab etish – iste’dodi, to’g’riligi va ilohiy ilhom zavqidan bo’lak muhofizi bo’lmagan adibga eng mash’um jazo tilash bilan tengdir. Cho‘lpon, Qodiriy, Fitrat yoxud o’spirin Usmon Nosirga shafqat qilmagan mustabid tuzum, uning manqurt malaylari Oybekni ayarmidi? O‘zni cheklash, umumiy yolg’on va madhiyabozliklarga majburan aralashish, chaladan-chala haqiqatlarga zohiran ko’nikish, kishan va qafasni eslatib turguvchi ehtiyojlardan ezilish – shular Oybek qalbini g’am-g’ussaga chulg’agan. Ammo mutafakkir adib haqiqat axtarishdan tinmagan. XULOSA Asrlar davomida milliy adabiyotimiz goh sokin, soh toshqin daryodek taraqqiy etib keldi. Muataqillik tufayli tarixiy, madaniy, diniy, adabiy merosni qayta ko`zdan kechirish, umumbashariy qadriyatlar nuqtai nazaridan baholash tamoyili yuzaga chiqdi. Buning natijasida milliy qadriyatlarga munosabatning o`zgarishi bilan bir qatorda, badiiy tafakkurning yangilanishi, badiiy adabiyotning o`zgarishi yanada yorqinqoq va teranroq ko`zga tashlana boshladi. O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov qayd qilib o`tganidek: “XXI asr intelektual salohiyat, tafakkur va ma`naviyat asri sifatida insoniyat oldida yangi-yangi ufqlar ochish bilan birga, biz ilgari ko`rmagan, duch kelmagan keskin muammolarni ham keltirib chiqarmoqda. Bugungi murakkab va tahlikali zamonda yozuvchining bashariyatning ertangi kunini o`ylab, odamlarni ezgulikka, insof-diyonat, mehr-oqibat va bag`rikenglikka da`vat etishga qaratilgan haroratli so`zi har qachongidan ham muhim ahamiyat kasb etmoqda” (1, 11-12-betlar). Darhaqiqat, badiiy estetik tafakkurning o`zgarishi bugungi inson qismatini, uning quvonchu istiroblarini badiiy talqin etish jarayonida, asar qahramoning botiniy olamini teranroq ifodalashga, olam va odam haqidagi qarashlarini umumlashtirishga, badiiy talqin etishga harakat qilmoqda. Badiiy-tafakkurdagi jiddiy o`zgarishlarini, ma`naviy-intellektual yangilanish belgilarini barcha adabiiy tur va janrlarda yaratilgan asarlarda kuzatish mumkin. Ana shunday o`zgarib borayotgan adabiyotni tahlil qilish an`analari ham mohiyatan o`zgarganligini alohida qayd etish lozim. Bu jarayonda iste`dodli ijodkor O`zbekiston Xalq shoiri, O`zbekiston Qahramoni Abdulla Oripovning ham alohida o`rni mavjud. Keyingi yillar o`zbek adabiyotining taraqqiyoti va o`zgarishlari haqida so`z yuritib quydagi fikrlarni ilgari surgan edi: “Dunyo adabiyoti tarixiga loaqol yuzaki nazar tashlaganimizda ham u hamisha kishilik jamiyati hayotidagi katta o`zgarish va evrilishlarning aks-sadosi bo`lib kelganini ko`ramiz. Shu ma`noda bizning istiqlolga erishuvimiz adabiyotimizga ikki taraflama yondoshuvlar uchun imkon yaratadi. Birinchisi, istiqlol yo`lidagi kurash o`tgan asrda vijdonli o`zbek adibi uchun pinhona bo`lsa-da , ma`naviy burchga aylangan edi. Shu og`ir, muqaddas kurashda ne-ne adiblar shahid ketganini hech qachon unitmaymiz. Ikkinchi jihat esa, qo`lga kiritilgan istiqlol, mustaqillik va uni mustahkamlash, himoya qilish yo`lida ijodkorlarimiz bajariyotgan ishlarning ahamiyati va salmog`i xususida”. Darhaqiqat, bu fikrlarda mustaqillik davri adabiyotining o`ziga xos xususiyatlari tahlil qilingan. Abdulla Oripov musaqilik davri adaiyotining xarktilri jihatlarini tahlil qilar ekan badiiy tarjimachilik taraqqiyotiga ham jiddiy e’tibor qaratadi. Jahon adabiyoti nodir durdnalarini tarjima qilish dolzarb muammolardan biri ekanligiga jiddiy urg’u beradi va o’zbek adabiyotini ham yaxshi tarjimalar orqali jahon ahliga targ’ib qilish zarurligini ta’kidlaydi. Ijodkor dunyoqarashi, badiiy asar yaratish jarayonidagi mahoradi haqida ham alohida mulohazalarni qyd etib, shunday yozadi: ,,U atrofdagi dunyoga, odamlarga teran ko’z bilan boqmog’i va u haqida teran fikr yuritib, umrboqiy asarlar yaratishga intilmog’i lozim. Bu vazifani uddalashdagi asosiy kalit samimiylikdir. Ijodda nosamimiylik, yolg’on va qalbakilikning aynan o’zginasidir”. Bu tushunchalarda ijodkorning hayotga bo’lgan samimiyligi, badiiy talqin jarayonidagi yuksak didi, mahorati haqidagi tushunchalar yig’indisi deb qarashimiz mumkin. Adabiyotning ulkan vakllari inja va nozik tuyg’ular muallifi bo’lgan G’ofur G’ulom, Maqsud Shayxzoda, Hamid Olimjon, Mirtemir , Zulfiya ijodini juda yuksak baholaydi va yetuk iste’dod sohiblari ekanligini ta’kidlaydi va shunday yozadi: “Adabiyotimizda davom etirishga arzigulik ananalarimiz ko’p. Bunday sarchashmalar dunyo adabiyotida ham to’lib-toshib yotibdi. Biz Navoiy yuksak cho’qqilarga ko’targan dunyo adabiyotining qonuniy vorislari bo’lganimizdan behad fahrlanamiz. Buyuk bobomizga munosib bo’lish, barhayot an’analarimizni davom ettirish hamisha muqaddas vazifamiz bo’lib qolaveradi”. Xullas, Abdulla Oripov nafaqat shoir, ijodkor sifatida, balki8 jahon va o’zbek adabiyotining yuksak bilimdoni sifatida e’tirof etilishi bejiz emas.
Download 209.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling