Abdullaeva mushtariy Obidjon


IX sinf o‘quvchilari bilan kashtachilik bo‘yicha o‘tkazilgan yozma-nazorat ishlarining natijalari


Download 202.83 Kb.
bet17/23
Sana16.06.2023
Hajmi202.83 Kb.
#1501057
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   23
Bog'liq
ABDULLAEVA Mushtariy Obidjon qizi

IX sinf o‘quvchilari bilan kashtachilik bo‘yicha o‘tkazilgan
yozma-nazorat ishlarining natijalari.


O‘quv yili

O‘quvchilar soni

Tajriba / sinov sinflari

A’lo,
“5”

YAxshi,
“4”

Qoniqarli, “3”

Qoniqarsiz, “2”

Tkuz.

2021-2022

540/530

90/171

250/129

189/310

11/20

7,96

2022-2023
boshlari

540/530

98/73

272/117

152/333

8/17

10,4

2022-2023
oxiri

540/545

109/75

341/105

135/329

5/11

10,9




3-rasm. IX sinf o‘quvchilari bilan kashtachilik bo‘yicha o‘tkazilgan
yozma-nazorat ishlarining natijalari diagrammasi.

Pedagogik tajriba-sinov ishlarimizda texnologiya fanidan milliy hunarmandchilikning spektral-variativ komponentlarini takomillash-tirishga doir har bir bo‘lim o‘rganilgandan so‘ng bir-ikki soat vaqt ajratildi. Pedagogik tajriba-sinov sinflari o‘quvchilarining nazariy bilimi, amaliy ko‘nikma va malakalarida texnologiya fanidan milliy hunarmandchilikning spektral-variativ komponentlarini takomillash-tirish bo‘yicha 10,5 foiz statistik farq borligi aniqlandi.
Tajriba sinflarida o‘quvchilarning bilim darajalari sinov sinflaridagi o‘quvchilarning nazariy bilimi, ko‘nikma va malakalariga nisbatan yuqori ekanligini ko‘rsatdi. Bu 3-jadvalda keltirilgan. Biz tomonimizdan aniqlangan farqning ishonarli ekanligini tekshirish uchun χ2 (xi-kvadrat) metodi qo‘llanildi (160-bet). Buni biz quyidagi chetlanishlardan kelib chiqdik:

  1. Tajriba va sinov sinflarini tanlash tasodifiy.

  2. 2. Bu tanlash-lar bir-biriga bog‘liq emas, har bir tanlangan sinf o‘quvchilari bir-biriga bog‘liq emas.

  3. 3. O‘lchash shkalasi nomlanish shkalasi hisoblanib, u 3 ta mezonga ega: to‘liq to‘g‘ri javob (TTJ), to‘liq noaniq javob (TNJ), noaniq javob (NJ). Baholash mezonlarining qiymatlari dissertatsiyaning 1-3-jadvallarida keltirilgan.

Aniqlash darajasi χ = 0,05 va erkinlik darajasi soni s = 3 – 1 = 2 uchun kritik mezon qiymati Tkr. < Tkuz. bo‘lib, Tkr. = 3,84 ga teng
Aniqlangan farqning aniqlik darajasi χ = 0,05 bo‘lib, o‘tkazilgan pedagogik tajriba-sinov ishimizning ishonarli ekanligi ilmiy xulosa qilishimizga asos bo‘ldi.
3-jadvalda o‘quvchilarning texnologiya fanidan milliy hunarmandchilikning spektral-variativ komponentlarini takomillash-tirishda amaliy ko‘nikma va malakalarini baholash mezonlari keltirildi.

4-jadval


O‘quv yili

Sinflar

O‘quvchilar soni, nafar

Tajriba/sinov sinflari

TTJ, %

TNJ, %

NJ, %

Tkuz.

2021-2022

VI

250/250

52/20

187/198

10/12

8,1

IX

252/250

49/17

190/215

13/18

9,9

2022-2023
boshlari

VI

248/246

52/21

185/208

15/17

11,5

IX

250/251

57/29

185/208

8/14

14,4

2022-2023
oxiri

VI

252/250

56/24

190/215

6/11

17,9

IX

248/246

46/28

198/225

4/9

18,1




4-rasm. Texnologiya fanidan milliy hunarmandchilikning spektral-variativ komponentlarini takomillashtirish mezonlari.

Texnologiya fanidan milliy hunarmandchilikning spektral-variativ komponentlarini takomillashtirishda Tkuz. mezonlar (TTN, TNJ, NJ) quyidagi formula bo‘yicha hisoblandi:



Bu erda: Zn1 – sinov “S” sinflaridagi o‘quvchilar soni; n2 – tajriba “T” sinflaridagi o‘quvchilar soni;
Q2i – ikkinchi tanlovda baho olgan o‘quvchilar soni bo‘lib, bu erda: i (i – TTJ bo‘yicha 2, NJ bo‘yicha 3).
SHunday qilib, texnologiya fanidan milliy hunarmandchilikning spektral-variativ komponentlarini takomillashtirish o‘quvchilarning nazariy bilimi, amaliy ko‘nikma, malaka va kompetensiyalarini rivojlantirish mazmuni va sifatiga samarali ta’sir etish to‘g‘risida xulosa qilishimizga ilmiy asos borligini ko‘rsatdi.


XULOSA VA TAVSIYALAR

“Maktab texnologiya ta’limida milliy hunarmandchilikning spektral-variativ komponentlarini fanlararo takomillashtirish nazariyasi va amaliyoti” mavzusidagi dissertatsiya bo‘yicha olib borilgan tadqiqot ishlari natijasida quyidagi xulosalarga kelindi:


1. O‘zbekiston Respublikasining hozirgi kunda jahon ham-jamiyatida o‘rni, fan-texnika taraqqiyoti va uning rivojlanishi darajasi, bozor iqtisodiyoti sharoitining kundalik turmush tarziga ta’sirini inobatga olgan holda, kommunikativ, axborot bilan ishlash, shaxs sifatida o‘z-o‘zini rivojlantirish, ijtimoiy faol fuqarolik, umummadaniy, texnologik savodxonlik, fan-texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyalari va imkoniyatlariga asoslangan o‘quv dasturlari va Davlat ta’lim standartini takomillashtirishga asos bo‘ladi.
2. Maktab texnologiya ta’limida milliy hunarmandchilikning spektral-variativ komponentlarini fanlararo takomillashtirish modeli-ning: a) o‘quvchilarda texnologiya faniga bo‘lgan motivatsiyani uyg‘otish; b) milliy hunarmandchilikning spektral-variativ komponent-larini takomil-lashtirishga qaratilgan dasturni yaratish; v) ta’lim-tarbiya va texnik vositalardan foydalanish; g) psixologik-pedagogik shart-sharoit-larni yaratish tamoyillariga asoslanishi milliy hunarmandchilikning spektral-variativ komponentlarini takomillashtirishning metodik-didaktik asosi ekanligi aniqlandi.
3. Tadqiqot jarayonida milliy hunarmandchilikning spektral-variativ komponentlarini takomillashtirishning falsafiy, psixologik, pedagogik, didaktik, ijtimoiy – psixologik, ijtimoiy – pedagogik hamda boshqarish bo‘yicha tarkibiy qismlardan iborat tashxislash metodidan foydalanish samarali ekanligi aniqlandi.
4. Olingan natijalarni ta’lim-tarbiya maqsadlari bilan solishtirish; tashxislash; qayta (teskari) aloqaning mavjudligi; tizimlilik va doimiylik; tezkorlik hamda didaktik talablarning shaffofligi (ochiqligi) kabi metodlarga asoslanish milliy hunarmandchi-likning spektral-variativ komponentlarini fanlararo takomillashtirish, ta’lim-tarbiya sifati va samaradorligini oshirish hamda ob’ektiv (xolis) natijalar olishga imkon tug‘diradi.
5. Milliy hunarmandchilikning spektral-variativ komponent-larini fanlararo takomillashtirish nazariyasini amaliyot bilan bog‘lash, amaliyotga yo‘naltirilgan ta’lim-tarbiya masalalari va eksperimental topshiriqlarni bajarish va pedagogikadagi innovatsion texnologiyalardan foydalanish orqali amalga oshirilishi o‘quvchilarning kasbiy va hayotiy faoliyatida texnologiya faniga oid milliy hunarmandchilikni spektral-variativ komponentlarni fanlararo takomillashtirishga xizmat qilishi asoslandi.
6. Darsni tashkil qilishda dars maqsadining shaffofligi (ochiqligi) va uning o‘quvchilar maqsadiga adekvatligi (mosligi), darsda o‘quv motivini oshirish tamoyiliga amal qilinishi va o‘quv vaziyatini hosil qilish, o‘quvchilarga beriladigan vazifalarni aniq belgilash, xususan, berilgan topshiriqqa doir grafik yoki diagramma tuzish, ma’lum qoida va vazifani yoki topshiriqni bajarish bo‘yicha algoritm tuzish, o‘rganilgan milliy hunarmandchilikning spektral-variativ komponentlarini takomil-lashtirishning muhim didaktik talablari ekanligi asoslandi.
7. SHaxsga va o‘quvchilar faoliyatini rivojlantirishga yo‘nalti-rilgan hamda o‘quv materialini didaktik jihatdan takomillashtirishga asoslangan innovatsion ta’lim texnologiyalaridan foydalanish dars jarayonida milliy hunarmandchilikning spektral-variativ komponent-larini takomillashtirishning zaruriy pedagogik omil ekanligi aniqlandi.
8. Ta’lim-tarbiya jarayonidagi pedagogik shart-sharoitlar, ta’lim muassasasi pedagoglari va ota-onalarining hamkorligi o‘quvchilarda texno-logiya faniga oid milliy hunarmandchilikning spektral-variativ komponentlarini takomillashtirish didaktik tamoyillardan biri ekanligi ko‘rsatildi.
9. O‘quvchilar mantiqiy fikrlashini rivojlantirishga yo‘nalti-rilgan holda didaktik va tarqatma materiallar ta’lim-tarbiya shaffof-ligini (ochiqligini) shakllantirish dinamikasini oshirishga xizmat qilishi tadqiqot natijalari asosida tasdiqlandi.
10. Milliy hunarmandchilikning spektral-variativ komponentlarini takomillashtirish dinamikasini o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, tanlangan o‘qitish metodikasi va yondashuvlar natijasida o‘sish, ya’ni statistik farq 10,5 % ni tashkil etdi.
Bu bilan dissertatsiya maqsadi va vazifalarining to‘g‘ri qo‘yilganligi, taklif etilgan modelning maqsadga muvofiqligi, unda qo‘llanilgan metod va usullarning yuqori natijaga ega ekanligi, o‘quvchilarda milliy hunarmandchilikning spektral-variativ komponentlarini tashxislash usuli samarali bo‘lganligini ilmiy asosladi. Tadqiqot yakunida qo‘lga kiritilgan ilmiy xulosalar asosida quyidagi tavsiyalar berildi:


Download 202.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling