Abdullaeva mushtariy Obidjon
Download 202.83 Kb.
|
ABDULLAEVA Mushtariy Obidjon qizi
1-rasm. Texnologiya fanidan V sinflarda milliy hunarmandchilikning spektral – variativ komponentlarini takomillashtirish bo‘yicha o‘quvchilarning dastlabki o‘zlashtirish natijalari
diagrammasi. Olib borilgan pedagogik tajriba – sinov natijalari biz tomonimizdan tayyorlangan milliy hunarmandchilikning spektral – variativ komponentlarini takomillashtirishning sifat jihatdan ishonarli ekanligini tekshirish maqsadida respublika va xalqaro ilmiy, ilmiy-nazariy, ilmiy-metodik konferensiya, simpozium, forumlarda ma’ruzalar qilindi. Tavsiya etilayotgan milliy hunarmandchilikning spektral-variativ komponentlarini takomillashtirish texnologiya fani konsepsiyasida, Davlat ta’lim standartida, Davlat talablarida, o‘quv dasturlarida o‘z aksini topgan. Milliy hunarmandchilikning spektral-variativ komponentlarini takomillashtirishda o‘quvchilarning V-VII va VIII-IX sinflar darsliklari hajmida texnologiya fanidan nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va malakalarga ega deb hisoblandi. Pedagogik tajriba-sinov jarayonida o‘z oldiga quyidagi masalalar qo‘yildi: texnologiya fanidan milliy hunarmandchilikning spektral-variativ komponentlarini takomillashtirishda biz tavsiya etayotgan materiallarning o‘quvchilar uchun tushunarli ekanligini tekshirish; texnologiya fanidan milliy hunarmandchilikning spektral-variativ komponentlarini takomillashtirishda o‘quvchilarning qiziqishlarini orttirish maqsadida kasbga yo‘llash ishlarini tahlil qilish; texnologiya fani o‘qituvchilarining tajriba sinflarida o‘quvchilarning milliy hunarmandchilikning spektral-variativ komponentlarini takomillashtirishda innovatsion metodlardan foydalanish. YUqorida keltirilgan masalalarni hal etish uchun pedagogik tajriba-sinovning izlanish qismi boshlandi. Texnologiya fanidan milliy hunarmandchilikning spektral-variativ komponentlarini takomillashtirish bo‘yicha o‘quvchilarning nazariy bilimi, amaliy ko‘nikma va malakalarini aniqlash maqsadida tegishli barcha tajriba sinflarda yozma-nazorat ishlari olib borildi. Olingan ma’lumotlarni taqqoslab, tahlil qilganimizdan keyin, ayrim farqlar borligi sababini aniqlashga kirishdik. Texnologiya fani o‘qituvchilari bilan olib borilgan suhbat natijasida shu narsa aniq bo‘ldiki, Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida 20- va Boysun tumanidagi 45-umumta’lim maktablarida deyarli milliy hunarmandchilikning spektral-variativ komponentlarini takomillashtirish haqida tasavvurga ega emas ekanligi aniqlandi. Texnologiya fani o‘qituvchilari milliy hunarmandchilikning spektral-variativ komponentlarini takomillashtirishga doir materiallar mazmunini, yaxshi bilishmaydi. Bunday holat keyingi o‘tkazilgan sinov ishlarining natijalarida ham sezildi. Dastlabki tajriba ishimizda tajriba-sinovni tashkil qilishdagi umumiy ilmiy-metodik holat aniqlandi. Pedagogik tajriba-sinov ishlarimizning bu bosqichida o‘quv yili davomida tajriba va sinov sinflarida texnologiya fanidan milliy hunarmandchilikning spektral – variativ komponentlarini takomillash-tirish bo‘yicha hech qanday o‘zgarishlar bo‘lmadi. Tavsiya etilayotgan texnologiya fanidan milliy hunarmandchilikning spektral-variativ komponentlarini takomillashtirishning tushunarli bo‘lishi biz tomonimizdan ishlab chiqilgan tanlash metodlariga asoslanib aniqlandi. Pedagogik tajriba-sinovning bu bosqichida biz sinflarni tajriba va sinov sinflariga ajratdik va ularni tanlashda: a) tajriba va sinov sinflarda o‘quvchilarning texnologiya fanidan milliy hunarmandchilikning spektral-variativ komponentlarini takomil-lashtirish bo‘yicha o‘zlashtirishlar deyarli bir xil; b) texnologiya fani o‘qituvchilarining milliy hunarmandchilikning spektral-variativ kompo-nentlarini takomillashtirish jarayonida bilimlari darajalari va ish tajribalari, toifalari deyarli bir xil; v) o‘quvchilarning texnologiya fanidan milliy hunarmandchilikning spektral-variativ komponentlarini takomillashtirishga dastlabki qiziqish darajalari bir xil (hatto ayrim tajriba sinflarida past). Texnologiya fanidan milliy hunramandchilikning spektral-variativ komponentlarini takomillashtirish bo‘yicha o‘quvchilarning nazariy bilimi, amaliy ko‘nikma va malakalari tahlil qilish yo‘li bilan tekshirildi. O‘quvchilarning bilimi sifati va samaradorligi har o‘quv yilining oxirida tekshirilib, tahlil qilinib, ularning javoblari quyidagi mezonlar asosida baholandi: A’lo “5” baho – texnologiya fanidan milliy hunarmandchilikning spektral-variativ komponentlarini takomillashtirish uchun zarur bo‘lgan xususiyatlarni, tushunchalarni, qoidalarni, qonuniyatlarni chuqur, atroflicha tahlil qila oladigan; matematik hisoblashlarni to‘g‘ri bajarish, fanlararo (fizika, kimyo, matematika) bog‘lanishlarda to‘g‘ri foydalana olish, natija-larni tekshirish va tahlil qilish nazarda tutildi. YAxshi “4” baho – texno-logiya fanidan milliy hunarmandchilikning spektral-variativ komponent-larini takomillashtirishda zarur bo‘lgan xususiyatlarni, tushunchalarni, qoidalarni, qonunlar va qonuniyatlarni tahlil qilishni, matematik hisoblashlarni ba’zi kamchiliklar bilan bajarishi, natijalarni tekshi-rish va tahlil qilishda ayrim juz’iy nuqsonlarga yo‘l qo‘yilganligi hisobga olindi. Qoniqarli “3” baho – texnologiya fanidan milliy hunar-mandchilikning spektral-variativ komponentlarini takomillashtirishda zarur bo‘lmagan tushunchalardan foydalanish; qoidalarni, qonunlar va qonuniyatlarni tahlil qila olmaslik, matematik hisoblashlarni ayrim kamchilik bilan bajarishgan, natijalarni tekshirish va tahlil qilishda xatolikka yo‘l qo‘yganligi inobatga olindi. Qoniqarsiz “2” baho – milliy hunarmandchilikning spektral-variativ komponentlarini takomillashti-rishda qoida, qonun, matematik hisoblashlarni to‘g‘ri bajara olmaydi, tahlil qila olmaydi, hatto bu holda tushunchaga ham ega emas. SHunday qilib, “A’lo”, “YAxshi”, “Qoniqarli”, “Qoniqarsiz” javoblar o‘quvchilarning texnologiya fanidan milliy hunarmandchilikning spektral-variativ komponentlarini takomillashtirishdagi nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va malakalari sifatlarini aniqlashda asosiy mezon bo‘lib hisoblanadi. 2-jadvalda VI sinf o‘quvchilari bilan naqqoshlik bo‘yicha o‘tkazilgan sinov ishlarining natijalari keltirilgan. 2-jadval Download 202.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling