Abdullaeva mushtariy Obidjon
I.2-§. Xorijiy adabiyotlar va monografik asarlarda o‘zbek milliy hunarmandchiligi tadqiqi
Download 202.83 Kb.
|
ABDULLAEVA Mushtariy Obidjon qizi
- Bu sahifa navigatsiya:
- I.3-§. Farg‘ona vodiysi milliy hunarmandchiligining o‘ziga xos xususiyatlari.
I.2-§. Xorijiy adabiyotlar va monografik asarlarda o‘zbek milliy hunarmandchiligi tadqiqi.
Farg‘ona vodiysi A.Vamberining rus tilidagi «Puteshestvie po Sredney Azii v 1863 g.» nomli asarida Qo‘qon xonligi aholisi va ularning mashg‘uloti haqida umumiy ma’lumotlar keltirilgan [56]. Xorijiy tadqiqotchi T. Gordoining qalamiga mansub, rus tiliga tarjima qilingan boshqa bir asarida vodiylik qirg‘iz va qipchoqlarning katta bir guruhi Pomir tog‘ oldiga borib joylashganligi haqida ma’lumot beradi. Amerikalik etnograf olima E. Gyulning «Joynamozdagi ramzlar» nomli maqolasida O‘zbekiston an’anaviy kashtado‘zligining bir turi bo‘lgan joynamozdagi ramzlar, ularga tikilgan kashta xususiyatlari haqida ma’lumot keltiriladi. Bu borada fransuz antropologi va tarixchi etnografi K. Uyfalvinning asari alohida ahamiyatga ega. 1876 - 1877 yillarda Markaziy Osiyo, xususan, Farg‘ona vodiysi bo‘ylab sayohat qilgan tadqiqotchi vodiy aholisiga oid qiziqarli etnografik ma’lumotlar yozib qoldirgan. Bu asarda Farg‘ona vodiysidagi o‘troq va yarim ko‘chmanchi aholining vodiyda joylashishi, ularning tili, madaniyati hamda voha va tog‘lik tojiklar bergan ma’lumotlar Farg‘ona vodiysini o‘rganishda muhim ahamiyatga ega. Xulosa qiladigan bo‘lsak, Farg‘ona vodiysida kashtachilik qadimdan rivojlangan, an’ana tarzda davom etmoqda. Kashtado‘zlik mehnati son va sifat jihatdan tarixda talabga javob bergan va uni hozirda davom etgirish mumkin. CHunki xalqimizda qadimdan kashta buyumlariga ehtiyoj bo‘lgan. Bu ehtiyoj hali ham o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan. Buning uchun mehnat resurslari etarli. Buni yuqoridagi savollar yordamida yuzaga kelgan raqamlardan bilish mumkin. Bundan yana shunday xulosaga kelish mumkinki, vodiy xalqlarida qadimdan kashtachilik hududiy xususiyatlari bilan ham farqlanib turgan. I.3-§. Farg‘ona vodiysi milliy hunarmandchiligining o‘ziga xos xususiyatlari. XX asr boshlarida barcha hunarmandchilik turlarida sodir bo‘lgan o‘zgarishlarni Farg‘ona vodiysi an’anaviy kashtachiligida ham uchratish mumkin. Ayniqsa, buyumlarning bezaklaridagi xususiyatlari va naqshlardagi o‘zgarishlar tufayli an’anaviy kashtachilikka putur etkazila boshladi. XIX asrda kashtalar maxsus buyurtma bo‘yicha hamda bozor uchun tayyorlana boshlandi. Ayniqsa, popop mashinalarining kirib kelishi, bir xil nusxali buyumlarning ko‘plab ishlab chiqarilishiga sabab bo‘ldi. Pirovard natijada, kashta buyumlaridagi tasvirlarning turlari, ulardagi tikish usullari, naqshlarning o‘ziga xos va mosligi, ranglardagi bosiqlik, kashtalardagi xonavorlik, ijodiy erkinlik, ichki tuyg‘ularning ifodalanishida aks etgan Farg‘ona vodiysi (Andijon, Namangan, Farg‘ona, Qo‘qon) kashta buyumlarining o‘ziga xos xususiyatlariga sezilarli ta’sir o‘tkazdi. Biz yuqorida ko‘rib o‘tdikki, Farg‘ona vodiysida yashagan xalq o‘zining yashash tarzi, mehnat qilish usullari, ijodiy qarashlariga asoslangan holda kashta buyumlari yaratgan. Bu xususiyatlar XX asrning 30-yillariga kelib, sobiq ittifoq ta’sirida bir xillik kasb eta boshlagan. Kashta buyumlaridan joynamoz, zardevor, so‘zana kabi buyumlar, bir xil o‘zgarmas naqshlarda tayyorlana boshlandi. Kashta buyumlarining ba’zi turlari tikilmay, hatto ishlatilmay qo‘yildi. Sandalpesh, kirpesh, dorpesh, choynaktaglik, choynakqalpoq kabi kashta buyumlari tayyorlanmay qo‘ydi. Tayyorlanayotgan kashta buyumlari bir xil yo‘rma mashina chokida, spiralsimon chok bilan tikildi. Bu kashta buyumlarining sifatini tushirib yubordi. Endi kashtalar qadimiy an’analar asosida emas, balki bozor oldi-sotdi muomalasi asosida tayyorlana boshlandi. Bu hol kashtalardagi nafislikni, an’anaviylikni, jozibadorlikni, etnik xususiyatlarni yo‘qotdi. Lekin shunga qaramasdan xalqimiz qadimiy an’analarni saqlab qolishga, qadriyatlarni unutmaslikka va aksincha, uni asrab-avaylab avloddan-avlodga etkazishga harakat qilishdi. Mustaqillikka erishganimizdan keyin qadimiy an’analarimizni saqlab qolish, avloddan-avlodga etkazish uchun yo‘l ochildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M. Mirziyoev - milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz, an’analarimizni yoshlar ongiga singdirish, ularda milliy ongni shakllantirish, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylashga o‘rgatish to‘g‘risidagi «PF-2318» farmoni qabul qilindi. Bu farmonga, asosan, barcha ta’lim muassasalarida o‘quvchi-talabalar ongiga singdirish uchun «Milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari» fani o‘qitilmoqda. Qadimgi an’analarimizni davom ettirish, uni kelgusi avlodga etkazish uchun yana bir qancha ishlarni bajarishimiz talab etiladi. Qadimgi kashta buyumlarini qidirib topish, ularni muzey fondlariga topshirish, Farg‘ona vodiysi viloyatlari, tumanlari, qishloq va mahallalarida etnologik ekspeditsiyalar o‘tkazib, kashta buyumlarini qidirib topib, ularning fotosuratlarini olish, ular asosida albom tayyorlash, qadimiy kashta tikuvchi ustalarni topib, ularga yosh qizlarni biriktirish orqali ustoz - shogird an’analarini davom ettirish, qadimiy kashta tikish usullaridan foydalanib, zamonaviy kashtalarni yaratish, kiyimlarda milliy an’analarimizni davom ettirishga harakat qilish lozim. XIX asr oxiri va XX asrning boshlariga kelib, kashtado‘zlik Markaziy Osiyo, xususan, biz o‘rganayotgan Farg‘ona vodiysi aholisi turmush tarzida keng tarqaldi. Bu davrda kashta tikish aholi orasidagi eng ommalashgan amaliy san’at turiga aylangan edi. O‘rganilayotgan davrda vodiy aholisi orasida kashta tikish bilan, asosan, ayollar shug‘ullanishgan va bu mashg‘ulot deyarli qo‘l mehnati bilan bajarilgan. Kirpech, dorpech, so‘zana, palak, sandalpech, parda, do‘ppi va boshqa kashta buyumlari tayyorlangan. Bu davrda kashtado‘zlikda, asosan, popuk, iroqi, ilmoq, chamak, suv, yo‘rma, hamdo‘z, bosma, tuyatish, durya kabi choklar keng qo‘llanilgan. Kashtalarda turli shakllar, o‘simlik va gullar hamda hayvonlar tasviri aks ettirilgan. Bularning barchasi o‘zining ramziy ma’nosiga va kelib chiqish tarixiga ega. Bu, avvalo, u yoki bu xalqning turmush tarzi, dunyoqarashi, ruhiy olami, ijtimoiy, iqtisodiy ahvoli va badiiy-estetik didiga bog‘liq holda shakllangan. Download 202.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling