Abdulla oripovning adabiy tanqidiy qarashlari bitiruv malakaviy ishi


Download 209.5 Kb.
bet6/10
Sana02.01.2022
Hajmi209.5 Kb.
#193119
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Abdulla oripovning adabiy tanqidiy qarashlari.

Tadqiqotning joriylanishi. Tadqiqotimizning asosiy natijalari an’anaviy talabalar konfrensiyalarida qilingan ma’ruzalarda o‘z aksini topgan.

Tadqiqotning tarkibi. Tadqiqot kirish, uch bob, xulosa va adabiyotlar ro’yxatidan iborat bo’lib …. sahifani tashkil etadi.

1-BOB
ABDULLA ORIPOV QASHRALARIDA ILHOM

VA BADIIY MAHORAT
Ma’lumki, adabiyotimizning tasvirlash imkoniyati juda katta. Unda jamiyat hayotida birlashish yasagan katta voqealardan tortib, o‘sha jamiyat a’zolarining turmush tarzi, urf-odati, ahloq normalarigacha aks etadi. Abdulla Oripovning bir qator she’rlari borki, ularda ba’zan oddiy, ko‘z ilg‘amas, bir bir qarashda uncha muhim bo‘lib ko‘rinabermaydigan turli masalalar ilgari suriladi va badiiy-estetik tafakkur mahsuli bo‘lgan tushunchalar asosida o‘z mulohazalarini qayd qilib o‘tadi. Yozuvchi ijodi haqida so‘z yuritgan adabiyotshunoslar uning Iste’dodli shoir sifatidagi faoliyatini va ijod va ijodiy jarayon haqidagi qarashlarini yuksak badiiy asar sifatida baholashgan. “Shoirni o‘stirib voyaga yetkazadigan qulay ijodxonalar yo‘q. U hayotning har xil sharoitida issiq-sovug‘i, baland-pasti, o‘nqir-cho’nqiri, qing‘ir-qiyshiq joylaridan o‘ziga yo’l topib o‘tadi va asta-sekin ijodkor sifatida shakllanadi. Shu manoda har bir haqiqiy shoirning tug‘ilib voyaga yetishi bamisoli Abdulla ta’riflagan o‘z yo‘lini o‘zi ochishi kerak bo‘lgan buloq”3, - deb yozadi.

Iste’dodli shoir Abdulla Oripov “Ehtiyoj farzandi” asarida shunday yozadi: “Mening birinchi taassurotim shundan iboratki, bugungi adabiyotimiz ko‘rki va salmog’i – xalqimizning tarix sahnasida tutib turgan ijtimoiy-siyosiy mavqeiga yarasha. Balki, yonbi Iste’dodlar buyuk badiiy saviyalarini kelajakda namoyish etadilar. Hozircha, men adabiyotimizdagi yuksak ijtimoiy-siyosaiy ravnaqni e’tirof etaman. Bu esa katta bir xalq adabiyoti uchun hazilakam yutuq emas.

Ayrim yoshlar, G’ofur G’ulom ko‘nglini keng qilib yozmagan, degan ma’noda gaplar qilishadi. Holbuki, u juda murakkab davrda yashadi. She’r uning qo‘lida bir sehrli tayoqcha edi. Shu tayoqcha bilan u nag’ora chalishi ham mumkin edi, jahonni ug’otishi ham mumkin edi. Lekin Davr shuni taqozo etadiki, u faqat jahonni uyg’otdi. She’r – davr farzandi degani shu. She’riyatning ham umumiy printsiplari o‘zgarmasdir”.4

Qayd qilingan fikrlarda adabiyot va uning murakkab qirralari, ijodkor shaxsi, uning fitratidagi tuyg’ular ifodasi haqidagi qarashlar o‘z aksini topgan. Iste’dod sohiblari o‘z xalqini, millatini, dunyoga tanitadi va uni tarannum etadi. Shuning uchun she’r davr farzadi degan tushunchani ilga’ri suradi.

“Charxlangan qalamlarni hanuzgacha qo‘ldan qo’ldan qo‘ymagan oqsoqol adiblarimiz adabiyotimizning ko‘rki bo‘lib turibdilar. Ular murakkab sharoitlarda ham o‘z gaplarini iste’dodlari darajasida amallab aytib keladilar. Buning uchun ularga qulluq. O‘rtadagi gina-qudratlar, chekinishlar, adashishlar kelajak uchun saboq bo‘la qolsin. Bo‘ldi maza adabiyotimizga endi kirib kelgan va kirib kelayotgan yoshlarga. Chunki ular qo‘llariga ilk bor qalam tutganda yozgan narsam unga kulfat keltira ekan, deb o‘ylab ko‘rgan emaslar. Ularga qo‘rquvning kattakon, daxshatli ko‘zlari begonadir. Axir dabiy avlod uchun bundan ortiq baxt bormi”.

Darhaqiqat, Abdulla Oripov buyuk so‘z sanatkorlari va ular qoldirgan adabiy meros haqida so‘z yuritar ekan, ularning badiiy poetik mahoratiga alohida to‘xtaladi. Masalan sobiq sho‘rolar davri adabiyoti haqida so‘z yuritganda murakkab bir davrning salbiy jihatlari bilan birgalikda, o‘z davrining buyuk ijodkorlarini tarbiyalaganligini ham alohida takidlaydi. “Xullas, mana shunday mas’ulyatli dovondan turib, xalqimizning ko‘pdan-ko‘p dongdor vakillariga, ularning faoliyatlariga nazar tashlay boshladik. Chunonchi, Sharof Rashidovning O‘zbeston uchun necha o‘n yillar mobaynida qilgan xizmatlari munosib ravishda baholandi va bu baho elu-yurt tomonidan mamnuniyat bilan kutib olindi”. O’tganlarning barchasi ham davr farzandlari edi, lekin ularning xalq oldidagi xizmatlari ham unitilmasdir. Biz yaqin o‘tmishda yashab o‘tgan allomalarimiz, adiblarimiz ijodidagi muvaqqat g’uborlarni yuvib tashlab, yombi oltinlarimizning asl jamoliga to‘yib-to‘yib boqishimiz, ularni kelajak avlodlar hukmiga, muhimi vaqt hukimiga avalab uzatmog’imiz shartliligini alohida qayd qilib o‘tgan. Biror ijodkor biror tuzimning yoki biror firqani muttasil maqtayvergani yoki qoralayvergani bilan iste’dodi yuksalib qolmaydi. Iste’dod, eng avvalo, tabiyat ehsoni, Olloh tuhfasidir. Asrlar mobaynida ijod ahli turli hukumron doiralarning ta’siriyu va tazyiqidan qutilolgan emas. Bu tazyiqu ta’sir asarlarining mazmunida goho dunyoviy, goho xurofiy tarzda zohir bo‘lar edi. Ba’zi shoirlar esa bu g’alvalarning barchasidan bezib faqat yer jamoliyu tabiyat manzaralarini kuylab o‘tganlar. Jahon adabiyotidan bunga ko‘plab misollar keltirsa bo‘ladi. “Biroq, dunyoda shunday tabarruk mavzular ham borki, ularni hech bir tuzim, hech bir siyosat daf’atan qatog’on qilolgan emas, bunday mavzular kimning lafzidan chiqmasin tarixda sira ham salbiy ma’no kasb etgan emas. Bular Vatan, do‘stlik va birodarlik, tinchlik va muruvvat kabi mavzulardir”5.

Bu mulohazalarga nazar tashlaydigan bo‘lsak, har bir tuzim o‘ziga xos so‘z san’atkorlarini tarbiyalab voyaga yetkazadi. Ammo jamiyatning turfa xil xususiyatlarini hayot bilan uzviylikda adabiyot uni aks ettiradi. Ana shuning uchun ham badiiy adabiyot davrning uzviy bo‘lagi sifatida shakllanib, rivojlanib boradi. Bu esa davr ijodkorlarini yuzaga chiqaradi. Ana shu jihatlarga Abdulla Oripov iste’dodli ijodkor sifatida e’tibor qaratadi va abadiy mavzularni o’ziga xosliklarini tahlil qilib beradi. Sobiq sho‘rolar davrida adabiyot va san’at yuksak darajada taraqqiy etganligiga alohida to‘xtalib o‘tar ekan, bu davrning ham buyuk so‘z san’atkorlari mvjudligini va yuksak badiiy mukammal asarlar yaratganligiga alohida e’tiborini qaratadi.

“-Kamtarlikka yo‘ymang-ku, lekin to‘g’risini aytsam, maqtovlardan hech qachon garangsigan emasman. Ishqilib, baholi qudrat qoralagan, tunni tonglarga ulab yozgan narsalaring haqida iliq gaplarni eshitish kimga yoqmaydi, deysiz. Lekin yaxshi gapni yoqtirishda ham me’yorni unutmaslik kerak. Aks holda yozuvchi ham so‘rg’ichga o‘rgangan go‘dakka o‘xshab qoladi. Go‘dak yarim tunda uyg’onib so‘rg’ich talab qilgandek, maqtovga sel bo‘lgan yozuvchi bilan gaplashganingizda har ikki so‘zingizning birida maqtov hidi kelmasa, boshingiz baloga qoladi. Maqtov quliga aylangan ko‘plab ajabtovur yozuvchilarning ijodi bevaqt so‘lganini yaxshi bilaman. Shu narsadan voqifligimmi, bilmadim, ishqilib shukur she’rlarim haqidagi Oybek Kug’ultinovdek, Rasul Hamzatov, Qaysin Kuliyevdek juda katta san’atkorlarning menga nisbatan aytgan shirin gaplari yoki boyagi aytganingiz Tixonov domladek mashhur kishilarning baholari meni ortiqcha taltaytirmadi, gangitmadi”6.



Iste’dodli ijodkor adabiyot va san’atning taraqqiyoti uchun katta mehnat qilgan bo‘lsada, biror o‘rinda ijod va ijodiy jarayonga noxolis yondoshmaydi. Shoirlik bu qismat ekaniga alohida urg’u beradi. Ijokor badiiy mahorat haqida so‘z yuritar ekan, hayot bilan yashayotgan jamiyat bilan bog’liqligini alohida qayd qilib o‘tgan. Shuning uchun shoir yozadi: “Jannatga yo‘l” “ Mushtum” jurnalida e’lon qilina boshlandi. O‘shanda, hatto shunday bo‘ldiki, maxsus odamlar Do‘rmonda – ijod uyida qo‘lyozmani yo‘qotib yuborishdi ham. Yoshlik ekan, xotiram kuchli edi, o‘n minglab baytni yod bilar edim. Jumladan , yo‘qolgan dostonni har bir so‘zini jurnal uchun qayta boshdan tiklab berdim. Qarangki, doston bosilib bo‘lgach yo‘qolgan qo‘lyozmani, maxsus idora xodimlari iltifotsizlik bilan bo‘lsa-da o‘zimga qaytarib berishdi”7. Shoirning bu dramatik dostoni chop etilgandan so‘ng asar haqida turli xil fikrlar bayon etilgan shoirning o‘zi qayd qilganidek, asar haqidagi bir yoqlama qarashlar o’sha davr uchun xos bo’lgan xususiyat edi. Shuning uchun jamiyatimizdagi o‘zgarishlar badiiy adabiyotga ham o‘zini sezilarli ta’sirini o‘tkaza oldi. She’riyat kishi qalbiga eng avvalo, ruhiy tashnalik, cheksiz ehtiyoj, ajib bir sehr tariqasida kirib keladi. She’r inson ruhining bir muncha g’ayritabiiy, ayricha holatidan tug’iladi. Armonga, go‘zal iztirobga qondirilishi nihoyatda zarur bo‘lgan ehtiyojga aylanadi. Bu ehtiyoj chinakam shoirni umr bo‘yi taqib etadi. Shunday bo‘lsada, Abdulla Oripovdek ijokor adabiyot va san’atni e’zozlab yashadi. Bir qator ijodkorlar ilhom va badiiy mahorat, iste’dod haqida so‘z yuritishgan. Abdulla Oripov ham badiiy ijod jarayoniga o’z munosabatini bildirgan zero, adabiy maqolalar, suhbatlar turli-tuman, anjuman va uchrashuvlardagi nutqlar ma’ruzalar ijodkorning butun badiiy olamini, uning ijodiy konsepsiyasini, printsiplarini ijod qonuniyalarini, ijodkorning jamiyatdagi o‘rni xususidagi qarashlarini tahlil qilishga, falsafiy mushohadalar asosida fikr bildirishga harakat qilgan. Shoirning bir qator maqolalarida ijod va ijodiy jarayon, badiiy mahorat kabi masalalarga to‘xtalar ekan, bu jarayonning murakkab qirralarini tahlil qiladi. shuning uchun ijodiy jarayoning o‘ziga xos tomonlarini buyuk so‘z san’atkorlari ijodi misolida tahlil qilishga intilgan.

Abdulla Oripov ijodi davomida she’riyatga bo‘lgan munosabatini va ijodiy jarayondagi murakkab va oniy holatlarni tahlil qilishga harakat qilgan. Ijodkor uchun avvalo, iste’dod, so‘ng esa mehnatsevarlik, izlanuvchalik kerak. Iste’dodsiz mehnat esa yo‘q narsalar. Iste’dodsiz ijod bo‘lmaydi. Ijod bu so‘zma-so‘z tarjima qilsangiz yo‘q joydan barpo qilish demakdir. Ijodkor uchun eng muhim fazilatlardan biri samimiyat deb bilaman. U bor joyda to‘qima gaplar, aldamchi kayfiyatlar bo‘lmaydi. Ijod keng bir maydon, har kim qo‘lidan kelganicha chin yurakdan ijod etadi. Bu tushunchalar zamirida haqiqiy mehnat katta talant tushunchalari o‘z ifodasini topgan. Shuning uchun ijodkor qalbidagi istiroblar she’riyatda o‘z ifodasini topishi bilan ijodiy jarayonnning iste’dod asosida yuzaga chiqishini alohida qayd etadi. Buning zamirida talant va ilhom, iste’dod va mehnat mavjudligiga alohida urg’u beriladi. Bularning barchasi ijodiy jarayonning mahsuli sifatida o‘z ifodasini topgan shuning uchun badiiyatdagi turli xil qarashlar ijodiy jarayonga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Shu jihatdan shoir qismati va taqdiri adabiyot bilan chambarchas bog’liq bo‘lgan. Badiiy adabiyotning turli janrlarida ijod qilgan ijodkorlarning asarlari haqida so‘z yuritish juda katta mahoratni talab etadi. Ana shu nuqtai nazardan, Abdulla Oripov badiiy mahoratni adabiyotimizning katta darg’alari asosida tahlil qilishga va ularning ijodiy jarayoniga munosabatini ifodalashga o‘ziga xos bir o‘rin egallaydi. Shoirning davr adabiyoti haqidagi qarashlarida ham o‘ziga xos mahorat mavjud. Ijokorning fiklarida muayyan davr adabiyoti tahlil qilish ananasi kuzatiladi. “Ijodkorning fazilatini faqat o‘z kechinmalarigina belgilamaydi. U atrofidagi dunyoga, odamlarga teran ko‘z bilan boqmog’i va u haqida teran fikr yuritib, umrboqiy asarlar yaratishga intilmog’i lozim. Bu vazifani uddalashdagi asosiy kalit samimiylikdir. Jahon adabiyotida inja, nozik tug’ularda yirik fikrlarni mujassam eta olgan keng qamrovli, teran asarlar yashab qolgan”8. Bu fikrlarda bfdiiy ijodkor bilan uning asari o‘rtasidagi o‘zaro bog’liqni, samimiy asarlarning yashavchanligini ta’kidlab o‘tganligini kuzatishimish mumkin. O’zbekiston xalq shoiri, O’zbekiston qahramoni Abdulla Oripov- tug’ma istedod egasi. U - juda siyrak uchraydigan noyob, nodir shoir. Uning so’z san’ati xazinasiga qo’shgan hissasi bebaho. Ana shuning uchun ham prezidentimiz I.Karimov shoir ijodiga yuksak baho berib “ Biz XX asr adabiyotini A.Qodiriy, G’ G’ulom, Oybek kabi mumtoz adiblarsiz , zamonaviy adabiyotimizni Said Ahmad, Erkin Vohidov singari ijodlarsiz tasavvur eta olmaganimizdek , manaviy kelajagimizni, farovon va buyuk istiqlolimizni A.Oripov ijodisiz ko’z oldimizga keltira olmaymiz. Hozirgi davrda uning she’rlari xalqimizni adolat tantanasi, yorug’ kelajakka ishonch ruhida tarbiyalaydigan yuksak ma’naviy omil bo’lib xizmat qilmoqda ” degan edi. A.Oripov ijodining fazilatlari haqida adabiy tanqidchilik va adabiyotshunoslikda juda ko’p fikrlar bayon etilgan. Izzat Sulton, M.Qo’shjonov, O.Sharafiddinov kabi bir qator olimlarimiz A.Oripov ijodiga haqli ravishda yuqori baho berganlar. Akademik I.Sultonov shoir ijodini teran tahlil etib: “ A.Oripov she’riyatining eng muhim xususiyati odamlarni birlashtiruvchi kuch-qudratdir. Bu – haqiqiy she’riyatning eng ulug’ fazilatidir”,-degan xulosaga kelgan edi. O’zbekiston xalq yozuvchisi Odil Yoqubov esa: A. Oripov she’riyatiga nisbatan tashbeh qo’llaydigan bo’lsak, u dutor navosiga o’xshaydi: birda cheksiz mung bilan dillarni larzaga keltirsa, birda sho’xchan tus oladi, mayin va o’ziga xos taronasi tag’in kishini maftun etadi. Uning asarlari qon-tomirida o’t bilan suvdek bir-biriga zid tuyg’ular tinimsiz oqib turadi. Shuning uchun ham bir she’ri hayotning ye tuk falsafiy idroki hosilasi bilan to’yingan, boshqa bir she’ri esa, dard –u g’amga to’liq, nolali va ruhsiz, bir she’ri sho’xchan, qochirimli va yumorga boy, boshqa bir she’ri esa, saxpvatli qalb mehriga to’liq, shuning uchun ham u betakror,hayotning o’ziday so’lim va jozibali , yuraklarga yaqin. Ona Vatan- Abdulla ijodining bosh mavzui. Vatanni undan ham kuchli sevish, sharaflash mumkinligini hozircha bunchalik yorqin namoyon etayotganlar kam”,- deb yozgan edi. A.Oripov ijodiga jahonning boshqa millar yozuvchilari va olimlari ham yuksak baho berganlar. Mashhur bolqor shoiri Quysin Quliev o’tgan asrning 60-yillardayoq: “ A.Oripov she’riyatida men fikrning salmoqdorligini, obrazlarning ohorli, quymaligini, o’quchini zeriktiruvchi tor ma’noli qizil so’zlikdan ” xolilikni ko’rdik. Yosh shoir so’zning ifoda kuchini bexato sezadi, hayotni o’z bo’lishicha, uni o’ziga xos yangi nazar bilan ko’radi. Uzbek she’riyatini yangi, katta iste’dod bilan qutlasa bo’ladi,- deb ta’kidlagan edi. A.Oripov ijodiga Ch.Aytmatov kabi ulug’lar ham tegishli tarzda yuqori baho berganlar. Ch.Aytmatov “ Shoirning so’zlaridan zamondoshlari ham, kelgusi avlodlari ham faxrlanib yuradilar” – deb yozgan edi. A.Oripovni hozirgi kunda butun dunyo biladi va uning rango-rang asarlarini qiziqib , sevib o’qiydi. Bu benazir shoirning bunday mashhur ijodkor darajasiga etishish osonlikcha bo’lmadi, albatta. Zotan, shoir yoshligidanoq ijodiy ishga katta ma’suliyat bilan qaradi. Ko’p o’qidi . A.Oripov : “Men bir narsaga aminmanki , tabiat kishiga qanchalik iste’dod bermasin, agar uni muttasil o’qish o’rganish bilan , qisqasi , ilm va mehnat bilan mustahkamlab bermasa , biror natijaga erishishi mushkuldir”, -deb yozgan edi.Uning ba’zi asarlari turg’unlik davridagi, adolatsizlik va ko’zbo’yamachilikka bo’lgan keskin e’tirozning in’ikosidir. Akademik M.Qo’shjonov haqli ravishda qayd etganidek : “ Vaqtlar o’tdi. Qayta qurish ishlari boshlandi. Bir vaqtlar shoirning mungli bo’lib ko’ringan she’rlari mavjud hayotning aks sadosi ekani, qalamiga olgan manfur hodisaning o’sha davrga xos haqiqatning o’zi ekani ma’lum bo’ldi. Uning haqiqatgo’y , hozirjavob shoir ekaniga hamma tan berdi.” Demak A.Oripov boshdanoq haqiqat yo’lida, realism pazitsiyalarida mustahkam turgan. Binobarin , A.Qahhor o’z shogirdi ijodiga xos bu fazilatni yuksak qadrlab: “ Abdullaning bir xislati menga maqul . U faqat o’zi ko’rgan va o’zi bilgan narsalarnigina yozadi, ” -deb ta’kidlaganda haq edi. Bu fikrni A.Oripovning o’zi ham quyidagicha tasdiqlaydi. Shoir yoshligida kichik bir davrada “Kreml devorlari” she’rini tantanali suratda o’qib berdi. Shunda Hamroqul ota Molidov degan bir nuroniy kishi: “O’g’lim, o’zing Kremlni ko’rganmisan?” –deb so’rab qoldi. Shoir: “- Yo’q”, - deb javob berdi. Shunda bu kishi: “Bo’lmasa ko’rmagan narsangni bundan keyin yozma!”- deydi. “O’shanda yegan dashnomim menga hozirgacha dars bo’lib kelayotir… Mening deyarli har bir she’rim hayotning ma’lum bir voqea, hodisa bilan bog’liq. Jo’nroq qilib aytganda, har birining o’z turtkisi bor”,-deya yakunlaydi shoir fikrini. Demak Abdulla Oripov she’riyatining muhim fazilatlaridan biri haqiqatgo’ylikdir. Shoir she’riyati haqqoniy bo’lganidek, mavzu doirasi keng, mazmuni esa boy va teran. A.Oripov she’riyatida ona vatan – O’zbekiston mavzusi o’zining butun salobati va borlig’I bilan gavdalanadi. Vatanga va xalqqa muhabbat tuyg’usi shoir ijodining asosini tashkil etadi. U XX-asr o’zbek she’riyatida inson qalbining murakkablik, ziddiyatlarni, haq-nohaqlarni, adolat, razolatni teran va haqqoniy, ayniqsa, o’ziga xos, betakror kelayotga ulkan ijodkordir. A.Oripov yangi bosqich o’zbek adabiyotiga yangicha badiiy tafakkur yo’sinlarini olib kirdi. Birga shakllanib , voyaga etgan O’zbekistonning shoir va yozuvchilari avlodi. A.Oripov asarlarining kuchli ta’siri ostida o’sdi. Bu ta’sir o’zbek adabiyotiga kirib kelayotgan har bir yangi bo’g’in vakillari ijodida ham yaqqol sezilmoqda. A.Oripov o’z asarlarining tub mohiyati bilan Yassaviy, Navoiy, Bobur, Cho’lpon, G’.G’ulom ijodiy ananalarining davomchisidir. Kenja shoir asarlari ustoz salaflarning zavol bilmas adabiy merosi bilan uzviy bir yaxlitlikda abadiyat sari davom etajak o’zbek adabiyotining o’tmish va kelajagini bog’lovchi oltin halqadir. Shoirning butkul ijodi tag-tomirigacha milliylik ruhi bilan sug’orilgan, bu milliylik mahdudlik, biqiqlik faqat o’zinigina o’ylab o’zgalarni mensimaslik yoxud haqorat qilish asosiga qurilgan emas. Bu milliylik zamirida o’zbekona bag’ri kenglik tantilik, olijanoblik va xalqparvarlik bilan bani insoniyatning baxt-saodatiga, mehr-muruvatiga bo’lgan kuyunchaklik hissining uyg’unligi yotadi. Vatan va uning fidoiy farzandlari sevich tashvishlarini kuylash shoir ijodining asosiy yo’nalishidir. Vatanni kuylar ekan , shoir bu Vatan ulkan koinotning bir qismi ekanini unutmaydi. Er kurrasi,ulkan koinot tashvishlarini qalamga olganda esa, shoir o’ylari, shubhasiz va beistisno unga o’xshashi yo’q O’zbekistonga borib tutiladi. Ko’kdan ko’p she’riy to’plamlar, dostonlar, tarjima asarlar, qo’shiqlar, publisistik va adabiy maqolalar muallifi A.Oripovning o’ttiz besh yillik ijod yo’li bir tekisda kechgani yo’q. Bu yo’lda sho’ro hukumati davrida haqiqatni ayta olmaslik azoblari-yu, aytilganda dashnomlari ham, hukmron mafkura ta’sirida uning g’oyalarini kuylash va milliy mustaqillik yo’lidagi fidoiy kurashlar ham bo’ldi. Biroq past-balandlik, parvoz va qiyinchiliklar, eng asosiysi: shoirning o’z xalqiga ,xalqining shoiriga adoqsiz mehr-muhabbatini bir baqiya ham susaytirgani yo’q. Aksincha, izlanishlar va qiyinchiliklar, ulardan o’sib chiquvchi yangi izlanishlar xalq va shoirning bir-biriga sadoqatini yanada mustahkamladi. Bu sadoqatning natijasi bo’lib yangi-yangi asarlar maydonga keldi. A.Oripovning lirik qahramoni haqiqat qidiruvchi va bu yo’ldan tinim bilmay izlanuvchi kishidir. Haqiqat va adolat, bir qaraganda, barchaga ayon, hammaga qanday ravshan tushunchadek. Biroq, uning unson qalbi orqali ro’yobga chiqishi shu qadar sir-sanoatli, jumboq, murakkab va ziddiyatliki, shoir lirik qahramoni ana shularning tagiga, zamiriga yetishga harakat qiluvchi faylasufona mushohadakor kishidir. Mustaqillik sharofati tufayli so’nggi yillarda milliy qadriyatlarimizga munosabat tubdan o’zgardi. Islom dinining insonparvarlik xususiyatlarini ulug’lash va o’rganishga e’tibor kuchaydi. Hayotning bu o’zgarishi A.Oripov ijodida ham o’z aksini tobdi. A.Jomiy, A.Navoiy an’analarini davom ettirib hikmatomuz hadislar talqinida yozilgan qator she’rlarni lirik qahramoni misolida XX asr oxirida o’zbek she’riyatida aks ettirilgan qahramonlar olami yanada boyidi. Mulohazakorlik, o’ychanlik, hayotning teran, biroq ziddiyatli tomonlarini chuqur idrok etishga intilish, qalbni bezovta qiluvchi har bir narsa, voqeani mohiyatan anglash va keng mushohada etishga da’vat A.Oripov ijodiga xos xususiyatlardir. Shuning natijasi o’laroq, har bir she’riy satrning shaloladek, misli alangadek yog’du sochishini ko’ramiz. Shoir o’zining bu yo’lida hayotning doim ham ona bo’lib boshini silamasligini bilada va shuning uchun ham u kurash zavqini a’lo ko’radi- tug’yonli, isyonkor baytlar bitadi. Shoir xalqimizning dard-istiroblari, insonning qalb larzalari va murakkab ruhiy dunyosini inkishof etishda davom etadi. O’z yo’lidan-haqiqatdan voz kechmadi sira-sira chala so’z aytmadi hisob. Soirning barcha kitoblarining mazmun-mundarajasini inson qismati, zamon dardi, hayot tashvishlari tashkil etib, bu umumbashariy muammolar o’ta teralik qalb yolqini, isyonkorlik va intellektual mushohada bilan talqin etiladi, ularda bosh va mas’ul so’z-kurash! Mustaqillik ijodkorlar uchun ham bor ovoz bilan aytish imkoni-huququni berdiki, shoirning yurak tug’yonida yanada bir o’zgacha ohang, yangicha, ehtirom betiniy portlash bilan ifodalanmoqda. Ijtimoiy hayotning o’zgarishlar tufayli adabiyot va adabiyot haqidagi ilmda ham yanada yangilanish vujudga keladi. Har bir buyurtma asarlar, qizil saltanat, uning shoirlariga bag’ishlovlar, targ’ibot, tashviqotlar o’rniga ruhiy-falsafiy, ramziy-majoziy asarlarning badiiy namunalarini yaratish, ayniqsa mumtoz adabiyotimiz, madaniy merosimizni o’rganish va o’rgatishga, xususan, tafavvuf, diniy-ma’rifiy xazinalarimizga e’tibor kuchaydi. Uning asarlari majoziyligi, ramziyligi, ruhiy-falsafiy tugalligibilan qimmatli. Bu jihatdan davrimizning ulkan shoiri A. Oripovning har bir asari har gal tahlil qilinganda kamalakdek jilo ko’rsatadi. O’z tugalligi, teranligi bilan inson ko’z o’ngida tovlanadi, qalbini zabt etadi. Albatta, A.Oripov bu yutuqlarga erishishning bir yo’li mehnat va ilmdir. Zero, Payg’ambarimiz Muhammad rasullulloh sallollohi alayhi va-assallam hadisalardan birida: “Har bir narsaning o’z yo’li border, jannat yo’li esa, ilmdir”,-deydilar. Demak, inson suvratiga emas, siyratiga zeb bersa, botiniy-ma’naviy olamini boyitsa, uning ruhi boqiydir. So’zimizni uning ijodiga bag’ishlangan taniqli zamondoshlarining dilnomalari bilan davom ettiramiz. O’zbekiston Prezidenti I. A. Karimov “A.Oripovday shoir yuz yilda bir marta tug’iladi” – deb ta’kidlaganlar. Bu fikrlarni davom ettirgan holda Ch. Aytmatov “Katta shoir hamisha o’z vaqtida maydonga keladi, u hamisha tarixiy. Zotan katta va inson qalbi iztiroblarining ifodachisidir. Biroq, eng asosiysi u-o’z davrining hakami va kuychisi, u-jarchi va faylasuf, u-so’z sehrgari uzeatga chekingan mutafakkir-darvesh. Bularning bari unga qalb izhorini hammaga birday tushunarli, sevimli va shu bilan birga ko’tarinki, teran ma’nolar mohiyati ifodalash uchun ato etilgan. Shu bois shoirdan kelgusi avlodlar ham faxrlanib yuradilar. A.Oripov menga XXI ga qadam qo’ygan davrimizning buyuk madaniy ahamiyatga molik ana shunday shoiri bo’lib gavdalanadi. ”-degan edi. Bundan tashqari rus olimi Evgeniy Evrushenka “ O’zbeklarga xos donishmandlik, bag’rikenglik, xoksorlik va andisha poeziyasiga singib ketgan ”-deydi. O’ljas Sulaymonov uning fikrini davom ettirib “ A.Oripov lirikasida qadimiy o’zbek she’riyatiga xos eng go’zal jihatlar mujassamlashgan. U o’zbekning ramzi bo’lgan ijodkor ”. Hatto, tanqidshunos olim O.Sharofiddinov u haqda iliq fikrlar bildirgan, “ A.Oripov, shubhasiz so’z ahlining yuksak maqomiga ko’tarila olgan ijodkor… XX asr 2-yarmi va XXI asr she’riyatida A.Oripov qolaversa, jahon she’riyatida u fenomenini to’la bo’lmasa-da, bir qadar mukammalroq ochib beradigan durustroq bir maqola ham yozgan emasman. Har gal bu ishga kirishmoqchi bo’lganimda, bu she’riyat qarshisida qalamning benihoya ojizligini his qilaman ”- deb aytib o’tgan. Jamiyat taraqqiyotida har bir avlod o’zidan oldingi avloddan ma’lum tomonlari bilan ozmi-ko’pmi farq qiladi. Ayni vaqtda keyingi avlod avvalgisining davomidir. Lekin insoniyat uchun eng muqaddas bo’lgan Vatan , Erk, Haqiqat, Ezgulik, Go’zallik tuyg’usi Hamish tabarruk an’ana sifatida avloddan avlodga ko’chaveradi. Har bir davrda har bir avlod ana shu muqaddas an’analarga o’z ishlari, so’zlari, e’tiqodlari, fikrlari bilan sodiq qoladi. Shu ma’noda, aytish mumkinki, zamonaviylik ham tarixiy kategoriya. Bugungi kunimiz kelajak uchun tarix. Sehrli so’z san’ati bugungi kunlarimiz va davr nafasini o’z bag’riga muhrlab, ulardan boqiylikka daxldor mazmun topadi. Kelajak avlod poetik so’zda mujassamlashtirilga ijtimoiy-siyosiy voqelikdan, xalq hayoti va taqdiridan, dardu-tashvishi va sevinchlaridan voqif topadi. Avlodlar silsilasida o’z hayoti, taqdiri va izlanishlari o’rtasidagi bog’liqlikni ko’radi. Ijod jarayoni g’oyat sirli va murakkab. Shu boisdan ham asl ijod hamisha individual va betakrordir. Shakl va mazmun bog’liqligining o’z qonuniyati bo’lganidek, novatorlikning ham umumiy mezoni bor. Ijodning betakrorligi shaxs va jamiyat psixologiyasini, voqelikning yangi manzaralari va qirralarini, qalbning yangi qatlamlarini badiiy-falsafiy o’rganish, o’zlashtirish bilan belgilanadi.ana shu jarayonda yuzaga kelgan estetik ideal va fikr ma’no yangiligi badiiy ijodning o’ziga xos betakror tabiatini belgilab beradi. So’ngi yillar she’riyatida shakl orqasidan quvish, shaklbozlikka berilishdek salbiy bir tamoyil ham palak yozib borayotir. Xususan, biror bir yangi shaklda doimo yangi gap aytish mumkin, deyish chalkash fikrdir. Ma’lumki, so’z san’atkorining muvaffaqiyati faqat poetik shakllar rang-barangligidagi izlanishlar bilan belgilanmaydi. Keyingi paytlarda diniy-axloqiy g’oyalar adabiyotimizda chuqur ildiz otib borayotir. Ma’naviy sarchashmalarimiz - Allohning kitobi muqaddas Qur’oni Karimda, Muhammad Mustafo (s.a.v.) sunnatlari – muborak Hadislarga murojaat etish alohida tamoyilga aylandi. Ushbu yo’nalishda Abdulla Oripovning “Haj daftari” turkumini, Tohir Malikning “Muhammad bilan suhbat” lirik dostonini, Asqar Mahkamning “Naqshbandiya” dostoni bilan “Tavajjuh”, “Ishq” she’riy qissalarini, Sirojiddin Sayyidning “Qirq hadis”, Shukur Qurbonning “Unutmadim adolat rasmin” (“She’rga tushgan hadislar”) she’riy turkumlarini ta’kidlash joiz. Avvalo, uning odamdagi odamiylik xislat – fazilatlarini kashf etish orqali shaxs va jamiyatni komillikka undashga qaratilgan mohiyati bilan e’tiborli. Axloqiy poklik, ma’naviy pokdomonlik xususiyatlarini ko’ngillarda tarbiyalashga,xususiyatlarda shakllantirishga yo’naltirilgan yangi badiiy talqinlari, nuqtai nazarlari, qarashlari bilan ahamiyatli. U Alisher Navoiyning asarlaridagi falsafiy-axloqiy qarashlarini yangi voqelik, yangi hayot materiali asosida davom ettiradi. Alisher Navoiyning “Arbain” asaridagi falsafiy-axloqiy g’oyalar Muhammad s.a.v. ning: “Kishi ummatlarimga din xususidagi qirq hadisni yetkazsa, tangri taollo uni qiyomat kunida fiqh bilimdonlari, olimlar to’dasiga qo’shadi” hadisi asosida yuzaga kelgan. Bugungu kunda shoirlarimizning badiiy- estatik izlanishlaridagi (“Qirq hadis”) qarashlari asoslaridagi inson axloqi, odobi, ruhiy poklanishi va ma’naviy kamoloti jarayonida Rabbimni ulug’lashga, Muhammad s.a.v.sunnatlarining qimmatini targ’ib etishga qaratilgan. Islomda odammga munosabat nihoyatda baland. Shu ideologiyaning ruhoniy hayotimizda sobit mavqeini egallashi, albatta foydali. Negaki, iymonsiz sog’lom jamiyat qurish mumkin emas. Shu o’rinda Abdulla Oripov lirikasida epiklik unsurlarining kuchayib borayotganligini ta’kidlash joiz. Epiklik deganda,shoir she’rlari mundarijasini tashkil etgan Vatan, insoniyat ona sayyora singari tushunchalar bilan belgilanmaydi. Badiiy umumlashmalarning ijtimoiy-falfasiy salmoqdorligi, teranligi ushbu sermiqyos mazmunni asoslaydi. Shoir ijodidagi ana shu sifat o’zgarishi, xususan, falsafiy teranlik bilan quyuqlashib borayotgani hozirgi lirikamiz taraqqiyotidagi muhim mayllardan biridir. Abdulla Oripov – hissiyotli chuqur ta’sirlanuvchi shoir. Diniy –ruhoniy qadriyatlarimizga qaytish va haj safari uning serqirra ijodida yangi mazmun, yangi ma’no kasb etdi. So’nggi yillarda diyorimizda ruhiy poklanish sari sa’y-harakatlar, buning ustiga umri bo’ylab islom nurini emib yashagan, Allohning hidoyati, inoyati bilan ulug’ ishlarni sharaf bilan ado etgan – jahonshumul nom, obro’ orttirgan chinakam xudojo’y insonlar qatoridan joy oldi. Abdulla Oripovning so’ngi darv she’riy ovoziga alohida quloq tutaylik. Ma’lumki, bugungu nazm kechagi isyon – chaqiriqlardan, bahs, ginalardan, oh-vohlardan, siyosiy-ijtimoiy masalalar qaydidan qutulib, asliyat-mohiyat sari, ya’ni zohiriy izhordan botiniy mushohada, ruhiy-falsafiy tahlilga yuz o’girmoqda. Bizningcha, sharqning donishmand, purhikmat she’riyati an’analariga vorislik va yangi zamonning ilg’or mundarija, shakl tamoyillariga, boy yo’nalishlariga monandlik, boylanish sari intilish baravj. A.Oripov o’z ijodida inson va tabiatni bir-birioga bo’liq tomonlarini ifodalab beradi. Tabiat inson hayotining jisman asosini belgilabgina qolmay, ma’naviy hayotining ham asosiy tayanchidir. A.Oripov lirikasida inson va tabiat talqini ana shunday falsafiy mazmunga ega. Shoir tabiatning o’zgarib turuvchi avzoida hayotning azaliyligi, umrning ezguligini ko’radi. Tabiat og’ushidan umr, taqdir, ezgulik falsafasi sizib chiqadi. A.Oripov tabiat falsafasidan umrlar hikmatini o’qiydi. Xususan, tabiat manzaralarida inson hayotining ma’nosini ko’rarkan, shu asosda ular odam hayotida xos mazmun kasb etadi. Shoir poetik dunyosida tabiat hayotining asosida tarzida namoyon bo’ladi. Bu esa insonga umr mazmunini eslatib turadi. Xalq va uning tarixi bilan uzviy aloqadorlik insonga tabiat bilan bog’liqlik ato etadi, degan fikr A.Oripov inson va tabiatdagi mavzuidagi she’rlarida nurlangan mavzunni ifodalaydi. A. Oripov kichik bir hayotiy detaldan, olis o’tmish xotiralaridan falsafiy mazmun kasb etuvchi badiiy umumlashmalar chiqaradi. Uning ijodidagi falsafiy ma’nodorlik, chunonchi E.Vohidov lirikasida poetic obrazlar musiqiy ohang, holat, kayfiyat va kartinalar asosida quriladi. A. Oripovda esa ushbu omillar o’zgacha. Shoir poetik o’ziga xosligi- bu hayotiy konkretlikka egaligidir. Poetik obrazlar aniq hayotiy holat, dalil va detallardan vujudga keladi. Shoir she’riyatidagi insonparvarlik g’oyalari olib kirganligini ham ko’rishimiz mumkin. Inson taqdiri, uning jamiyat va tabiat bilan aloqasi masalalari she’riyatni doimo qiziqtirib keladi. Boisi, hayot qanchalik sehrli mo’jiza bo’lsa, inson ham shunchalik sirli xilqatligidir. A.Oripov asarlarida inson fe’li-faoliyatidagi mujizakor ko;rinishlar qalamga olinadi. Shafqat mo’jizakor va qabohatni, oliyjanoblik va tubanlikni, yaxshilik va razolatni inson fe’li-faoliyatidan ayri tushunish mumkin emas. Faqat ijtimoiy voqeliklar mohiyati, inson ongi va estetik saviyasi, dunyoqarashi ushu boqiy tushunchalarga chuqur mazmun baxsh etib kelayotir. Abdulla Oripov asarlarida inson shaxsiyatiga zuhur topgan xislat va illat ko’rinishlari muxtasar ifodasini topgan. Unga biron so’z qo’shish yo olib tashlash ham mumkin emas. Inson har bir davrda ijtimoiy-siyosiy, madaniy voqelikning ko’zgusi bo’lib kelgan. Odamlarning hayot tarzidan u yashagan zamon haqida, ijtimoiy voqeliklar to’g’risida tasavvur va tushunchalarga ega bo’lamiz. Shu boisdan ham shoir uchunso’z qadri nimadan iborat, debso’ralgudek bo’lsaA. Oripov, so’z – bu olamgir mehnatdir, deb javob bersa kerak. Negaki, uning o’zi har bir she’r ustida ishlash- men uchun jang maydoniga kirgandek gap, deb etirof etadi. Darhaqiqat, A.Oripov tafakkur tarzida o’zbek tilining shirali, serbuyoq, tarovatli, purhimmat boyliklari namoish topayotganligi ko’ramiz. Demak, badeiy-estetik tafakkur tabiatiga ko’ra, A. Oripov ijodi so’z zimmasiga yuklagan ijtimoiy-falsafiy mazmun ko’lami, millat ongi va dunyoqarashiga olib kirgan erk g’oyalarining salmog’i jihatidan XX asr o’rtalari –XXI asr boshlari she’riyati bilan taraqqiyotida alohida bosqich bo’lib qoldi. Olam bilan odam fe’li-faoliyati, jamiyatning sir-sinoatini tushunish hamda tushuntirishda realistik tasvir madaniyatining yangi sahifasini ochdi. Endilikda badiiy estetik tafakkurimiz tabiatida jiddiy sifat o’zgarishlari jarayoni kechmoqda. Bugungi kunda ezgulik, adolat, go’zallik singari umumbashariy estetik mezonlarga asoslangan badiiyat namunalari ma’naviy madaniyatimiz xazinasini boyitmoqda. Millatning ma’naviyati jamiyatning ijtimoiy-siyosiy hayoti, inson taqdiri she;riyatimizdagi badiiy tadqiqotchilik mahvariga aylandi. Zero, inson ongi-shuurini, inson qalbini zabt etish, anglash hamda tushuntirish uchun kechgan va kechayotgan kurash-badiiy tadqiqotchilik hej qachon tingan emas, to’xtamaydi ham. Mabodo ana shu kurash so’ngudek bo’lsa, odam fikrlashdan , hissiy idrokdan to’xtab qoladi. Bu esa jamiyatlarning ma’naviy intelektual hayotini hamisha yangilab turadi. Adabiyot ham insonga o’xshaydi. Uni to’la to’kis anglash va tugal tushuntirish nihoyatda qiyin. Insonning tafakkur miqyoslari bamisoli osmon; ko’ngli esa xuddi ummon. Ummonni quchoqlab bag’ringa olomaganing, osmonni ikki qulochinga sig’dira bilmaganing kabi, odamni bilish ham, uning fe’l-atvori, tabiati mana bunday deya anglatish ham shunchalik mahol. Bugungi she’riy madaniyat tabiatidagi yangilash xususiyatlariga oid kuzatishlarimiz inson-jamiyat-tabiat o’rtasidagi rabitalarni bilishga qaratilgan mayl-intilishdir. Inson ham jamiyat singari muttasil takomilda.shu bois, zamondoshlarimiz ongi, tasavvuri va tushunchalari aytaylik, kechagi sho’ro kishilar dunyoqarashidan tudan farq qiladi. Bungungi she’riy jarayonda kechayotgan fazilatu kamchiliklar inson va jamiyat haqidagihaqiqatlarni aytishga intilish bilan bog’liq. Ijobiy mayllar ham, noqisliklaru illarlar ham ko’ngil tog’laridan boshlanib, yana ko’ngil ko’chalaiga kelib tugayotir. Shu jihatdan olganda, she’r-bu do’ppini chakkaga qo’ndirib, bo’la bolishlarga yonboshlab, ko’gil xushlik uchun yoziladigan ermak emas. Har joyni qilma orzu, har joyda bor tosh tarozi, deydi xalqimiz. She’r jamiyat bilan inson ko’nglini vobasta anglashga, yoritishga qaratilganolijanob vazifasi bilan ijtimoiy hodisa hisoblanadi. Shuning uchun shoirlik ko’ngil xushlik emas, ko’ngil ishi bo’lib kelgan. Shu ma’noda shoir-yozuvchi millat va jamiyatning ma’naviy-axloqiy hayoti uchun hamisha mas’ul, javobgardir. “ Er yuzida har qalay bizlar ko’proq burchlimiz ” (A. Oripov). Asarda voqealar tasvirining tag-zaminida hayotiy ma’no-g’oyalar yotadi va zamonaviy muammolar badiiy tahlilicha bag’ishlanganligini anglash qiyin emas. Biz faqat asarda hamma zamonlar uchun bir xil umumbashariy muammolarni ko’tarib chiqinganligi buning uchun muallif nurli nuqtalarni ramziy obrazlar va timsollarni asarda mahorat bilan kiritganligi alohida ta’kidlamoqchimiz. Majoziy obrazliylik- ramzli obrazlar vositasida fikrlash keyingi yillar she’riyatida haq gapni aytishning muhim shakllaridan biriga aylandi. Birgina Abdullo Oripov bilan Shukurullo asarlaridagi shayton obrzining badiiy-falsafiy talqinlari bu borada fikr yuritish uchun keng imkoniyatlar beradi. Xususan, birgina shayton obrazi misolida ushbu tamoyilning yetakchi xususiyatlarini kuzatish mumkin. Ma’lumki, inson ko’nglidagi Rahmon bilan fe’lidagi shayton o’rtasidagi kurash tirikligining mohiyatini belgilaydi. Shukrullo talqiniga ko’ra, shayton also o’lmaydi. U inson ko’nglini mahv etish uchun also tinim bilmaydi. Kecha kunduz hoziru nozir. Har qanday ezgu amallar, adolat, olijanoblik uning uchun butkul yot. Imon butunligi shayton hutqularidan bandani xalos etadi, degan insonparvarlik g’oyasi Shukurulloning “Imon”, “Makon” she’ri mazmunini tashkil etadi. Shayton sifat odamlar qay tariqa paydo bo’ladi? Qachonki, iymoni sust, maslak-e’tiqodda og’makash ming bir qiyofali odamlar har xil shaytoniy mayllarga moyil bo’ladi. “Falonchining ko’zida ajinasi bor”, “Pismadonchining shaytoni yomon” degan uzunquloq gaplar olis zamonlardan meros. A.Oripov she’riyatida shayton ramz. U jamiyatdagi, odamlar fe’l faoliyatidagi har qanday g’yriinsoniyliklar timsoli sifatida falsafiy mazmunda tadbiq etiladi. Hayotning sirli, sehrli mo’jizalarini qarangki, shayton inson qiyofasida ham namoyon bo’ladi. Va behad fe’l-atvorlarning adoqsiz nayranglarini, g’ayriinsoniy qiliqlarini ko’rsata beradi. A.Oripov lirikasida shayton ko’rib-bilib bilmaydigan xayoliy-fantastik xilqat emas. U shundoqqina biz bilan birga yurgan kimsa. Uning borlig’i sirga to’lgan. Shunchalar mubhamki, bosgan izlariyu qilmishlari, so’zlariyu kirdikorlari odamiylikka mutlaqo yot, begona. Shu jihatlarga ko’ra, u aniq belgilarga, chizgilarga, alomatlarga ega bo’lgan odamning ikkalamchi qiyofasi. U birgina odam qiyofasiga kirib, yolg’iz kimsalarning g’ayri-insoniy fe’l-atvorini namoyon etish bilan kifoyalanmaydi. Shayton shunchalar g’ayriodamiylik illatlarni o’zida mujassam etganki, jamiyatdagi muayyan g’oyaviy yo’nalishlar, ijtimoiy kuchlar haqida tasavvur beradi. U jamiyatdan, bizdan ayro tushmaydi. U g’oyibdan kelib qolmagan. U odamning ich-ichiga yashirinib olgan zulm. Iymoni sust, e’tiqodsiz, oqibatsiz, mehr-shafqatsiz kimsalar ruhiyatini o’zida ifodalovchi turfa qiyofalarda zohir bo’lib turadi. Shoirning lirik qahramoni davr va jamiyat hayotida, inson va zamon to’g’risida mushohada yuritar ekan, shayton odamlar ruhiyatini kemirish orqali jamiyatning ma’naviy-axloqiy tuzimlariga rahna soluvchi qora kuch zulm timsolida talqin etiladi, tasvirlanadi.


Download 209.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling