Abdullaeva mushtariy Obidjon


-ilova O‘zbek milliy kashtado‘zligi bilan bog‘liq urf-odatlar va rasm-rusumlar


Download 202.83 Kb.
bet23/23
Sana16.06.2023
Hajmi202.83 Kb.
#1501057
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
ABDULLAEVA Mushtariy Obidjon qizi

5-ilova
O‘zbek milliy kashtado‘zligi bilan bog‘liq urf-odatlar va rasm-rusumlar.

Insonlar qadimdan dunyoni bilishga intilish, tabiatga bo‘lgan qiziqish, undagi narsalarni anglashga intilish tuyg‘ularini turli ko‘rinishda namoyon etishgan. Bu kashtalarda ham o‘z aksini topgan. Kashtalarda aks etgan bunday bezaklarni shartli ravishda quyidagi turlarga ajratish mumkin:


Kashtado‘zlik bilan bog‘liq qator urf-odatlar bo‘lib, ular hozirgacha saqlanib avloddan - avlodga o‘tib kelmoqda. Nikoh to‘yi marosimlarida kelinni ota uyidan kuyovning uyiga tushurib borishda kelinning sep-sidirg‘alari orasidan joy olgan milliy kashta buyumlari kelinning bo‘lg‘usi uyiga olib borib bezatilgan. Zardevorlar kelinning uyiga osilib, uyning mehrob tomoniga joynamoz va qo‘shqiyiqlar osilgan. SHundan so‘ng kelinlik liboslari osib qo‘yilgan. Kelin uyi zardevor bilan bezatilganda, kelin va kuyovga ko‘z tegmasin, umri boqiy, hayoti so‘zana gullaridek go‘zal bo‘lsin, kelin va kuyov qo‘shqiyiqdek bog‘lanib, umrining oxirigacha ko‘sha qarisin, deb qo‘shqiyiqlar osib qo‘yilar edi. Kashtalarda o‘simlik yoki uning ayrim elementlari aks etgan. Bunda lola, tuvakdagi gul, guldasta, anor, olma, atirgul, olmagul, bodomgul, uzum, yakkagul kabi bezaklardan foydalanganlar.
Ikkinchidan, kelin bo‘layotgan qizning aql-zakovati, kashta tikish mahorati kuyov tomondan kelganlarga, kuyovning qarindoshlariga ko‘rsatilgan.
SHu kuni kelinning buvisi yoki momosi tomonidan tikilgan kashtali tagchoyshab kelin va kuyov joyiga yopilgan. Kelin va kuyov qo‘sha qarisin, uvali-juvali bo‘lsin, deb duo qilingan. SHundan so‘ng kelinning yuz ochdisi kuni ertalab kelin ko‘rdi marosimi o‘tkaziladi. Bu marosimga kelin alohida tayyorlanadi. Boshiga kashta tikilgan do‘ppi, ustiga esa atlas ko‘ylak, kashta tikilgan uzun nimcha (kamzul) kiyadi, do‘ppining ustiga chiroyli kashta tikilgan oq ro‘mol o‘rab kelin salomga chiqadi.
Kelinni ko‘rgani kirgan erkaklarga kashta tikilgan chorsi yoki qiyiq, ayollarga kashta tikilgan sochiq, yoshlarga esa kashta tikilgan ro‘molchalar beriladi. Ular esa kelinga sovg‘a-salomlar olib kiradi. Qaynota-qaynonasiga kashta tikilgan joynamoz sovg‘a qilinadi.
YUqorida keltirilgan rasm-rusumlar, urf-odatlar, asosan, Farg‘ona vodiysining Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlaridagi o‘troq xalqlarida XIX asr oxiri - XX asr boshlarida odat bo‘lgan, ayrim elementlari hozir ham saqlanib qolgan. Kashta tikishni boshlash va kashta tasvirlarida ham rasm-rusumlar mavjud. YOsh qiz kashta tikishni o‘rganishni ro‘molchaga kashta tikishdan boshlagan va kashta tikkan birinchi ro‘molchasini ariqka oqizgan. Sababi kashta tikuvchining umri uzun bo‘lsin, uning kashtalari ko‘p tikilsin, suv singari kashta tikuvchi yo‘li pok bo‘lsin, baxti beg‘ubor bo‘lsin, deb shunday qilishgan.
O‘troq yashagan xalqlarda kashta bezaklarida mevali daraxtlar, o‘simliklar, parrandalar tasviri bo‘lib, unda tasvirlangan har bir mevaning uz ma’nosi bor. Kashtada tasvirlangan anor mehr-muruvvatli, ahil-inoq yashash ramzi hisoblangan. Kashtadagi olma tasviri sevgi-muhabbat ramzi sifatida tasvirlanib, ko‘p bolali, ko‘p farzandli bo‘lishni tilab tikilgan.
Kashtachilikda doimiy saqlanib qolgan urf-odatlardan yana biri kashta tikuvchi chevar tikayotan kashta gulining bir bo‘lagini tikmay qoldirganida. Bu esa kashta tikish davom etsin, avlodlar bardavom bo‘lsin, degan ma’noga ishora bo‘lib hisoblangan. Hatto kashta tikuvchi ayol tikayotgan kashtasidagi ba’zi gullarni farzandi tug‘ilishi bilan bog‘lagan. Har bir farzandi tug‘ilganda bitta gul tikib, gul rangini farzandning o‘g‘il-qizligiga qarab tanlagan. Agar qiz farzand tug‘ilsa, qizil rangli ip bilan gul tikilgan, o‘g‘il bola tug‘ilsa, ko‘k rangli ip bilan gul tikilgan.
Ayrim kashtalar butun oila to‘la shakllanguncha tikilgan. SHuning uchun ham oila a’zolarini tashkil qiluvchi farzandlar tug‘ilib, voyaga etgunga qadar bu ish davom etgan. Bu esa oila bilan bog‘liq kashtalar hisoblangan. Kashtalarda tumor ko‘rinishdagi naqshlar bo‘lib, bular yomon ko‘zdan asrasin, ko‘z tegmasin, degan ma’noda ishlatilgan bo‘lib, uchburchak ko‘rinishda ifodalanadi. Bu naqsh kelin-kuyovlarni yovuz kuchlardan ximoya qiladi, deb hisoblangan.
So‘zana va qo‘shqiyiq gullarida bittadan gul oxirigacha tugatilma-ganini ko‘rishimiz mumkin. Bu avlodlar davom etsin, kashta gullari bitib, avlod davomiyligi to‘xtab qolmasin, degan ma’noni anglatgan.
Qo‘shqiyiqlar yagona chorsi holda ham tikilgan. CHorsi to‘y-xashamlarda, beshik to‘ylarida barcha erkaklarga ko‘ylak chorsi, yaktak chorsi, sifatida sovg‘a qilinadi. Kashta tikilgan so‘zanalar hatto xalqimizda motam marosimlarida ham ishlatilgan. Motam marosimlarida erkaklar boshiga do‘ppi, ustiga to‘n, beliga esa chorsi (belbog‘) bog‘lashib, eshik oldida turganlar. Mayyit solingan tobut ustiga esa zardevor (so‘zana) yopilgan. Motam marosimidagi kashta buyumlari rangi mayyitning yosh yoki keksaligiga qarab ishlatilgan. YOsh mayyit bo‘lsa, qizil rangli zardevor yoki keksa mayyit bo‘lsa, havo rang, qora rangli matolardan tikilgan zardevor yopilgan. Bu kashtalar bilan bu yorug‘ dunyodan ketayotgan odamning hayoti u dunyoda ham go‘zal bo‘lsin, deb fikr qilingan. Bu holat o‘troq xalqlarda ham, chorvador xalqlarda ham hamisha urf-odatlar davom etganini bildiradi.



11 Pander K. Zentralasfen. Ossificdtm: Dumont Reisevertag, 2005. – P. 384. Judth Pelts. Uzbekistan entdeckan. – Berlin. 2007. – 290 p.

22 Keller G. Frauen culture in Uzbekistan Denzhngen /2002. – P.288.

33 Wollenweber B., Franke P. Uzbekistan. Land zwischen Orient und Okzident. – Berlin, 2007. – P. 91.

Download 202.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling