Abdullaeva mushtariy Obidjon


I.4-§. Milliy an’anaviy hunarmandchilikning etnik xususiyatlari


Download 202.83 Kb.
bet9/23
Sana16.06.2023
Hajmi202.83 Kb.
#1501057
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   23
Bog'liq
ABDULLAEVA Mushtariy Obidjon qizi

I.4-§. Milliy an’anaviy hunarmandchilikning etnik xususiyatlari.

Ma’lumki, Markaziy Osiyo jahonning eng ko‘hna madaniyat o‘choqlaridan hisoblanadi. Tarixiy manbalarning guvohlik berishicha, mahalliy aholi mato to‘qish va unga badiiy ishlov berish bilan qadim-qadimdan shug‘ullanishgan. Xalq an’anaviy san’atining yuksak namunasi hisoblangan matoga bezak, kashta tikish san’ati, ya’ni kashtado‘zlik Markaziy Osiyo xalqlarida miloddan avvalgi asrlardayoq boshlangan. Masalan, arxeologlar tomonidan topib o‘rganilgan ayrim ashyolarda aks etgan turli xil bezakli matolar qadimgi davrlarda ajdodlarimizda go‘zallikka bo‘lgan tabiiy intilish yuksak darajada bo‘lganligidan dalolat beradi. O‘rta asrlarga kelib kashtachilik yuksak darajaga ko‘tarilgan.


Matoga kashta tikish, ayniqsa, kiyim-boshlarni kashta bilan bezash aholining yuqori tabaqa qatlamida ommalashib bordi. XIV - XV asrlarda matolarga bezak tikish yanada rivojlandi. 1403 yilda Sohibqiron Amir Temur saroyida bo‘lgan ispaniyalik elchi Rui Gonsales De Klavixo o‘z xotiralarida saroy ahlining kiyimlari, ayniqsa, ayollar ro‘moli va ustki kiyimlariga kashtalar tikilib, naqshi bezaklar bilan bezatilganligi haqida yozib qoldirganligi yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan.
XIX asr oxiri –XX asr boshlariga kelib kashtado‘zlik Markaziy Osiyo, xususan, biz o‘rganayotgan Farg‘ona vodiysi aholisi turmush tarzida keng tarqaldi. Bu davrda kashta tikish aholining orasidagi eng ommalashgan amaliy san’at turiga aylangan. O‘rganilayotgan davrda vodiy aholisi orasida kashta tikish bilan ayollar shug‘ullangan va bu mashg‘ulot deyarli qo‘l mehnati bilan bajarilgan.
1. O‘simliksimon naqshlar.
O‘zbek millati qadimdan dehqonchilik bilan shug‘ullanib kelgan. Bir parcha erni ko‘z qorachig‘idek qadrlab, e’zozlagan. Ayniqsa, Farg‘ona vodiysida erga bo‘lgan hurmat nihoyatda katta. Azal-azaldan «jannat bog‘i»ga qiziqish kishilarni yashab turgan joyida «behisht»ni yaratishga intilishiga sabab bo‘lgan. Farg‘ona vodiysini «O‘zbekistonning javohiri», deb bejiz aytilmagan. Balki ana shundan go‘zallik, bog‘lar, ochilgan gullar tasviri ayollarning hunarmand gullari bilan beg‘ubor orzu-istaklari qo‘shilib tikilgan kashtalarga ko‘chgan. Farg‘ona vodiysi xalqlari qadimdan etishtirgan shirin-shakar mevalari bilan dunyoga tanilgan xalq hisoblanadi. Jannatmakon bog‘lar bu erlik xalqni ijod qilishga, undan ilhom olishga o‘rgatadi. Bu esa mana shu hududda yashab kashta tikayotgan ayollar kashtalariga yana ham ko‘rk, joziba beradi. Ularda kishini hayratga soluvchi manzaralarning paydo bo‘lishiga olib keladi.
2. Hayvonot va suv osti o‘simliklari dunyosiga oid naqshlar.
Buxoro kashtalarida hayvonot olami, parranda va darrandalar, suvosti jonivorlari tasviri, Nurota yoki SHahrisabz kashtalaridagidek ko‘p qo‘llanmasa-da, o‘rnini topib ishlatiladi. Farg‘ona vodiysi kashtalarida bu tasvirlarning ba’zi elementlari qadimdan foydalanib kelinmoqda. Masalan, qush tasvirini tikish uchun, qushning patlari har xil rangda tikilsa, dumi va tanasi boshqa rangli ipaklarda tikilgan. Tasvirlanayotgan qushning qaysi qush ekanligini bilib, o‘sha rangdagi ipaklardan foydalanilgan. Kashtadagi suratni aniq tasvirlash maqsadida turli choklardan foydalanishgan. Bunga dala materiallari orqali kuzatish natijasida guvoh bo‘ldik. D. To‘lanboeva xonadonida uyning devoriga osilgan kashta hozir ham saqlanyapti.
3. Buyumlar naqshi. XIX asr kashtalarida gul, daraxt naqshlari orasida bir qarashda ko‘zga tashlanmaydigan «yashirin» tarzda tasvirlangan buyum naqshlari - pichoq, ko‘zacha, oftoba, pichoq qini, dastak, zanjira kabi kashta detallarini sinchkovlik bilan qaralsagina uchratish mumkin.
Bu buyumlar naqshini Buxoro, SHahrisabz, Nurota, Fijduvon naqshlarida ham ko‘rishimiz mumkin.
4. Geometrik naqshlar. XIX asr kashtachilik maktabiga mansub kashtalardagi naqshlar o‘rta asr me’morchiligi hamda turkman va Eron gilamlari naqshiga juda yaqin. Buxoro monumental me’morchiligi namunalaridagi tashqi bezak naqshlariga o‘xshash naqshlar tez-tez uchrab turadi. XV - XVI asrlar Buxoro miniatyurasi namunalari ham kashta yaratishda kashtachi chevarlarga namuna-nusxa sifatida yordam bergan. Farg‘ona vodiysi kashtalarida ham Buxoro kashtalaridagi singari geometrik tasvirlar uchraydi. Bunda asosiy o‘rinni egallovchi doira, aylana, uchburchak, romb, kvadrat, to‘rtburchak kashtachi chizmakashlarning sevimli motivlari bo‘lgan.
5. YOzuvli naqshlar. Kashtachilikda eng ko‘p uchraydigan naqsh islimiy naqshdir. Ayniqsa, buyumlarning chetlari, kashta kompozitsiyasining markaziy maydoni va keng hoshiyasini ajratuvchi tor hoshiyalar, asosan, har xil ko‘rinishdagi islimiy naqsh bilan qoplanadi. Islimiy naqsh kashtalarda ikki turga bo‘linadi:
1. Bezakli buyumlar: so‘zana, , zardevor singari buyumlar asosiy naqshni tashkil qiluvchi majnuntol, butagul, barg, daraxt, shoxchagul, tuvakdagi gul, shirmon, tupgul kabilarning atrofini o‘rab turuvchi o‘simliksimon qaytariluvchi motivli suv, ya’ni oba yo‘lli naqshlar.
2. Markaziy kompozitsiyaning atrofini, mehroblar chetini, buyumlar atrofini chegaralovchi geometrik ko‘rinishdagi rombchalar, zigzagchalar, jingalalar, to‘lqin, mavj va arab yozuvlaridagi bayt, lavua, oyat, g‘azal ko‘rinishidagi asosiy va eski o‘zbek yozuvidagi, takrorlanuvchi kalligrafik naqshlar. Eng ko‘ptarqalgan va chevarlar sevib ishlatadigan bu naqsh, asosan, takrorlanuvchi qismlardan iborat bo‘lib, ham bezak, ham mazmun vazifasini bajaradi. Har bir islimiy yozuvli naqsh takrorlanuvchi xususiyatga ega bo‘lib, taqsimlardan tashkil topadi.
Taqsim - islimiy naqshning bo‘linmas, asos qismi, uni bir necha takrorlash bilan yo‘l yoki tekislikda naqsh kompozitsiyasi tuziladi. Ba’zan taqsim to‘g‘ri yoki aylanma tartibda naqsh kompozitsiyasi shaklida ham tuziladi. Kashta buyumlarining joynamoz, yaktak, tagchoyshab, belbog‘, eng, do‘ppilarda yozuvli islimiy naqshlar ko‘p uchraydi. Buni Andijon adabiyot va san’at muzeyidagi ekspozitsiyada saqlanayotgan zangori matoga tikilgan joynamozda, to‘q sapsar rangdagi belbog‘da ko‘rishimiz mumkin.
Tojiklarda, uyg‘urlarda buning aksi bo‘lib, oq, qizil, sariq ranglar bir xil rangda tikiladi. O‘zbeklarning kashtalarida mato foni yaqqol ko‘rinib turadi, kashta naqshlari va gullari simmetrik holda tasvirlanadi, xonavor holda joylashadi. Tojik kashtalarida buning aksi, matoning to‘la yuzi naqshlar bilan koplanadi. Uyg‘ur kashtalarida ayollar tasvirlari va gulli manzaralar ifodalanadi.
CHorvador xalqlar esa qo‘chqor oq naqshini kashta ornamenti sifatida ko‘p ishlatadi. Hatto ularning kashtalarida qo‘chqorning tuyog‘i, qo‘chqor shoxining bir tomoni, ketma-ket joylashgan uchburchaklar, ketma-ket joylashgan doiralar, tog‘da o‘sadigan gullar tasvirlari qo‘llanilgan. Bu holdagi kashtalarni Andijon adabiyot va san’at muzeyidagi ekspozitsiyada saqlanayotgan xidirshada tayyorlangan kashta buyumida ko‘rishimiz mumkin. Kashtani tikishda o‘zbeklar, tojiklar, va uyg‘urlar bosma, ilmoq, zanjir, sanama, yo‘rma choklaridan foydalanishsa, chorvador xalq jurmo, zanjir, ilme, terskayiq choklaridan foydalanishgan.
XIX asr oxirlariga kelib migratsiya jarayonlari tufayli bolgar, tatar, rus, ukrain xalqlarining kashta tikish metodi krest chok, yarim krest chok kirib keldi. XX asr boshlarida Farg‘ona vodiysi xalqlar etnomadaniy aloqalar tufayli bu choklarni ham o‘zlashtirib, kashta buyumlari tikishda krest, yarim krest choklaridan foydalana boshladi.



Download 202.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling