Abdullaeva mushtariy Obidjon


II.3-§. Milliy hunarmandchilikda innovatsion jarayonlar


Download 202.83 Kb.
bet12/23
Sana16.06.2023
Hajmi202.83 Kb.
#1501057
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23
Bog'liq
ABDULLAEVA Mushtariy Obidjon qizi

II.3-§. Milliy hunarmandchilikda innovatsion jarayonlar.

Mamlakatimiz iqtisodiyoti kundan-kunga rivojlanib borayotgan hozirgi davrda xalqimizning o‘tmishi va buguni, orzu-istaklari, uy-xayollari, ijtimoiy mehnat qilish usullari, ijodiy faoliyatini uzida aks ettirgan kashtado‘zlikni saqlab qolish va rivojlantirish maqsadida zamonaviy kashtalarda an’anaviylikni saqlagan holda zamonaviy buyumlar yaratish, xalq hunarmandchiligini rivojlantirish masalalariga e’tibor karatish hozirgi kunda muhim vazifalardan hisoblanmoqda.


Farg‘ona vodiysi kashtado‘zligida innovatsion jarayonlarni o‘rganish maqsadida 55 ta savoldan iborat savolnoma tuzib chiqildi. Savollar 4 ta bosqichga bo‘linib, Farg‘ona, Namangan, Andijon shaharlari va tumanlaridagi aholi o‘rtasida so‘rov o‘tkazildi. So‘rov ornamentlardagi tasvirlarning rivojlanishi, turli xil belgi va ramzlar o‘rniga, nafosat g‘oyalarining o‘sishi tufayli umumiy tasavvurlar asosida umumiy ornamentlar vujudga kelganligini ko‘rsatadi. Bunda o‘simliklar, hayvonlar, geometrik shakllar uyg‘unlashib, kesishgan chiziqli naqshlar paydo bo‘lgan.
I bosqich. Demografik holat bo‘lib, bu bosqichda O‘rta Osiyo hududida, shu jumladan, Farg‘ona vodiysida yashovchi xalqlarning necha yoshdan kashtachilik bilan shug‘ullanishi, ko‘proq kimlar kashtachilik bilan shug‘ullangani aniqlandi. So‘rov natijasida so‘ralgan aholining 80% i XIX - XX asrlarda ham qizlar 8-10 yoshdan boshlab kashta tikishni o‘rganganligi, so‘ng an’ana tarzda davom ettirganligini aytishgan. Bu hunar bilan ko‘proq ayollar shug‘ullanganligi aniqlandi.
II bosqich. Kashtachilik yaqin o‘tmishdagi davrga aloqador bo‘lib, bunda XIX asrning oxiri - XX asrning boshlarida kashtachilikka bo‘lgan talab, ehtiyoj va texnologiyasini aniqlash maqsadida bir nechta savollar orqali Farg‘ona, Andijon, Namangan viloyatlarining shahar va qishloqlarida so‘rovnoma o‘tkazildi. Quyida savollardan namunalar keltiramiz:
1. Siz kashtachilikning qaysi turi bilan shug‘ullangansiz?
2. Kashta tikish uchun qanday iplardan foydalangansiz?
3. YAqin o‘tmishda kashtachilikda ustoz-shogird an’analari qanday amalga oshirilgan?
4. YAqin o‘tmishda kashtachilik Farg‘ona vodiysi viloyatlarining qaysi shaharlari va qishloqlarida rivojlangan?
5. Kashtachilik bilan shug‘ullanish uchun yaqin o‘tmishda odamlar mablag‘ni kaerdan olishgan?
SHunday qilib, Farg‘ona vodiysida kashtachilik qadimdan rivojlangan va an’ana tarzda davom etib kelmoqda. Kashtado‘zlikka talab qadimdan bo‘lgan. Buning asosiy sababi odamlar yashash sharoitlarini qadimdan go‘zallashtirishga intilganlar. O‘zi yashab turgan uy devorlarini, dasturxon-larini, yashash uchun kerakli barcha buyumlarini chiroyli qilishga intilishgan, o‘zbekona lutf-madaniyat xalqimizda doimo oldingi o‘rinda bo‘lib kelgan. Kashtachilik mehnati son va sifat jihatidan tarixda talabga javob bergan va uni hozirda ham davom ettirish mumkin.
Xalqimizda kashtachilikka bo‘lgan ehtiyoj hozir ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q, davom etib kelmoqda. Buning uchun mehnat zaxiralari (resurslari) etarli. Buni yuqoridagi savollar orqali olingan natijalar ham ko‘rsatib turibdi. Tadqiqot ishlari natijasida shunday xulosaga kelish mumkinki, kashtachilik hududiy xususiyatlari bilan farqlanadi. Kashtalar faqat naqshlari bilan emas, balki gullari, daraxtlar tasvirlari, hatto materiallar ranglari bilan ham bir-biridan farq qilgan.
Farg‘ona, Qo‘qon shaharlarida kashtachilar qizil, oq, sariq, rangli matolar, Namanganda aralash matolar, havo rang, pushti, zangori matolar, Andijonda jigar rang, qora, to‘q rangli matolar, sapsar, to‘qqizil, to‘q zangori, to‘qko‘k rangli matolar ishlatilgan. Bu, asosan, aholining ehtiyojidan hamda etnopsixologik xarakteridan kelib chiqib tanlangan. Kashtaga ehtiyoj ko‘p bo‘lgan. YOrqin ranglar ochiq xarakterli, ko‘zga tez tashlanuvchan bo‘lsa, matodagi naqshlar yanada chiroyli ko‘rinadi, to‘q rangli matodagi naqshlar kirchimol bo‘lib, mato, ya’ni kashta buyumi uzoq vaqt ishlatilishi, dog‘ tegsa, bilinmasligi bilan xarakterlangan.
III bosqich. Sobiq ittifoq davri kashtachilik faoliyatini aniqlash maqsadida quyidagi savollar orqali ijtimoiy so‘rovnoma o‘tkazildi:
Demak, sobiq ittifoq davrida qadimiy udumlar va aholining ijodiy faoliyati bilan bog‘liq kashtalar o‘rnini bir xillik va bir xil naqshlardan iborat mashina kashtalari egalladi. SHunday bo‘lsa-da, aholi o‘zining qadimgi an’analarini saqlagan do‘ppi, chorsi, zardevorlarini, ya’ni qo‘lda tikilgan kashta buyumlarini unutmadi. Mashina kashtasi kashtalar xilma-xilligini, vodiy hududida yashovchi xalqning ranglar bilan bog‘liq matolari xilma-xilligini yo‘qotdi, bir xil qora rangli satin, zipr matolariga tikilishiga olib keldi. Aholining kashtaga bo‘lgan talabi bajarilsa-da, lekin uning qo‘l kashtasi bilan bog‘liq ehtiyojini qondirolmadi. Ijtimoiy so‘rov asosida 78% aholi qo‘l kashtasini afzal hisoblashi aniqlandi.
IV bosqich. Kashtachilik - mustaqillik davrida.
Mustaqillik davrida kashtachilikka bo‘lgan talab va ehtiyojni aniqlash maqsadida quyidagi savollardan foydalanildi.
1. Kashtachilik mustaqillik davrida nima sababdan tiklana boshlandi?
2. Kashtachilik buyumlarining xalqimiz turmush tarzidagi ahamiyati nimadan iborat?
3. Hozirgi kunda kashtachilik buyumlarida qanday tasvirlar bo‘lishini xoxlar edingiz?
4. Kashtachilikni amalga oshirish uchun kredit olgan bo‘larmidingiz?
5. Hozirgi kunda kashtani qo‘lda tikkan yaxshimi yoki kashta tikadigan mashinada tikkanmi?
6. Kashtachilik qanday amalga oshirilgan?
7. Kashtachilik buyumini tikish qo‘lda bajarilsa, ayollarni ish bilan ta’minlashga qanday yordam beradi?
1- savol bo‘yicha so‘ralganlarning 88% i mustaqillik davrida kashtachilik qayta tiklanganligini, bunga sabab mustaqillik tufayli urf-odatlar, an’analar qayta tiklanib, aholi ehtiyoji oshganligi aniqlandi.
2- savol yuzasidan so‘ralganlarning 92% i kashtachilikning ahamiyati, an’anaga asosan, do‘ppi-chorsilar, milliy kiyimlarga bo‘lgan ehtiyoj oshganligini, urf-odatlarimiz, an’analarimiz tiklanayotganligini bildirishdi.
3- savol bo‘yicha so‘ralganlarning 82% i hozirgi kashtachilikda zamon talablari va aholining estetik didiga mos, ya’ni zamonaviy kashta buyumlarini yaratish kerakligini aytishdi. Ularda gullar, turli xil tasvirlar aholining yoshiga va uning psixologiyasiga mos bo‘lishi lozimligini 91 % so‘ralganlar ta’kidlashdi.
4- savol bo‘yicha so‘ralganlarnng 66% i kredit olib kashtachilik bilan shug‘ullanishni xoxlashini, 26% i esa ustoz va qo‘llanma bo‘lsa, kashtachilikni o‘rganish niyati borligini aytishdi.
5- savol bo‘yicha so‘ralganlarning 87%i kashta tikkan afzal, qo‘l kashtasi ham yaxshi, ham foydali, deb hisoblaydi.
6- savol yuzasidan so‘ralganlarning 79%i kashtachilikni oilaviy mehnat asosida amalga oshirish kerak, 21%i esa tadbirkorlik asosida amalga oshirsa bo‘ladi, deb baholaydi.
7- savol bo‘yicha so‘ralganlarning 52%i kashtachilik qo‘lda bajarilsa, ma’lum qism ayollar ish bilan ta’minlanishi mumkinligini aytsa, 25%i ayol uyda o‘tirib yoki ishdan bo‘sh vaqtlarida ham kashta tikishi mumkinligini, bu esa oila byudjetiga foyda keltirishini bildirgan. Haqiqatan ham, Mustaqillik davrida kashtachilikka bo‘lgan e’tibor yanada oshdi.
Tadqiq etilayotgan davrdagi kashtachilikning innovatsion jarayonlarini o‘rganib, quyidagi xulosalarga kelish mumkin:
1. Xalqimizning ehtiyoji uchun kashtachilik buyumlari, albatta, kerak.
2. Bozor iqtisodiyoti sharoitida oila byudjetini yanada boyitish uchun kam chiqim kashtado‘zlik hunari bilan shug‘ullanish maqsadga muvofiq. Ish o‘rinlarini yaratish katta mablag‘ talab etmaydi.
3. Kashtado‘zlik milliy madaniyatimizning uzviy qismi va bu an’anamizning avloddan-avlodga o‘tish davomiyligini saqlab qolish lozim.
4. Kashtado‘zlikni davom ettirish maqsadida kashtado‘zlik texnologiyasi bo‘yicha o‘quv qo‘llanma yaratib, milliy hunarmandlik kollejlarida kashtado‘zlikka ixtisoslashgan guruhdar tashkil etilishi, maqsadga muvofiq.
5. Xalqimizning moddiy boyliklaridan hisoblangan kashtado‘zlik buyumlarining qadimiy nusxalarini qidirib topib, zamonaviy kashta naqshlari bilan uyg‘unlashtirib, aholi talabiga mos kashta buyumlari yaratish zarur.



Download 202.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling