Abdulla oripovning adabiy tanqidiy qarashlari bitiruv malakaviy ishi


II BOB ADABIY TANQIDIY QARASHLARIDA


Download 209.5 Kb.
bet7/10
Sana02.01.2022
Hajmi209.5 Kb.
#193119
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Abdulla oripovning adabiy tanqidiy qarashlari.

II BOB

ADABIY TANQIDIY QARASHLARIDA

USTOZLARI IJODI

Istiqlol sharofati tufayli yurtimiz tarixida yangi davr boshlandi. Xalqimiz hayotining hamma jabhalarida, jumladan, adabiyotimiz tarixida ham buyuk o’zgarishlar sodir bo’ldi. Mustaqillikka erishganimizdan so’ng, adabiyotimiz o’z taraqqiyotining yangi davriga – keskin burilish va yangilanish bosqichiga ko’tarildi. Bu davrga kelib adabiyotimizdagi eng katta yutuq va yangilik shu bo’ldiki, ushbu davrda yozuvchilarimiz sotsialistik realizm va kommunistik mafkura tazyiqidan xalos bo’lib, tom ma’noda so’z erkinligiga, matbuot erkinligiga muyassar bo’ldilar. Natijada, hayotda bo’lganidek, adabiyotda ham demokratiya, oshkoralik kuchaydi. Hayotning hamma sohalarini yoritishda adabiyotimiz ilgarigi noto’g’ri mezonlardan butunlay qutuldi hamda o’tgan qisqa vaqt ichida nafaqat o’zbek kitobxonlari, balki dunyo adabiyot ihlosmandlari qalbini junbushga kelirgan nodir asarlar yuzaga keldiki, bu ham mustaqillik sharofati tufaylidir. “Bir so’z bilan aytganda, xalqimiz adabiyotni muqaddas va ulug’ bir dargoh deb biladi. Ana shu bahoning o’zi el-yurtimiz hayotida shu soha namoyondalariga, ularning so’zi, chuqur ma’noli asarlariga ishonch, hurmat va ehtirom azaldan yuksak darajaga ko’tarilganini ko’rsatib turibdi”9.

Prezidentimizning: “Adabiyotga e’tibor-ma’naviyatga va kelajakka e’tibor” deganda ham yosh avlodning ma’naviy dunyosi va uning kelajakdagi ma’naviy dunyosini boyitishga qaratilgan harakatlarda deb bilganlar. Yosh avlodning ma’naviy barkalommigiga o’zining ulkan hissasini qo’shib kelayotgan ijodkorlarimizdan biri O’zbekiston Qahramoni Abdulla Oripov hisoblanadi. Shoirning mustaqillik yillarida yozilgan asarlari zamonaviy o’zbek adabiyoti tarixida yaratilgan durdona ijod namunalari bilan bir qatorda tilga olinadi. Shoir tinimsiz ijod va ijodiy mezonlar haqida o‘z mulohazalarini qayd etib kelgan. Bularning zamirida adabiyotga, san’atga bo‘lgan muhabbatning cheksizligi bilan izohlash mumkin. Abdulla Oripov iste’dodli ijodkorlar haqida juda asosli mulohazalarni qayd qilib o‘tgan. Shu asosda ayta olamizki, biror asarni zamonga bog’lab tahlil etish ancha murakkab vazifa bo‘lib, agar asar o‘zi tahlil etilayotgan davrda yaratilgan bo’lsa, yana ham mushkul ish. Shunday ekan mustaqillik davri adabiyoti haqida gapirish g’oyat mas’uliyatli masaladir.

Abdulla Oripov she’riyat haqida gapirganda, albatta, Zulfiya ijodiga, mehr va jasoratiga tahsinlar aytadi: “Zulfiya opa deganda, da’atan ko‘z oldimizda turfa chechaklar bilan ziynatlangan bir chamanzor namoyon bo`ladi. Bu gulzor go‘zal she’riyatning muattar bo‘ylari bilan orolangandir”.

Istiqlol davriga kelib adabiyotimizda shunday salmoqli, shunchalik o’zgarishlar bilan to’la yo’g’rilgan adabiyot yuzaga keldiki, bu davr yutuqlarini hech qanday dalillar bilan inkor eta olmaymiz. Bu davrga kelib (adabiyot) dunyoni tushinish va tushintirish, inson psixologiyasi, xalq saviyasini yuksaltirishga intilish adabiy jihatdan yangilanish bosqichiga qadam qo’ydi. Avvalombor adabiyotning vazifasi yangilandi. U endi kommunistik mafkura yo’riqlarini obrazlar zimmasiga yuklash bilan shug’ullanadigan, voqelikni “tarixiy taraqqiyotda”, ya’ni kammunizmga olib keladigan tarzda ko’rsatishni a’moli deb biladigan mafkuraviy yugurdaklik xizmatidan qutildi. Umuman yozuvchilar olam va odam haqida boshqacharoq-falsafiyroq fikrlay boshladilar. Bu yangilanish insonni tasvirlash tamoyillarida ham o’z aksini topib bordi. Endilikda inson adabiyotda o’z mohiyatini qaytadan kashf etdi. Insoniyat adabiyotda bosh qadriyatga aylandi. Yozuvchilar uni o’z boricha tasvirlashga harakat qildilar. Inson yaratish uchun tuzumning qandaydir manfaatlari bilan hisoblashish shart bo’lmay qoldi. Inson qanday bo’lsa, shu holicha ulug’landi, joyi kelganda qilmishlari uchun kamsitildi. Inson qanchalik ulug’lanmasin o’z hatti-harakatlariga, hatto o’y-hayollariga javob beradigan zot tarzida tasvirlana boshlandi. Bir so’z bilan aytganda istiqlol adabiyoti insonni murakkablashtirdi, noziklashtirdi, bir xil qarashlar tizimi bilan tushinib ham, tushintirib ham bo’lmaydigan injiqroq ekanligini ro’y-rost aks ettira boshladi. Shuning uchun ham biz istiqlol adabiyotini shaxs adabiyoti deb atay olamiz.

Keyingi yillarda yaratilgan asarlar didaktikadan yiroq, insonga “tarbiya berishga” harakat qilmaydi, qaysi yo’l to’g’ri, qaysi ishni qilmaslikni o’rgatmaydi. Xulosa chiqarishni o’quvchining o’ziga qoldiradi. O’quvchi asarni sezishi, his etishi lozimligini anglab yetdi. Bu haqda A. Qahhorning “Bilgan bilib qo’yaverishi mumkin. His qilgan his qilib qo’yavermaydi”,-degan fikrlari juda e’tiborga molik. Bu fikrning davomi o’laroq Qozoqboy Yo’ldoshev shunday yozadi: “His qilish-munosabat, munosabat-faoliyat demakdir.”. Mustaqillik davri adabiyoti o’quvchini dam olishdan ko’ra ko’proq ishlashga chorlaydi. Bu mehnat xulosalar chiqarish, asarga baho bera olish, mushohada yuritish, o’z tuyg’ulari bilan solishtirish, ularni taftish etish, ruhiyatini anglashga harakat qilish kabi bir qancha faoliyatlar bilan belgilanadi.

Istiqlol adabiyoti mavzu jihatdan ham shakli nuqtai nazardan ham rang-baranglikka erishdi. Yozuvchilar uchun “taqiqlangan” mavzular yo’qotildi. Shakl ham ahamiyatini yo’qotdi-qisqa hajmli romanlar ham yaratildi.

Istiqlol adabiyoti ham voqeabozlikdan, muammochilikdan, ishlab chiqarish masalalarini hal etishdan qutilib bormoqda. Bugungi nasrimizda modernizm, postmodernizm, absurt adabiyoti xususiyatlari belgi bermoqda. Bu holat bizning ijodkorlarga ham g’arb adabiyoti tajribalari o’rganish mumkin bo’lganligi tufayligina, shunaqasiga ham bir yozib ko’raylik degan injiq bir istak sababligina, shunday yozish mumkinligi boisgina, o’zgalarni qoyil qilish istagi samarasigina emas, balki mafkuraviy bo’g’ovlardan qutilgani bois, inson har tarafdan tadqiq etila boshlagani sabab, har xil insonni xilma-xil yo’sinda badiiy tadqiq etish mumkin ekani tufayli, odamni faqat mehnat jarayonida emas, balki boshqa turfa holatlarda ko’rish va ko’rsatish imkoni borligi natijasida sodir bo’lmoqda. Mabodo, ayrim tanqidchilar, adiblar bizning adabiyotimizda syurrealistik, postmodernistik, absurt yohud o’rga biror oqim belgilari yetishmayotganidan, ularning sekin o’zlashtitrilayotganidan kuyunsa, bu adabiyotimizda g’arb motivlari kamligidan emas, balki badiiy tafakkurimizning umumjahon badiiyati jarayonini o’zlashtirishda asossiz ravishda ortta qolayotganidan qayg’urayotir deb anglash kerak. Bizning adabiyotimizda haligacha inson, uning o’ylari, o’ta murakkab va nomsiz tuyg’ulari emas, mehnat natijalari, g’oyaviy qarashlari hamda kurashlari asosiy ko’rsatkich bo’lib turganidan shikva qilish deb tushunmoq lozim. O’sha g’alati, bizga singishmayotgan, bizga mutlaqo begonadek ko’ringan, lekin so’fiyona adabiyot sahifalaridan ko’plab muqobillarini topish mumkin bo’lgan, bizning sinfiy kurashlar va ishlab chiqarish talablari tasirida shakllangan badiiy didimizga o’tirishmagan obsurt yoki boshqa xil asarlarda turli tabiatli insonlar turlicha rakurslarda tadqiq etiladiki, faqat shuning uchun bu tajriba o’rganishga va o’zlashtirishga arziydi. Shu ma’noda g’arb tomondan bizga kelayotgan turli “izm”lar shunchaki moda emas, balki ijod erkinligining nomoyon bo’lishi trarzlaridir.

` Mustaqillik davri adabiyoti haqidagi taniqli adabiyotshunos olimimiz Abdug’ofur Rasulovning quyidagi fikrlari bizning mushohadalarimiz dalili bo’la oladi. “Mustaqillik davri o’zbek adabiyotining qator fazilatlarini sanashimiz, tarixiy va zamonaviy qahramonlar xarakterini misol qilib keltirishimiz, yozuvchilarimiz ham mumtoz adabiyotimiz manbalaridan unumli foydalanib, hozirgi ilg’or jahon adabiyotida paydo bo’layotgan yangiliklardan emin-erkin bahramand bo’layotganlarini aytishimiz mumkin. Lekin bizningcha hozirgi o’zbek adabiyotida realizm adabiyoti ilg’or prinsiplardan foydalanilayotganligi hamda modern-obsurt, syurrealizm, avangardirm oqimlari, eksistensializm metodiga murojaat etilayotganini ta’kidlash joiz”.1 Mustaqillik yillariga kelib bizning bu kabi fikrlarimizni o’zida qamrab olgan ko’plab sermazmun nasriy asarlar vujudga keldi. To’g’ri, ularning hammasini ham o’qimishli asarlar deb ayta olmaymiz. Zero, yaxshi asar yaratish Abdulla Qahhor iborasi bilan aytganda “Igna bilan quduq qazish”dir.2

Mustaqillik davri adabiyotida yosh shoir va shoiralar faol bo’lsa, nasrda ijodiy uzviylik davomiylik ustivorligi nomoyon bo’ldi. Oxirgi o’n yillikda O. Yoqubov, O’ Hoshimov, Sh. Xolmirzayev, O. Muxtor, T. Malik, X. Do’stmuhammad, A. Dilmurod, N. Eshonqulov, N. Norqobilov, Tog’ay Murod, T. Rustamov, A. Yo’ldoshev, L. Bo’rixon, Salomat Vafo, J. Ergasheva singari turli avlodga mansub ijodkorlar o’ziga xos yo’sinda qalam tebratib, milliy proza taraqqiyotiga ta’sir ko’rsatmoqdalar.

O’zbek nasrining bu bosqichi uchun yetakchi xususiyatlari deb ijodiy tajribalar qilish, kutilmagan tasvir yo’sinlarini qo’llash, badiiy ifodaning hali ishlatilmagan yangi vositalaridan foydalanish kabilarni alohida ajratib ko’rsata olamiz. O. Muxtorning tamomila yangicha ifoda usullarida yaratilgan “Ming bir qiyofa”, “Ko’zgu oldidagi odam”, “Tepalikdagi xaroba”, “Ffu”, Ayollar saltanati va mamlakati “Maydon” romanlari, Nazar Eshonqulning jahon prozasining eng ilg’or tajribalari asosida sof milliy obrazlar yarata olgan “Qora kitob” qissasi, “Shamolni tutib bo’lmaydi” Tobut shahar; “Quyun” hikoyalari, X. Do’stmuhammadning “Bozor” romani, “Jajman”, “Ibn Mug’anniy”, “Qorachiqdagi uy” hikoyalari tasvirning quyuqligi, inson ruhiyati qatlamlarini aks ettirish miqiyosining kengligi va ifoda tarzining favquloddaligiga ko’ra milliy adabiyotimiz uchun yangi badiiy hokisalar bo’ldi.

Sh Xolmirzayev “Olabo’ji”, “Dinazavr” romanlari, “Bulut to’sgan oy”, “Ozodlik”, “Navro’z, navro’z” hikoyalarida, N. Norqobilov “Oqbo’yin”, “Qoyalar ham yig’laydi”, “Tog’ odami” qissalari, “Oriyat”, “Quvonli kun” hikoyalarida, Sh. Bo’tayev “Sho’rodan qolgan odamlar” qissasi, “Darvesh hikoyasida, Tog’ay Murod “Otamdan qolgan dalalar” romanida nasr an’anaviy tasvir yo’sinidan mahorat bilan foydalana bildilar. Yozuvchilar bu asarlarida o’ziga xos milliy obrazlarni yaratdilar. Ular bu asarlarida dunyo adabiyotidagi eng so’ngi ifoda usullari bilan birga an’anaviy tasvir yo’nalishini omuxtalashgan yuksak namunalaridir. Inson shaxsini xilma-xil ko’rinishlarda tasvirlash, uning hatti-harakatlariga va o’y hayollari ruhiy asosini tadqiq etishga alohida e’tibor qaratish mustaqillik davri o’zbek nasri xususiyatlari hisoblanadi. Natijada “Nasrda tasvirlanayotgan qahramonlar geografiyasi kengayib, antropologiyasi muayyanlashib bormoqda. Zamonaviy nasrda millatdoshlarimizni pasportiga qarab emas, balki fikr tarzi ahloqiy qanoatlariga qarab payqab olishmumkin bo’lmoqda”1.

Mustaqillik davrining dastlabki davrlari nasrining eng e’tiborli jihatlaridan biri shuki, badiiy asarlarda odamga ijobiy-salbiy yoki tipik-notipik singari qoliplar orqali emas, balki mavjudligining o’zi bilan adoqsiz sir-u sinoatlarga tola tirik inson tarzida yondashishning qaror topib borayotganligi hamdir. Omon Muqdor, Luqmon Bo’rixon, Ulug’bek Hamdam, Abdurashid Nurmurod, Salomat Vafo, Abduqayum Yo’ldosh, Zulfiya Qurolboy, Jamila Ergash, To’xtamurod Rustamov kabi bir qator nosirlar o’z bitiklarida inson va uning mohiyatini tamomila yangicha nuqtai nazardan ko’rish hamda ko’rsatish yo’lini tutdilar. Agar oldinlari nasriy asarlarda bir yoki bir necha qahramonning hayot yo’li yoki taqdiri tasvirlangan bo’lsa, endilikda tasvirga tortilgan insonning mohiyati butun murakkabligi bilan tadqiq etishga tutinildi. Shuning uchun ham nasriy asarlarning qahramonlari faqat faoliyat odamigina emas, balki o’y va mushohada kishisi sifatida ham tasvirlanadigan bo’ldi.

Odamning mohiyatini faoliyatdagina emas, balki tin olib turgan yoki o’ylayotganda ham nomoyon bo’lishi mumkinligi badiiy tasvir tajribasiga kirib kela boshladi. Shuning uchun Ulug’bek Hamdamning “Isyon va itoat” romanidagi: “…qachonki uning bag’rida gurillab yongan isyon gulxani o’chgach, g’ofillik ham uni qiynamay qo’ydi. Qaytaga, isyon o’rnida tug’ilgan o’sha kayfiyat-o’sha itoat ruhida qandaydir ma’rifat bor edi. Ma’rifatki butun umr jizg’anagi chiqib kuygan ko’ngilga, qizib ketgan ko’ngilga bir yengil, bir sarin bir yoqimli shabbodaday tasir qiladigan…Endi uning ko’zlarida, bag’rida butun borlig’ida itoat nuri hokim, itoatki, mislsiz isyondan so’ngina tug’iladigan, itoatki, isyondan ming karra, milion karra yuksakroqqa eltadigan!...” tarzidagi falsafiy mushohadalar o’quvchiga o’rinsiz donolik bo’lib ko’rinmaydi, balki o’z mohiyatini anglamoqchi, o’zini topmoqchi bo’lgan insonning ruhiy to’lg’onishlari tarzida qabul qilinadi.

Mustaqillik davri adabiyoti adabiyot sohasiga istiqlol bergan imkoniyatlar to’g’risida O’zbekiston Qahramoni atoqli adabiyotshunos olim va adib Ozod Sharafiddinov qimmatli fikrlarni bildiradi. “Avvalo, aytmoq kerakki, istiqlol adabiyoti bu xronologik tushuncha emas. Soddaroq qilib aytsak, istiqlol adabiyoti deganda biz faqat 1991 yildan keyin yaratilgan asarlarnigina tushunmasligimiz kerak. Istiqlol adabiyoti Cho’lponlar, Fitratlar ijodidan boshlanganidek, u so’ngi o’n yillikda ham shakllanishda davom etdi. Tabiiyki, bundan keyingi o’n yilliklarda ham takomilida davom etadi”. “Birinchi navbatda ijod uchun erkin sharoit yaratilganini alohida ta’kidlash kerak. Hayotni aks ettirishga odamlar xarakterini yaratishga erkin munosabat yangi adabiyotning muhim belgisidir. Adabiyotdagi yangilanish jarayonlari haqida to’xtalganda esa, albatta, mazkur san’at sohasining o’ziga xos xususiyatlarini nazarda tutib mulohaza yuritmoq zarur. Masalan: gulzordagi gullarni bugun sug’orsangiz, ertasiga ertalaboq yashnab-yayrab ketadi, uning yashilligi quyuqlashadi, ta’nasi baquvvat tortadi, g’unchalaydi, xullas, dabdurustdan yangilanadi. Adabiyotdagi yangilanish jarayoni esa asta-sekin kechadi”.1

Mustaqillik davri adabiyotining yana bir muhim xususiyati shundaki, bu vaqtga kelib o’zbek adabiyoti jahon adabiyoti ananalari bilan chog’ishtirila boshlandi. Yangi me’todlar va oqimlar kirib keldi. Bugungi adabiyotshunosligimiz salmoqli o’rgangan va ijod etgan oqimlardan biri modernimizdir. Biz tanlagan adiblar ijodi ham bevosita shu yo’nalishga bog’liq bo’lganligi sababli, dastlab modern adabiyot haqida fikr yuritmoqchimiz. Badiiy adabiyot inson ruhini uyg’otib, uni zulmu zuravonlikka ko’nikishdan, jo’nlikdan, jaholatdan, befahmlikdan, beta’sirlikdan halos etishi mumkindir. Lekin shunga tayanib, yaratilgan har bir asarga “millat dardi”, “vatan manfaati”, “ezgulik uchun kurash” singari muqaddas talablarni qo’llayverish o’rinli ko’rinavermaydi. Asar yozayotgan odam o’z dardi, ko’ngil istaklarini boshqalarni takrorlamagan va o’zgalarga ta’sir etmaydigan tarzda boshqalarni takrorlamagan va o’zgalarga ta’sir etadigan tarzda ifoda qilishning o’zi ijod ekanligini tan olish zarur. Nobel mukofotini olayotgandagi so’zlagan nutqida A. Kamyuning san’at xalqqa ham, xosga ham emas, qarshisida hamma teng bo’lgan haqiqat va erkagina xizmat qilishi kerak, degan fikrni qayta-qayta takrorlagani bejiz emas.



Kitobxonlar badiiy asarlarning asl mohiyatini, ilmiy talqinini adabiy-tanqidiy maqolalar orqali ham chuqurroq o`rganadilar. Adabiyot fanining bir qanoti badiiy ijod bo`lsa, ikkinchisi adabiy maqolalar hisoblanadi. Kitobxonlar Ozod Sharafiddinov, Abdug`afur Rasulov, Umarali Normatov singari adabiyotshunos olimlarimizning tahlilga boy adabiy-tanqidiy maqolalari, taqrizlari orqali yuzlab nasriy va nazmda bitilgan asarlarning asl mohiyatini yanada teranroq anglashi hayotiy haqiqatdir. Bugungi kitobxonning bir qo`lida badiiy kitob bo`lsa, ikkinchisida – munaqqid maqolasi turishi zaruratga aylangan. Badiiy asar ma’naviy olamimizga nur baxshida etsa, adabiyotshunosning u haqdagi maqolasi tafakkuringizni boyitadi. Asar haqidagi mulohazalarimizni, qarashlarimizni chuqurlashtiradi. Munaqqidning xolis fikri aslida asarni tahlil qilish bilan bir qatorda, uning asl mohiyatini anglab, turli qirralarini teranroq his etishimizga, kamchilik va nuqsonlarini bilishimizga yordam beradi. Bunday maqolalar – badiiy asarlarni xolis baholashga, ularni adabiy nuqtai nazardan tadqiq va tahlil etishga xizmat qiladi. Ularning uchchalasi ham mohir muallim, zukko ziyoli va olim sifatida e’zoz topgani, biri Mehnat Qahramoni, ikkinchisi yurtimiz mustaqilligi sharofati bilan O`zbekiston Qahramoni, uchinchisi Sharafiddinovdemik bo`lganining o`zi juda sharafli yo`l ekani to`g`ri ta’riflangan. Bu asarida har uchala shaxsning o’ziga xos insoniy fazilatlari bilan birgalikda, ular qoldirgan adabiy merosning bugungi yoshlar tafakkurini shakllanishida ibratli tomonlari mavjudligiga o’z diqqatini qaratgan. Yangi to`plamda esa olimning 2004 yilda chop etilgan "Ijodni anglash baxti" hamda "Dovondagi o`ylar" kitoblari haqidagi muxtasar fikrlari, ustoz ijodi, o`ziga xos betakror uslubining muhim qirralari o`z aksini topganligiga alohida diqqat qiladi. "Sharafli Sharafiddinovlar"ni mutolaa qilar ekanmiz, qalban, ruhan shu uch buyuk olimning mangu ma’naviy nur taratib turganligiga ishonch hosil qilamiz. Yoki olimning “Iste’dod va e’tiqod” nomli tadqiqoti O’zbekiston qahramoni, o’zbek adabiyotshunosligining taraqqiyotiga katta hissa qo’shgan munaqqid va tarjimon Ozod Sharafiddinovning adabiy portretiga xolisona chizgilardan iborat. Darhaqiqat, Abdug’afur Rasulovning tanqidchilikdagi asosiy xislatlaridan biri yangilik izlash, yangilik olib kirish, yangilikni qutlashdan iboratdir. Badiiy asarlarni tahlil qilar ekan uning qanchalar murakkabligini to’g’ri anglashimiz lozim. Har bir badiiy asar ijodkorning tinimsiz izlanishlarining samarasi ekanligiga e’tibor qaratish bilan bir qatorda, bu asarlar tarkibidagi yangicha talqinlar, badiiy tasvirlardan qay darajada mahorat bilan foydalanganligiga o’z diqqatini qaratadi. Buning uchun adabiyotshunos olimning o’zi jahon adabiyoti tarraqqiyotidan, undagi o’zgarishlardan atroflicha xabardor bo’lishi talab etiladi. Adabiyotshunos olimda esa bu xislatlar tom ma’noda mujassamlashgan. A Rasulov badiiy asarlardan yangilik, modern, suyuralizm, sentamentalizm kabi xususiyatlar haqida so’z yuritganda jahon adabiyotining bilimdoni sifatida o’zligini namoyon qiladi. Adabiyotshunos olim jahon adabiyotidagi mavjud yetakchi tamoyillari haqida shunday yozadi: “Mustaqillik davrida jahon adabiyotshunosligi, tan­qidchiligi ma’no-mohiyati, shakli-shamoyili ko’zga yaqqol ko’rindi. G’arb, anglo-amerika adabiyotshunosligi badiiy asarni o’qish, anglash estetikasini yaratib bo’lgan, talqinu baholash nazariyasi bobida katta yutuqlarga erishgan ekan. O’zbek tanqidchiligiga badiiy asarga yondashuvning yangi ko’rinishlari, talqinning yangidan yangi shakllari kirib kela boshladi. O’ylab ko’rilsa, G’arbda taraqqiy etgan talqin, ba­holash yo’sinlari mumtoz adabiyotshunosligimizda mavjud bo’lgan. G’arbda «germenevtika», «aksiologiya», «in­terpretatsiya», «biografiya» singari istiloh so’zlar mavjud edi. Sharqda, musulmon adabiyotshunosligida izoh, sharh, tafsir, talqin, ta’vil, manoqib, tazkira singari imtihonlar ko’p bo’lgan”.10

Keltirib o’tilgan iqtibosda, adabiyotshunos olimning g’arb va sharq adabiyotidagi mavjud an’analarni mukammal o’rganganini ko’ramiz. Shuninig uchun ham badiiy adabiyotning asosi bo’lgan matn va uning xususiyatlarini tahlil qilish zarurligi uqtiriladi.

“…badiiy matn tarkibi, ma’nolar ko’chimi, tayanch so’zlar - struktura, strukturalizm haqida fikr-mulohaza yuritar ekanmiz, mustaqillik tufayli adabiy tanqidda qayta jonlana boshlagan bir muammoni qayta ko’rib o’tamiz. Badiiy asar o’ziga xos mikromir: san’atkor asar vositasida olam-olam fikrlarni bildiradi, g’oyalarni ifodalaydi. Biz borliqni qanday o’zlashtirsak, san’atkor matnini shunchalik sinchiklab o’rganamiz. Haqiqiy matn - sistema. Borliq tuzilishida, inson muchasi, a’zolarining joylashishida izchil tarkib, tartib bo’lganidek, badiiy asar matnida ham tartibli tarkib mavjud. Aniqroq aytsak, ba­diiy asar - betakror struktura, sistema. Bu sistemani o’qish, o’zlashtirish yo’rig’i, yo’sini, qoidasi strukturalizmdir. Strukturalizm maqsadi adabiy matnning semiologiyasi - ma’nolar yo’nalishi, ko’pqatligini anglashdir. Strukturalizm maqsad-mohiyatini yuzaga chiqarishda asardagi muhim ma’no nuqtalarini belgilab olish jiddiy ahamiyat kasb etadi. Sinchkov nazar strukturalizm matnni turli alfozda tahlil qilish ekanligini payqab yetadi. Boshqacha aytganda, strukturalizm va germenevtika, strukturalizm va ak­siologiya uncha ham bir-biridan yiroq tushunchalar emas”.11 Muallif adabiy jarayonlar bilan bog`liq har bir fikrini ilmiy asoslashga, aniq misollar bilan izohlashga harSharafiddinovt qiladi. Ko`plab shoir va yozuvchilarimiz asarlari bir necha xorijiy tillarga tarjima qilingan bo`lsa-da adabiyotimiz dunyoda biz kutgan darajada dong tarata olmayotgani sababi haqida mushohada yuritar ekan, “ularni talqin, tahlil qilish, tashviq-targ`ib etish past saviyada,– degan xulosaga keladi.


Download 209.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling