Abdullaeva mushtariy Obidjon


Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari


Download 202.83 Kb.
bet5/23
Sana16.06.2023
Hajmi202.83 Kb.
#1501057
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
ABDULLAEVA Mushtariy Obidjon qizi

Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari:
- maktab texnologiya ta’limida milliy hunarmandchilikning spektral-variativ komponentlarini fanlararo takomillashtirishga yo‘naltirilgan innovatsion ta’lim texnologiyalari (ta’lim jarayonida qo‘llaniladigan interfaol metodlardan foydalanib o‘quvchilarning mantiqiy fikrlashini oshirish, faoliyatli-shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim mazmunini joriy etish) takomillashtirilgan.
Texnologiya o‘qituvchilari tayyorlovchi oliy ta’lim muaccacalari talabalarining kacbiy kompetentligini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari acocida shakllantirish va takomillashtirish jaxon standartlariga javob beradigan zamonaviy mutaxassis-pedagoglar tayyorlashga imkon beradi.
Tadqiqot mavzusi bo‘yicha adabiyotlar sharhi(tahlili). Jahonda milliy hunarmandchilikning spektral-variativ komponentlarini takomillashtirish masalalari bo‘yicha, jumladan, dunyoning quyidagi etakchi ilmiy markazlari va oliy ta’lim muassasalarida tadqiqot ishlari olib borilmoqda: Vniversity of Nevada (AQSH), University of Bayrcuth (Germaniya), University of Kent (Angliya), Nord University, Bude, (Norvegiya), National University of Indiy (Hindiston), Ufa davlat universiteti (Rossiya), Xokkaydo universiteti (YAponiya), Toshkent davlat pedagogika universiteti, Farg‘ona davlat universiteti (O‘zbekiston).
Mamlakatimizda A.Xo‘jaev, R.H.Djuraev, O‘.H. Tolipov, SH.S., SHaripov, U. Nishonaliev, N.SHodiev, I.T. CHoriev, N.S. Sayidaxmedov, YU.G‘. Maxmudov, N. Muslimov, A.Xo‘jaboev, O.A. Qo‘ysinov kabi olimlar texnologiya fanida milliy hunarmandchilikni fanlararo takomillashtirishga bag‘ishlangan tadqiqot ishlarini olib borishgan. SHuningdek, milliy hunarmandchilik sohalarini o‘rganishning ta’lim-tarbiyaviy asoslari S.Bulatov, C.Hasanov, A.Zaparov, I.Karimov, Q. Qosimov, O. Xudoyorova, A.Turdialiev, R.Sarsenbaeva, D.Zohidova, O.Jamoliddinovalar ilmiy-tadqiqot ishlarida yoritilgan.
SHuningdek, rossiyalik olimlardan V.D. Jukov, S.T. Tolstov, V.M. Masson, A.T.Trenojkin, S.R. Rusakina, N.N. Baranskiy, N.S. Mironenko, N.S. Falkova, YU.G. Lipets, A.G. Nizalievning milliy hunarmandchilikning spektral-variativ komponentlarini fanlararo takomillashtirishning ba’zi jihatlari bo‘yicha olib borgan tadqiqot ishlarini misol tariqasida keltirish mumkin.
O‘zbekistonda milliy hunarmandchilik tarixini bir qator xorijlik tadqiqotchilar ham o‘rganishga harakat qilishgan. Jumladan, nemis olimlari J. Peltz, K. Panderlar tomonidan yaratilgan monografik asarlarda o‘zbek xalqining milliy hunarmandchilik tarixi, uning sohalari to‘g‘risida qimmatli ma’lumotlar keltirilgan1.
Nemis tadqiqotchisi G. Keller tomonidan olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishi keng qamrovli va o‘zbek milliy an’analari fotosuratlarda aks ettirilib, “Tikish va to‘qish O‘zbekistonda yuksak darajali hunarmandchilik namunalari hisoblanib, o‘zbek ayollari tomonidan mahorat bilan amalga oshiriladi, ayniqsa, zardo‘zlik liboslari tantanalarda kiyiladi va katta e’tiborga sazovor bo‘ladi”2. Nemis tadqiqotchilari B.Vollonveber, P. Frankellarning tadqiqot ishlarida muhim ma’lumotlar berilgan bo‘lib, qadimiy gilamdo‘zlik markazlari Farg‘ona, Nurota, Sirdaryo, Surxondaryo, Xorazm va Qoraqalpog‘istonda keng rivojlanganligi e’tirof etilgan3.

Download 202.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling