Abdullaeva mushtariy Obidjon
Mustaqillik davri adabiyotlari
Download 202.83 Kb.
|
ABDULLAEVA Mushtariy Obidjon qizi
Mustaqillik davri adabiyotlari. O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M..Mirziyoev sa’y-harakati bilan milliy an’analarimizni qadrlash, uni kelgusi avlodga asrab-avaylab etkazish masalasiga katta e’tibor berildi. Xalqimiz bunga javoban milliy an’anamiz hisoblangan kashtachilikni saqlab qolish uchun do‘ppi, chorsi, zardevor, choyshab, palak, joynamoz kabi kashta buyumlarini tikib, an’ana tarzda yosh avlodga o‘rgatishga harakat qilmoqda. SHu tariqa kashta tikish an’anasi davom etmoqda.
U.A. Abdullaev, A.A. Ashirov kabi tadqiqotchilarning ilmiy izlanishlari Farg‘ona vodiysini tarixiy-etnografik jihatdan o‘rganishda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. U. Abdullaevning «Farg‘ona vodiysida xalqlararo jarayonlar» asari Farg‘ona vodiysi xalqlari, ularning tarkibi va xalqlarning joylashuv xususiyatlari, xalqlarning xo‘jalik faoliyati, turar joylari va shakllanish jarayonidagi o‘zaro xalqaro aloqalar, vodiy xalqining an’anaviy kiyimlari, taomlari, ma’naviy madaniyat sohasidagi xalqlararo munosabatlari o‘rganilgan. Bu asar Farg‘ona vodiysi xalqlarining an’anaviy kashtado‘zligining etnohududiy xususiyatlarini o‘rganishda yordam beradi. Bu asarda kashtachilik faoliyati haqida fikr aytilmagan. A. Ashirovning «O‘zbek xalqining qadimgi e’tiqod va marosimlari» asari Farg‘ona vodiysini etnologik tomondan o‘rganishda muhim ilmiy ahamiyatga ega [59]. Mustaqillik yillarida olimlarimiz milliy hunarmandchilikka oid tadqiqot ishlarini olib bordilar. N. Sodiqovaning «O‘zbek milliy kiyimlari. XIX-XX asrlar» asarida O‘zbekistondagi milliy kiyimlar, jumladan, Farg‘ona vodiysidagi o‘zbek kiyimlari haqida ma’lumot beradi. Adabiyotlar Farg‘ona vodiysi xalqlari an’anaviy kashtachiligini o‘rganishda muhim ahamiyatga ega. Farg‘ona vodiysi kashtachiligining ta’lim-tarbiyaviy ahamiyati pedagog olimlar tomonidan o‘rganilmaganligini ko‘rsatadi. O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so‘ng xalqimizning an’anaviy kashtachilik hunariga, an’anaviy san’atiga bo‘lgan qiziqishi yanada ortdi. Zero, milliy an’analarimiz, ma’naviy qadriyatlarimizni o‘quvchilar ongiga singdirish, ularni asrab-avaylashga o‘rgatish, ma’naviy bilimlarini oshirish, ota-bobolarimiz an’analariga sodiq farzandlar qilib tarbiyalash mamlakatimizning ustuvor vazifalaridan biri sifatida belgilandi. Xalqimizning madaniyat namunalarini qidirib topish, ularni muzey fondlariga topshirish, an’analar sirlarini o‘rganib, uni davom ettirish orqali bardavomiyligini saqlab qolish har bir O‘zbekiston fuqarosining insoniy burchi. Bu vazifalar O‘zbekiston hududida kashtachilikni yanada rivojlantirdi, milliy qadriyatlarni qadrlashga o‘rgatdi. Download 202.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling